Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet187/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Surgi vositalar.
Ichak shilliq pardasining sezuvehi nerv oxirlariga bevosita ta’sir qilganda uning
peristaltikasini reflektor kuchaytiradigan va bo‘shalishini tezlashtiradigan dori
moddalaridir.
Zaharli moddalar va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishda, qabziyatda,
qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq organlari sohasidagi operatsiyalardan oldin, me’da-
ichak yo‘llarini rentgenologik tekshirish oldidan va gijjaga qarshi vositalar qabul
qilingandan so‘ng qo‘llaniladi.
Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: ichakdagi o‘tkir yallig‘lanish protsesslari,
homiladorlik va hayz ko‘rish, ichki organlardan qon ketishi.
Surgi vosilalar ichak bo‘limlarida ta’sir qiladigan joyiga va surgi la’sirining
yuzaga kelish tezligiga ko‘ra bir necha gruppaga bo‘linadi.
Tuz surgilar. 
Ba’zi bir anorganik tuzlar: natriy va magniy sulfatlar, karlovar tuzi
va boshqalar surgi xossasiga ega.
Tuz surgilar ichakning boshidan oxirigacha sekretor va motor funksiyalarini
kuchaytiradi. Unga yomon so‘riladi, natijada ichakda tuzlar konsentratsiyasi oshadi va
osmotik bosim ko‘tariladi. Bosimning oshishi ichakda suv yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Undagi moddalar suyuqlanadi, bo‘kadi, hajmi ko‘payadi va ichak shilliq pardasining
sezuvchan retseptorlarini ta’sirlantiradi. Bunda yuzaga keladigan ichak peristaltikasining
kuchayishi uning bo‘shalishiga olib keladi. Tuz surgilar ta’sirining tezligi ichakda suv
yig‘ilishining tezligiga bog‘liq shuning uchun ularni organizmga yyetarlicha miqdordagi
suv bilan kiritish lozim. Surgi 4-6 soatdan keyin ta’sir qiladi.


Zaharlardan zaharlanishda, me’da-ichak yo‘llari rentgenoskopiyasidan oldin,


gijjaga qarshi vositalar ichilgandan so‘ng qo‘llaniladi.
Natriy sulfat 
(Natrii sulfas). Sin.: Glauber tuzi. Kukunda chiqariladi. Nahorga bir
qabulga 15-30 g dan yarim stakan suv bilan qabul qilinib, ustidan bir stakan suv ichiladi.
Magniy sulfat 
(Magnesii sulfas). Sin.: Achchiq tuz. Kukunda chiqariladi. Ichishga
bir qabulga 15-30 g dan yarim stakan suv bilan qabul qilinib ustidan bir stakan suv
ichiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling