Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet191/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
4.
Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru



MAVZU. MIOMETRIY TONUSIGA TA’SIR QILUVCHI VOSITALAR. 


Reja: 
1.
Bachadon matorikasiga ta’sir qiluvchi vositalar.
2.
Bachadon tonusiga ta’sir qiluvchi vositalar.
3.
Bachadondan qon ketganda qo’llaniladigan vositalar.
4.
Kotarin gidroxloridni qo’llashga ko’rsatma.
5.


Tayanch iboralar. 

Miometriy
- Bachadon miometriyni ritmik qisqartiruvchi vositalar.
Bachadon involyusiyasi
– qayta rivojlanishi
Mennoragiya
- hayz ko’rishda ko’p qon ketishi.
Ayollarning chanoq bo`shlig`ida joylashgan bachadon homilaning o`sishini,
voyaga еtishini va tug`ilishini ta'minlaydi. Uning silliq mushakli qavati (miomеtriy)
kuchli taraqqiy etgan, qon tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan. Ushbu silliq mushaklar
hisobiga bachadon ikki xil tarzda qisqaradi: ritmik va tonik qisqarish.

Bachadonning ritmik qisqarishi (qisqarish bo`shashish bilan almashinib turadi)


asosan homila voyaga еtganida sodir bo`ladi. Buning natijasida homila bachadon
bo`shlig`idan asta-sеkin tashqari tomonga siljiy boshlaydi va bola tug`iladi.
Bachadonning tonik qisqarishi esa (mushak tonusining sеkin-asta kuchaya borishi)
bola tug`ilib, yo`ldosh tushganidan kеyin boshlanadi. Natijada bachadon o`zining ilgarigi
holatiga qaytadi. Ushbu holat bachadon involyutsiyasi dеyiladi. Miomеtriy tonusining
oshishi juda ham katta ahamiyatga ega. Chunki silliq mushaklar qisqarishi natijasida
ularning tolalari orasidan o`tayotgan qon tomirlari siqiladi va bola tug`ilib, yo`ldosh
ko`chganidan kеyin yuz bеradigan qon kеtish xavfi o`z-o`zidan bartaraf etiladi.
Dеmak, bachadon mushaklarining qisqarishi ona va bola hayoti uchun ahamiyati
katta fiziologik jarayondir. Ba'zan, bu fiziologik jarayon ayrim sabablarga ko`ra buziladi.
Ko`pincha bachadon qisqarishining susayishi yoki umuman sodir bo`lmasligi har xil
asoratlarga, hayot uchun xavfli holatlarga olib kеladi. Bunda ona charchaydi,
holsizlanadi, bola esa kislorod еtishmasligi (asfiksiya) tufayli halok bo`lishi mumkin.
Bachadonning tonik qisqarishi kеch boshlansa va cho`zilib kеtsa, unda bachadondan
ko`p qon kеtishi mumkin. Bu ona hayoti uchun xavfli. Bundan tashqari, har xil mikroblar
bachadonni yallig`lantirib, yiringli holatlarni, sеpsisni kеltirib chiqarishi mumkin.
Yuqorida ta'riflangan bachadon faoliyati o`zgarishlarini bartaraf etish uchun
ko`pincha har xil dori prеparatlari qo`llaniladi. Bachadon mushagiga tanlab ta'sir qilgani
uchun ular miomеtriyga ta'sir etuvchi prеparatlar dеb yuritiladi. Ular ta'sir etishi va
ishlatilishi bo`yicha quyidagi guruxlarga ajratiladi:

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling