Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llanadigan vositalar.
Me’da shirasining oshgan sekretsiyasi unda xlorid kislota miqdorining oshib
ketishiga olib keladi va me’da shilliq pardasiningyallig‘lanishi (gastrit), pilorusning
spastik qisqarishlari va me’da hamda o‘n ikki barmoq ichakda yaralar hosil bo‘lishi bilan
o‘tadi.
Xlorid kislotani neytrallaydigan dori moddalari a n t a t s i d vositalar deyiladi.
Ularga ishqorlar - natriy gidrokarbonat, magniy oksid kiradi.
Antatsid preparatlarning ta’siri uzoqqa cho‘zilmay, hammasi bo‘lib bir necha
soatga boradi. Odatda me’da bezlari sekretsiyasi oshgan bemorlarga davo qilish uchun
antatsid vositalar xolinoblokatorlar (atropin sulfat, belladonna ekstrakti, pirilen) bilan
birga qo‘llaniladi ular o‘z navbatida shira ajralishini pasaytiradi va kislotalikning
kamayishiga imkon beradi.
Natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas). Kukun va tabletkalarda 0,5 g dan,
ampulalarda 20 va 50 ml dan 3% va 5% li eritmalar ko‘rinishida chiqariladi.
Natriy gidrokarbonatni ovqatgacha qabul qilish hazm bezlari aktivligi pasayishiga,
ovqatdan key in qabul qilish esa me’da shirasi xlorid kislotasining tez neytrallanishiga
olib keladi. Biroq natriy gidrokarbonatdan takror foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki u
xlorid kislota bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda sekretsiyani ikkinchi marta
kuchaytiradigan karbonat kislota hosil bo‘ladi. Bu noxush ta’sirni bartaraf etish uchun
natriy gidrokarbonat xolinoblokada qilinadigan va o‘rab oladigan moddalar bilan birga
tayinlanadi.
Ichishga bir qabulga 0,5-1 g dan ovqatdan 30-60 min oldin yoki undan 1 -1z2 soat
o‘tgach tayinlanadi.
Natriy gidrokarbonat organizmda ishqoriy reaksiya vujudga keltiradi, shuning
uchun qandli diabctda, reanimatsiya davrida, operatsiyalar vaqtida va boshqa hollarda
rivojlanayotgan aisidozga (qayta oksidlanishga) qarshi kurashish uchun tayinlanadi.
Magniy oksid (Magnesii oxydum). Kukunda chiqariladi.
Natriy gidrokarbonaldan farqli ravishda me’da shirasidagi xlorid kislotani
karbonal kislota hosil qilmay neytralizatsiya qiladi va bu ikkilamchi gipersekrctsiya
qo‘zg‘atmaydi. Ncytrallaydigan ta’siri bo‘yicha natriy gidrokarbonatdan ustunlik qiladi.
Jig‘ildon qaynashi bilan o‘tadigan me’da shirasi kislotaligi oshganda, kislotalardan
zaharlanishda va yengil surgi dori sifatida qo‘llaniladi.
Ichishga 0,25; 0,5 va 1 g dan tayinlanadi.
Alyuminiy gidroksid (Aluminii hydroxydum). Kukunda chiqariladi. Me’da va o‘n
ikki barmoq ichakning yara kasalligida, giperatsid gastrit, ovqatdan zaharlanishda,
buyrak yetishmovchiligida bo‘Iadigan giperfosfatemiyada qo‘llaniladi. Preparatni
giperfosfatemiyada tayinlash fosfatlar bilan erimaydigan alyuminiy gidroksid birikmasi
hosil qilishiga asoslangan bo‘lib, bu ularning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini
qiyinlashtiradi.
Ichishga suspenziyada 1-2 choy qoshiqdan kuniga 4-6 marta tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |