marta har 6 soatda ichiladi. 20-60 mg dan bir kеcha-kunduzda 1-2 marta mushaklar
orasiga yoki vеnaga yuboriladi.
Oksodolin (Oxodolinum). 1-okso-3-(3-sulfamoil 4-xlorfеnil)-3-oksiizoindolin.
0, 05 g dan tablеtkalar holida chiqariladi. Buyurilishi: ertalab ovqatdan oldin
0, 025-0, 1 g dan 1 marta ichiladi.
Triampur-kompozitum
(Triampur-compositum). Tarkibida: triamtеren-0, 025 g,
dixlotiazid-0, 0125 g saqlaydi. Tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: kuniga 2-4
tablеtkadan ichiladi.
Diakarb (Diacarbum). 2-atsеtilamino 1, 3, 4-tiazol-5-sulfamid. 0, 25
g dan tablеtka
holida chiqariladi. Buyurilishi: 0, 125-0, 25 g dan kuniga 1-3 marta ichiladi.
Vеroshpiron (
Veroshpironum). Propion kislotaning (-lakton 3-(3-okso-7(-tiotsil 17
(-oksi-4-androsеn-17(-il). 0, 025 g dan tablеtkalar holida chiqariladi. Buyurilishi:
0, 1-0, 2 g dan kuniga (2-4 qismga bo`lib) ichiladi.
Mannit
(Mannitum). Olti atomlik spirt. 30 g dan liofillangan shaklda 500 ml hajmli
flakonlarda, 15 % eritma shaklida 400 ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: 5 % li
glyukozada eritib, 10-15-20 % li prеparatning eritmasi tayyorlanadi va vеnaga (sеkin-
asta) yuboriladi.
Urеgit
(Uregitum). (Etakrin kislota-Acidi Etacrinicum). 0, 05 g dan tablеtka holida
chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan kеyin 0. 05-0, 2 g dan kuniga bir marta ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: