Retseptga misol.
Rp.: Pancreatini 0,5
D.l.d. N. 20 in tab.
S.I tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan oldin.
Meda-ichak yo‘llari motorikasiga ta’sir qiladigan moddalar.
Me’da-ichak yo‘llarining ovqat hazm qiJishda muhim rol o‘ynaydigan ikkita
funksiyasi - sekreter va motor funksiyalari bor. Me’da-ichak yo‘llarining sekretor
funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan dori vositalari to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan
edi. Ushbu bo‘limda ovqatning ichak bo‘ylab so‘rilishi buzilganda qo‘llaniladigan dori
moddalari ko‘zdan kechiriladi. Harakat funksiyasi me’da va ichak muskulaturasi
tonusiga, shuningdek peristaltikaga bog‘liq, ovqat shular tufayli me’da-ichak yo‘llarining
quyida joylashgan bo‘limlariga cvakualsiya qilinadi.
Me’da-ichak yo‘llarining motor yoki harakat funksiyasi ayrim kasalliklarda,
operatsiyalarda buziladi, bu hoi yo silliq muskulaturaning spastik qisqarishi, yoki
tonusining pasayib ketishi bilan yuzaga chiqadi. Me’da-ichak yo‘llarining motorikasiga
ta’sir qiladigan dori moddalari I me’da-ichak yo‘llarining harakat funksiyasini
pasaytiradigan vositalarga va uni kuchaytiradigan preparatlarga bo‘linadi.
Me’da-ichak yo‘llarining motorikasini pasaytiradigan vositalar.
Me’da va ichakning silliq muskulaturasi tonusini pasaytiradigan dori vositalariga
atropin sulfat, pirilen, papaverin gidroxlorid va boshqalar kiradi.
Atropin sulfat
(Atropini sulfas). 0,1 li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yoki 0,1 % li
eritmasi 5-8 tomchidan ichishga me’da-ichak yo‘llari silliq muskulaturasining spastik
holatlarida (kolitlar), me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi qo‘ziganda,
enterokolitlarda (M-xolinoreaktiv strukturalarni bloklaydi) tayinlanadi.
Pirilen
(Pirilenum). Gangliyalarni blokada qiladigan ta’sir ko‘rsatadi, ham
simpatik ham parasimpatik gangliyalar orqali o‘tadigan nerv impulslari lo‘tkazilishini
tormozlaydi. Uning me’da-ichak yo‘llarining silliq ‘muskulaturasiga spazmolitik ta’siri
shu bilan izohlanadi. Ichishga 0,005 g dan sutkasiga 2-5 marta atropin ishlatiladigan
hollarda Iqo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |