Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’s va iboralar. Eritropoez - eritrositlar paydo bo’lishi. Eritropoez stimulyatori - eritrositlar ishlab chiqarish. Leykopoez
- Leykopeniya – Leykositlar sonining kamayishi Gemofagiya
- Eritropoezga ta’sir qiladigan vositalar.
Internet saytlari:
www.histolchuvashia.com www.ziyo.net www.google.ru MAVZU. QON SISTEMASIGA TA’SIR QILUVCHI VOSITALAR. Reja: 1. Qon yaratilishiga ta’sir qiladigan vositalar. 2. Qon ivishiga ta’sir qiladigan vositalar. 3. Eritpoezga ta’sir qiluvchi vositalar. 4. Leykopoezga ta’sir qiluvchi vositalar. Tayanch so’s va iboralar. Eritropoez - eritrositlar paydo bo’lishi. Eritropoez stimulyatori - eritrositlar ishlab chiqarish. Leykopoez - leykositlar ishlab chiqarish Antikoagulyantlar - Qon ivishiga to’sqinlik qiladigan vositalar Animiya - kam qonlik Gemostatik vositalar – qon ivishiga to’sqinlik qiladigan vositalar. Leykopeniya – Leykositlar sonining kamayishi Gemofagiya – Qon oqishi Qon sistemasiga ta’sir qiladigan moddalar orasida: 1) Qon yaratilishiga ta’sir qiladigan vositalar; 2) qon ivishiga va fibrinolizga ta’sir qiladigan moddalar farq qilinadi. Birinchi gruppaga quvvatlaydigan va eritropoezni (eritrotsitlar ishlab chiqarish) va leykopoezni (leykotsitlar ishlab chiqarish) pasaytiradigan prcparatlar kiradi. Ikkinchi gruppaga gemostatik vositalar (qon ivishiga imkon beradigan moddalar). antikoagulyantlar (uning ivishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar), organizmning fibrinolitik aktivligini oshiradigan va uni pasaytiradigan moddalar kiradi. Eritropoezga ta’sir qiladigan vositalar. Eritrotsitlar ishlab chiqarilishini quvvatlaidigan va ularning yetilishiga imkon beradigan dori moddalari eritropoez stimulyatori deyiladi. Odam organizmida doimo ikkita protsess: eritrotsitlarning emirilishi va yangilarining hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ayrim qon kasalliklarida eritrotsitlar hosil bo‘lishining sekinlashganligi yoki ular parchalanishining tezlashganligi kuzatiladi. Eritropoez yetishmasligi va qon hajmi birligida gemoglobin pasayishi bilan xarakterlanadigan kasallik kamqonlik yoki anemiya deyiladi. Kamqonlikda organizmda oksidlanish protsesslari buziladi, kislorod tanqisligi rivojlanadi. Tez charchash, nafas qisishi, yurak urishi, yurak sohasida yoqimsiz sezgilar qayd qilinadi. Eritropoezni stimulyatsiya qiladigan vositalar gipoxrom va giperxrom anemiyalarda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi. Temir yetishmasligidan kelib chiqadigan giloxrom anemiyalarga davo qilish uchun temir prcparatlari qo‘llaniladi. Bularda vitaminlar va oqsillarga boy parhez ovqatlar tavsiya qilinadi. Temir organizm uchun hayotiy zarur modda. Uning qon va to‘qimalaridagi umumiy miqdori tananing 1 kg massasiga 50-60 mg ni tashqil qiladi. Temirning 2z3 qismi gemoglobin tarkibiga kiradi (gemoglobin temiri). To‘qima tcmiri organ va to‘qimalarda (suyak ko‘migi, plazma, fermentlar, retikuloendotclial sistema, jigar, taloq, va b.) bo‘ladi. To‘qima temiri funksionai va rezerv turlarga bo‘linadi. Funksional temir ko‘pgina fiziologik funksiyalarda qatnashadi. Rezerv temir jigar, taloq va suyak ko‘migida taqsimlanadi. Undan kamqonlikda gemin fermentlari hosil bo‘lishida foydalaniladi. Rezerv temirga 10-24% temir saqlagan ferritin - uch valentli temirning oqsil bilan (globulin- apoferritin bilan) birikmasi kiradi. Gcmosiderin - oqsil bilan birikkan 40% temir tutgan birikmadir. Temir ichakda faqat ikki valentli (temir (II)-oksid) shaklda so‘riladi. Uning normal so‘rilishi uchun me’dada oz.od xlorid kislota bo‘lishi zarur, u temirni temir (ll)-oksid shaklga o‘tkazadi. Jngichka ichakda va o‘n ikki barmoq ichakda temir (Il)-oksid apoferritin bilan birikadi va ferritin hosil qiladi. Ferritin qonga so‘riladi,oqsil bilan birikadi va qon oqimi bilan suyak ko‘migi, taloq, jigarga o‘tadi. Bu rezerv temir eritropoezni stimulyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Xlorid kislota organrzmga ovqatlar, oqsillar bilan tushadigan temirning bog‘lanishini kamaytiradi, bu temirning singishiga imkon beradi. Temir organizmdan buyraklar, me’da-ychak yo‘llari, ter bezlari orqali ajratiladi. Uni sutkasiga kam deganda 3 g tayinlanadi. Temir preparatlarini gipoxrom anemiyalar, bolalardagi gipotrofiyaga davo qilishda, keng ko‘lamdagi operatsiyalar va og‘ir infeksion kasalliklardan kcyin qo‘llaniladi. Bunday holatlarda temir toksinlarni zararsizlantirish uchun jadal sarf qilinadi. Temir preparatlari ichishga, mushak orasiga va venaga yuborishga tayinlanadi. Ichishga berilganda dispeptik hodisalar sodir bo‘lishi ehtimol, ularni yo‘qotish uchun ayni vaqtda kalsiy karbonat, me’da shirasi yoki suyultirilgan xlorid kislotami pepsin bilan tayinlanadi. Temir preparatlari venaga yuborilganda bemor issiqlik sezadi, og‘zidan metall mazasi keladi, tili achishadi. Og‘ir hollarda et junjikishi va shok hodisalari ro‘y berishi mumkin. Qo‘shimcha ta’sirni bartaraf etish uchun temirni bog‘laydigan defeksamin (desferol) tayinlanadi. Temir preparatlariga qaytarilgan temir, fcrkoven va boshqalar kiradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling