Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Qalqonsimon bezning gormonal moddalari
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Qalqonsimon bezning gormonal moddalari
Endokrin kasalliklar kalkonsimon bez faoliyati o`zgarishi oqibatida kelib chiqadi. Bu kasalliklar qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi va ularning oshishiga bogliq bo`ladi. Gipertireoz ayniqsa oolalar urtasida kup uchraidi, ounda antitireoid moddalar qo`llanadi. Qalqonsimon bez ikki turdagi gormonlarni hosil qiladi: tarkibida yod bo`ladigan gormonlar va kalsitoninlar. Qalkonsimon bezning yod tutadigan gormonlari hosil bo`lishi uchun yod kerak bo`ladi. Yod organizmga suv, oziqovqat bilan tushadi va tanlab qalqonsimon bezga o`tadi, u yerda tirozin bilan bog`lanib, monodiyodtirozin hosil qiladi. Ulardan tireoid gormonlar — tiroksin va triyodtironin hosil bo`ladi va tireoglobulin oqsili tarkibida kalkonsimon bez follikulalarida to`planadi. Proteolitik fermentlar tufayli tireoglobulindan tiroksin ajralib qonga o`tadi. Bu jarayonlarni gipofiziold bo`limining AQTG gormoni boshqaradi. Qalqonsimon bez gormonlari asosiy moddalar almashinuvini, kislorodning to`qimalarda o`zlashtirilishini, oqsillar, yog`lar va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi. Siydikda azotli mahsulotlar, siydik kislota, ammiak va kreatin miqdori ortib boradi, jigarda glikogen, qonda xolesterin kamayib boradi. Gormonlar yosh organizmning o`sish va ulg`ayish jarayonlarini, nerv sistemasi qo`zgaluvchanligini, yeadrenalin va adrenopozitiv moddalarga ni'sbatan sezuvchanligini oshiradi. Puls tezlashadi, odam ko`p terlaydi, qon bosimi ko`tariladi, miya, buyrak, teri tomirlarida qon aylanishi oshib boradi. Gormonlar miya, suyak to`qimalari va boshqa a`zolar va usullarning tiklanishiga ta`sir ko`rsatadi. Bolalarda gormonlar yetishmovchiligida kreatinizm hosil bo`ladi, kattalarda moddalar almashinuvi susayadi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati kamayadi, bemor ruhan eziladi, to`qimalarda shishlar paydo bo`ladi, yurak faoliyati o`zgaradi, bu holat miksedema deb ataladi. Triyodtironin va tireoidin o`rinbosar davo uchun bolalar kretinizmida, kattalar miksedemasida qo`llanadi. Tireoidin asosiy modda almashinuvi susayganda va semizlikda qo`llanadi. Moddalar miqdori oshirilsa, bemor qo`zg`aluvchan bo`lib qoladi, ko`p terlaydi, ozib ketadi, taxikardiya, tremor paydo bo`ladi. Agar suvda, ovqatda yod miqdori kamayib ketsa, oddiy yoki endemik buqoq paydo bo`ladi. Gormonlar yetishmovchiligi tufayli qalqonsimon bez o`z faoliyatiii oshiradi, to`qimalar gipertrrfiyaga uchraydi, bez hatto 20—30—50 barobar kattalashib boradi. O`zbekistonda endemik o`choqlar Farg`ona vodiysida, Ko`konda ko`p tarqalgan, bu yerdagi suvda yod kam bo`lgan. Katta ekspeditsiya ishlari, ommaviy profilaktika tadbirlari tufayli ichimlsh< suvga, tuzga yod qo`shilgan endemik o`choqlar, buqok kasalligi ancha kamaygan. Antitireoid moddalar. Yod, diyodtironin, kaliy perxlorat merkazolil. Bu moddalar qalqonsimon bez faoliyati oshganda — giperfunksiyada ko`llanadi. Giperfunksiyada tireoid gormonlar ko`p ishlanib chiqadi, organizm tiroksin bilan zaharlanadi— tireotoksikoz kasalligi paydo bo`ladi. Bu kasallikda asosiy moddalar almashinuvi, qo`zg`aluvchanlik ortadi — nevroz, taxikardiya ro`y beradi, og`ir holatlarda ko`z chakchayadi, tremor paydo bo`ladi. Antitireoid moddalar ta`sir mexanizmi bo`yicha 3 turga bo`linadi: 1.Tireotrop gor.mon hosil bo`lishini kamaytiradigan moddalar: yod, diyodtirozin. Bular me`daichakdan qonga yaxshi so`riladi, gipofizning tireotrop gormoni hosil bo`lishini, ajralishini kamantiradi, qalqonsimon bez kichrayadi. Moddalarning biologik faolligi kamroq, shuning uchun boshqa antitireoid moddalar bilan birga ko`llanadi. 2. Yodning qalqonsimon bezga o`tishiga to`sqinlik qiladigan modda — kaliy perxlorat. Bu modda anionlari o`lchami yod anionlari o`lchamiga teng, shuning uchun qalqonsimon bez yod anionlari o`rniga kaliy perxlorat anionlarini o`ziga tortib oladi, gormonlar ishlanib chiqishi izdan chiqadi. Bu modda tireotoksikozda qo`llanadi, zaharliligi kam. 3. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlar hosil bo`lishini kamaytiradigan moddalar — merkazol i l . Bu modda yodidlarning oksidlanishiga, yod hosil bo`lishiga, tnrozinning yodlanishiga to`sqinlik kiladi. Ichish uchun tayinlanadi. Merkazolil ancha faol modda. Nojo`ya ta`sirlari: leykopeniya, agranulotsitoz, qalqonsimon bez hajmi kamayadi. Merkazolilni homilador va emizikli ayollarga qo`llash man etiladi, chunki bu modda platsenta to`sig`idan oson o`tadi, ona suti orqali bolaning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi, keyinchalik bolada kretinizm paydo bo`lishi mumkin. Tireotoksikozni davolashda radioaktiv yod ham qo`llanadi. r* nurlari kalqonsimon bez hujayralarini destruksiya qiladi, ta`siri 1—3 oydan keyin boshlanadi. Nurlanish mikdori oshsa, mikseda xolatlari paydo bo`lishi mumkin. Kalsitonin. Bu modda qalqonsimon bezning alohida hujayralarida hosil bo`ladi. Kalsitonin organizmda kalsiy almashinuvini boshqarib boradi. Asosan suyaklar dekalsifikatsiyasiga to`sqinlik qiladi, qonda kalsiy mikdori kamayadi, paratgormonning qaramakarshi moddasi hisoblanadi. Qalsitonin kalsiyning me`daichakdan so`rilishiga va buyraklardan chiqib ketishiga ta`sir ko`rsatmaydi. Kalsitonin giperkalsiomiyada, suyaklardan kalsiy qochganda, gipervitaminoz O; osteoporozlarda (glyukokortikoidlar uzoq muddat mobaynida qo`llanganda), nefrokalsinoz, ginerparatireoidizmda qo`llanadi. Kalsitonin kalsitrin tarkibida ham mavjud. Kalsitoninni qo`llashni astasekinlik bilan to`xtatish lozim, chunki bu modda uzoq muddat qo`llanganda endogen kalsitonin kamayadi. Rivojlanayotgan yosh organizm kal`sitoninga nisbatan juda sezgir bo`ladi, shuning uchun bu moddalar bolalarga ehtiyotlik bilan qo`llanishi lozim. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling