Giperatsid gastrit -
Me’da shirasi oshishi bilan o’tadigan gastrit.
Axiliya-
Me’da shirasida xlorid kislota, pasayishi yoki ishlab chiqarilmasligi.
Hazm protsesslariga ta’sir qiladigan dori moddalar me’da-ichak yo‘llarining
sekretor, motor va surish funksiyalarini o‘zgartiradi. Ovqat hazm qilishda me’da shirasi
va uning tarkibidagi xlorid kislota, pepsin, me’da osti bezi fermenti - pankreatin va o‘t
suvuqligi muhim rol o‘ynaydi. Xlorid kislota pepsinni aktivlashtiradi, me’da suyuqligini
dezinfeksiyalaydi. Me’daning kislotali suvuqligi o‘n ikki barmoq ichakka tushganda o‘t
hosil bo‘lishiga va me’da osti bezi shirasi ajralishiga imkon beradi.
Hazmning buzilishi me’da, jigar, me’da osti bezi, boshqa ko‘pgina organlar va
sistemalarning kasalliklariga olib keladi. Me’da shilliq pardasining oshgan sekrctsi} asi
unda xlorid kislota miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi (giperatsidoz). Bemorlar me’da
sohasidagi og‘riqdan, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, jig‘ildon qaynashi, achchiq kekirish,
qabziyatdan shikoyat qiladilar. Me’da shirasida xlorid kislota miqdorining pasayishi
(gipatsid holat) hazmning buzilishiga va ovqat moddasining me’da-ichak yo‘llari bo‘ylab
so‘rilishi yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Me’da sohasida og‘riq, palag‘da tuxum hidi
keladigan kekirish, ich ketar paydo bo‘ladi. Hazm yo‘llarining sekretor funksiyasi
yetishmaganda og‘iz bo‘shlig‘idagi tam bilish retseptorlarini qo‘zg‘atadigan va ishtaha
ochadigan vositalar (ziravorlar), shuningdek me’da shirasi fermentlarining aktivligiga va
ovqat moddalarining me’dadan o‘n ikki barmoq ichakka tushishiga ta’sir qiladigan xlorid
kislotaning kuchsiz eritmalari qo‘llaniladi. Ziravorlar va xlorid kislota hazm bezlarining
sekreter funksiyasini normaga solmagan hollarda me’da va me’da osti bezi shiralarining
ferment preparatlari, o‘rinbosar tcrapiya vositalari tayinlanadi.
Hazm bezlarining sekrctsiyasi oshganda va me’da-ichak yo‘llari motor funksiyasi
buzilganda M-xolinoblokatorlar, ganglioblokatorlar va antatsid vositalar (kislotaga qarshi
vositalar) qo‘llaniladi, M-xolinoblokatorlar odatda miotrop ta’sir qiladigan spazmolitik
vositalar bilan tayinlanadi va o‘z navbatidao‘t suyuqlirining, ichaklarga ajralib chiqishiga
imkon beradi.
Ichakning so‘rish va motor funksiyalarini surgi vositalari idora etib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |