Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet184/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Papaverin gidroxlorid 
(Papaverini hydrochloridum) xuddi shu maqsadda 2 % li
eritmasi 2 ml dan parenteral yoki 0,02-0,05 g dan kuniga 3 marta ichishga qo‘llaniladi.
Retseptlarga misollar. 
Rp.: Tab. "Allocholum" obducatae N. 50
D.S. 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta.
Rp.: Acidi dehydrocholici 0,2
D.t.d. N. 20 in tab.
S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
Meda osti bezining tashqi sekretor funksiyasi buzilganda qo‘llanadigan 
vositalar.
Me’da osti bezi ovqat hazm qilishda va modda almashinuvida katta ro‘l o‘ynaydi.
U o‘n ikki barmoq ichakka ajratiladigan fermentlar ishlab :hiqaradi va oqsillar, yog‘lar
va uglevodlarni o‘zlashtirishda ishtirok o‘tadi. Me’da osti bezlari fermentlari noaktiv
shaklda bo‘ladi va ular ichakka tushgandan keyingina aktivlanadi. Me’da osti bezi
yallig‘langanda (pankreatit) uning yo‘llariga ajralib chiqadigan fermentlar aktiv bo‘lib
qoladi, bu bez to‘qimasining o‘z-o‘zini hazm qilishiga, qon quyilishlarga va boshqa
hodisalarga olib keladi.
Me’da osti bezi sekretsiyasi axiliya, pankreatit, ich ketarda kamayadi. Sunday
hollarda o‘rinbosar terapiya sifatida pankreatin buyuriladi.
Pankreatin 
(Pancrcatinum). Kukun va tabletkalarda 0,5 g dan chiqariladi.
Kislotali muhitda noaktiv bo‘lib qoladi, shuning uchun pankreatinni mineral suv -
borjom yoki natriy gidrokarbonat saqlagan suv bilan ichish lozim.
Tripsin va amilaza fermentlarini saqlaydi. Tripsin oqsilni va ovqat massasidagi
peptonlarni parchalash xossasiga ega, amilaza ovqat hazm bo‘lishida qatnashadi. Bundan
tashqari, pankreatinda yog‘lami glitseringa va yog‘ kislotalariga parchalaydigan ferment
bo‘ladi. Pankreatin pilorusning ochilishiga va ovqatning me’dadan o‘n ikki barmoq
ichakka tezroq o‘tishiga imkon beradigan ishqoriy reaksiya vujudga keltiradi, bu ichakda
optimal ishqoriy muhit yaratilishini ta’minlaydi.
Axiliyada, jigar va me’da osti bezi kasalliklarida, gastritlar va xronik
enterokolitlarda qo‘llaniladi.
0,5-1,0 g dan kuniga 3-4 marta ovqatdan oldin tayinlanadi.
Trasilol 
(Trasylol). Trasilolning ta’sir mexanizmi shundan iboratki, uning ta’sir
qiladigan qismi - polipeptid fermentlar aktivligini, xususan tripsin aktivligini
tormozlaydi. Pankreatitda qo‘llaniladi. Venaga asta-sekin. tomchilab 25000 va 50000 ТВ
dan qo‘llaniladi.
Keyingi kunlardan klinik manzara yaxshilana borgan sayin dozani kamaytiriladi.
Preparatni tomchilab yuborishdan oldin 5% li glyukoza eritmasida yoki izotonik natriy
xlorid eritmasida suyultiriladi. Kam toksinli, ba’zan allergik reaksiyalar qo‘zgatishi,
in’eksiyalar tez-tez qilinganda -flebitlar hosil qilishi ehtimol.




Kontrikal 
(Contrycal). Trasilolga o‘xshash antiferment preparat. Ampulalarda
10000 va 50000 TBdan quruq holda izotonik natriy xlorid eritmasi ampulalari ilova
qilingan holda chiqariladi.
Tripsin, kalikrein aktivligining ingibitori hisoblanadi. O‘tkir va xronik
pankreatitda, operatsiyadan keyin pankreatiming oldini olish uchun va me’da osti
bezining boshqa kasalliklarida qo‘llaniladi.
Venaga asta-sekin yoki tomchilab 300-500 ml izotonik natriy xlorid eritmasida
10000-20000 ТВ dan yuboriladi. Og‘ir hollarda dozani 40 000-60 000 ТВ gacha
oshiriladi.
Qo‘shimcha hodisalar: allergik reaksiyalar yuz berishi mumkin. Ularning oldini
olish uchun gistaminga qarshi preparatlar tayinlanadi. GDRda ishlab chiqariladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling