Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Oshqozon osti bezining gormonal moddalari


Download 0.79 Mb.
bet207/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Oshqozon osti bezining gormonal moddalari 
Bunday gormonal moddalar xatoriga insulin moddalari: insulin, amorfli suspenziya
ruxinsulin, protamininsulin, suspenziya protaminruxinsulin, kristalli suspenziya
ruxinsulin hamda ichishga buyuriladigan diabetga qarshi moddalar: butamid,
xlorpropamid, glibutid (adebit) kiritiladi.
Insulin moddalari o`rinbosar davo uchun organizmda oshqozon osti bezining
Langergans orolchalari r
4
hujayralarida ishlanib chiqadigan insulin gormoni
yetishmovchiligida — qandli diabetda qo`llanadi. Insulin uglevod almashinuviga ta`sir
ko`rsatadi, qonda glyukozani glyukoza6 fosfatga aylantiradi, uning hujayralar,
to`qimalarga o`tishini, o`zlashtirilishini, glikogenga aylanishini amalga oshiradi. Qonda,
siydikda glyukoza, tashnalik, diurez kamayadi. Uglevod moddalar almashinuvini
normallashtiradi, shu tufayli insulin oqsil hamda yog` almashinuviga ijobiy ta`sir
ko`rsatadi: siydikda azot birikmalari, qon va siydikda keton moddalari — atseton,
atsetosirka, oksimoy kislotalar kamayib boradi. Shu bilan birga bemor ozadi, organizmda
yog`larning parchalanishi, oqsillarning glyukozaga aylanishi, ishtaha kamayadi. Insulin
qoramol, cho`chqalarning oshqozon osti bezidan biologik yo`l bilan olinadi. Polipyoptid
oqsillardan tuzilgan bo`lgani uchun insulin organizmga faqat narenteral yo`l bilan — teri
ostiga, mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Uning gipoglikemik ta`siri 20—30
minutdan keyin boshlanib, 4—6 soat davom etadi. In`eksiyalar sonini kamaytirish uchun
moddaning ta`sir muddati uzaytirilgan turlari ishlab chiqilgan. Ular tarkibiga
oqsilprotamin, rux, buferlar kiritilgan, bular insulin ta`sirini boshlanishiga (kechroq
boshlanadi), cho`qqiga chiqish vaqti^va muddatiga (uzaytiriladi) ta`sir ko`rsatadi. Uzoq
muddat ta`sir etuvchi insulinni yuborish o`rtasida ko`proq vaqt o`tadi, bularning rN
yuqori bo`lgani uchun yuborilgan joyi kamroq og`riydi, lekin ko`pchilik bemorlar oddiy
insulinni qo`llashni afzal ko`radilar. Insulin moddalarini qon, siydikdagi kand miqdoriga,
bemorning umumiy holatiga, moddaning xususiyatiga karab tanlanadi.
Insulin bilan davolanganda bemor albatta o`z vaqtida ovqatlanishi lozim, aks holda
qand miqdori tushishi tufayli gipoglikemik holat ro`y beradi. Agar insulin miqdori oshib


ketsa — gipoglikemik koma ro`y beradi, bunda bemor hushidan ketib, qon bosimi tushib


ketadi. Bunday holatda venaga glyukoza, adrenalin yuborish, ya`ni qonda kand miqdorini
oshirish kerak.
Qandli diabet ogir kasallik, bunday bemorlarda ikki tur koma ro`y berishi mumkin.
Birinchisi giperglikemik — kand mikdori qonda juda ham oshib ketganda ro`y beraDigan
koma, bu holatda oddiy insulinni venaGa yuborish kerak. Ikkinchi koma iiyeulin dozasi
oshib ketgandan kelib chiqadigan yuqorida keltirilgan gipoglikemik komadir. Qandli
diabet ko`pgina a`zolarni, ayniqsa qon tomirlarni Shikastlaydi, shuning uchun bemor
ko`zida diabetik retinopatiya, oyoqda obliteratsiyali endoarteriit — mudhish qora oon
kasalligi ro`y berishi mumkin. Qandli diabetda gipertoniya, miokard infarqti,
ateroskleroz, miya tomirlari trombozi ko`proq uchraydi va og`irroq o`tadi.
Qandli diabetni davolash uchun ichishga buyuriladigan sintetik moddalar:
sulfonamid unumlari va biguanidlar ko`llanadi, Sulfonamid birikmalari, butamid,
xlorpropamid, ularning gipoglikemik ta`sir mexanizmi, oshqozon osti bezining r
hujayralarini ko`zg`atib, ulardan insulin ajralishini oshiradi. Shu bilan birga bu moddalar
Langergans orolchalarining (3 hujayralariga ta`sir etib, glyukogon ajralishini
kamaytiradi, shu tufayli nsoglyukogenez jarayonlari chegaralanadn; insulin reseptorlari
faolligi, endogen va ekzogen insulin ta`siri oshadi. Langergans orolchalarining (3
hujayralari atrofiyaga uchragan bo`lsa, bu moddalar gipoglikemik ta`sir ko`rsatmaydi.
Bukarban, xlorpropamidning gipoglikemik ta`siri 3—4 soatlardan keyin boshlanib, 10—
12 soat davom etadi.
Biguanidlarni—glibutamidni (adebit) gipoglikemik ta`sir mexanizmi hali ham
batafsil aniqlanmagan. Tajribalarga ko`ra bu modda hujayralarda, to`qimalarda
glyukozaning o`zlashtirilishiga ijobny ta`sir ko`rsatadi, glyukoneogenez jarayonlarini
kamaytiradi. Gipoglikemik ta`siri bukarbonlarga nisbatan kamroq, oqsil, yog`
almashuviga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu moddalar qandli diabetning yengil, o`rta
turlarida, ayrim holatlarida ins.ulqn bilan birga yoki almashtirib qo`llanadi.
Ichishga buyuriladigan antidiabetik moddalarning nojo`ya ta`snrlari: dispeptik
o`zgarishlar yuz berishi — bemorping ko`ngli aynashi, qusishi, ichi ketishi, jigar hamda
buyrak faoliyatiga noxush ta`sir ko`rsatishi mumkin. Atsidoz holatlarida biguanidlarni
qo`llash man etiladi.
Bolalardagi qandli diabetda asosan insulin moddalari qo`llanadi. Kasallikning
boshlang`ich davrlarida tez va kisqa ta`sir etuvchi oddiy insulin qo`llanadi, chunki
bolalarda qandning qondagi miqdori o`zgaruvchan hamda ular insulinga sezuvchanroq
bo`ladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling