Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Oqsil va polipeptid unumli gormonal moddalar


Download 0.79 Mb.
bet206/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Oqsil va polipeptid unumli gormonal moddalar 
Gipofiz bezining gormonal moddalari. Fiziologik holatda gormonlar gshyufizning
old qismi, o`rta va orqa qismidan ajraladi. Gipofizning old qismida trop — boshqaruvchi
gormonlar hosil bo`ladi, bu jarayon gipotalamus bilan bog`liqdir. Agar qonda trop
gormoilar miqdori kamaysa yoki organizm alohida xolatga tushib qolsa (yallig`lanish
ro`y bersa), gipotalamusdan rilizinggormonlar qonga chiqadi va gipofizdan trop
gormonlar ajralishiga va ular miqdorining qonda oshishiga sabab bo`ladi. Keltirilgan
misolda kortikotropin ko`p hosil bo`lib, qonga tushadi, shu tufayli buyrak usti bezidan
glyukokortikoidlarning ajralishi ortib boradi, ular esa o`z navbatida organizmni og`riqqa
chidamli qiladi, yalliglanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
Agar biror sababga ko`ra qonda trop gormonlar ko`payib ketsa, gipotalamusda
rilizinggormonlar ajralishi kamayadi, shu tufayli gipofizda trop gormonlar kamayadi.
Gipotalamusda hosil bo`lgan rilizinggormonlar past molekulali peptidlardan iborat
bo`lib, liberin deb ataladi. Masalan, kortikotropin ajralishini orttiradigan rilizinggormon
kortikoliberin, shu toifada qolganlari — tiroliberin, folliliberin, lyuliberin, somatoliberin,
prolaktoliberin deb ataladi. Gipofiz trop gormonlari ajralishini kamaytiradigan moddalar
statlnlar deb ataladi, masalan; somatostatin,
chprolaktostatin
shular jumlasidan.
Hozirgi kunda liberin va statinlar tibbiy amaliyotda qo`llana boshladi, bu borada
katta ilmiy ishl*ar olib borilyapti.
Gipofiz old qismi gormonal moddalari qatoriga kortikotropin, somatotropin,
tirotropin, menopauzali hamda xorionik gonadotropin, prolaktin kiritiladi. Kortikotropin
39, somatotropin 188. prolaktin 198 aminokislotalardan iborat, ular me`daichak shirasi
ta`sirida parchalanadi, parenteral yo`llar orqali yuboriladi.
Kortikotropin yoki AQTG buyrak usti bezlari faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi, ularda
kortikosteroidlar, ayniqsa glyukokortikoidlar hosil bo`lishini, ajralishini orttiradi.
Qortikotropin ta`sirida buyrak usti bezlarida askorbinat kislota va xolesterin kamayib
ketadi, chunki xolssterindan kortikosteroidlar hosil bo`ladi. Kortikotropin ta`siri asosan
glyukokortikoidlarga
o`xshab
ketadi
— yallig`lanishga, allergiyaga qarshi,
immunodepressiv xususiyatlari bor qamda uglevodlar, oqsillar almashinuviga ta`sir
ko`rsatadi.
Bundan
tashqari,
kortikotropin
miya
qon
tomirlari
tonusini,
o`tkazuvchanligini, ekstrapiramid sistema faolligini normallashtiradi,
Kortikotropin ilgari revmatizm, poliartrit, bronxial astma, leykoz, neyrodermitlar,
ekzemalar ha?lda allergik kasalliklarii davolashda keng ko`llanklardi. Hozirgi kunda bu
xasalliklarni davolashda glyukokortikoidlar hamda yallig`lanishga qarshi boshqa
moddalar ko`prok qo`llanyapti.
Kortikotropii asosan glyukokortikoidlar bilan uzok, vaqt davolanganda, buyrak usti
bezi faoliyatini oshirish uchun qo`llanady. Qortikotropin mnya shishida, miyada kon
aylanishi yetishmaganda, xoreya, parkinsonizm kasalliklarida ham qo`llanadi.


AQTG uzoq vaqt mobaynida qo`llaiganda organizmda unga nisbatan antitelolar


paydo bo`lishi, allergik holatlar, uyqusizlik yuzaga kelishi hamda qon bosimi oshkshi
mumkin.
Somatotropin anabolik xususiyatga zga, ya`ni bu modda oksillar —
aminokislotalarning hujayraga o`tishiga to`sqinlik qiladi, natriyni tutib qoladi.
Mukopolisaharidlarni,
ayniqsa
xondroitinser
kislota
hosil
bo`lishiga,
uping
almashinuviga ijobiy ta`sir ko`rsatishi tufayli somatotropin osteogeiyez. xondrogsnez
jarayenlarini kuchaytiradi. Bu modda yog` almashinuviga ham ta`sir ko`rsatadi, lipaza
fermenti faoll^gini, qond^ erkin yog` kislotalar miqdorini ko`paytiradi, insulinga qarshi
ta`sir qiladi, qonda qand miqdorini oshirib yuboradi.
Somatotropin
asosan
o`rinbosar
davo
uchun,
organizmda
bu
modda
yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan gipofizar pakanalikda qo`llanadi.
Tirotropin qalqonsimon bez hujayralarida adenilsiklaza fermentini, siklik AMF ni
oshirib, tiro,ksin hosil bo`lishi uchun kerak bo`lgan fermenuni faollashtiradi.
Gipotireozki apiqlash uchun hamda tirsoidin bilan birga qalqonsimon bez
yetishmovchiligida qo`llanadi.
Menopauza gonadotropini ayollarda tuxumdonda follikulalar rivojlanishiga,
estrogenlar hosil bo`lishig`a, erkaklarda — spermatogenezga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu
modda menopauza davrini boshidan kechirayotgan ayollar siydigidan olinadi va
ayollarda follikulalar yetishmovchiligida, estrogenlar kamayib ketganda, erkaklarda —
spermatogenez yetishmovchiligida qo`llanadi.
Xorionik gonadotropin tuxumdonda ovulyatsiya va sarnk tana, urug`donda
testosteron hosil bo`lish jzrayonini kuchaytiradi.
Menopauza goiadotropini va xorion.ik gonadotropin birgalikda bepushtlikda erkak
va ayollarda qo`llanadi.
Laktotrop gormon — prolaktin bola tugilgakdan keyin opada sutni ko`paytirish
uchun ishlatiladi.
Gipofizning o`rta qismidan olinadigan intermedin degan modda ko`z quvvatini
oshiradi, ko`zning qorong`ilikka moslashishiga yordam beradi. Asosan ko`z
kasalliklarida: ko`z to`r pardasida deg`enerativ o`zgarishlar paydo bo`lganda,
gemeralopiyada, pigmentli retinitda qo`llanadi.
Gipofizning orka qismi gormon moddalari qatoriga: oksitotsin, vazopressin,
pituitrin, adiurekrin kiritiladi. Vazopressin diurezga qarshi ta`sir etadi: buyrak
kanalchalarida suv, natriyning kayta so`rilishiga ta`sir ko`rsatadi. Organizmda
vazopressin yetishmovchiligidan kelib chiqqan kasallikda — qandsiz diabetda qo`llanadi.
Qandsiz diabetda bemor juda tashna bo`ladi, suvni ko`p ichadi, ko`p siyadi (diurez).
Vazopressin qo`llanganda og`iz qurishi, tashnalik, diureya kamayadi, chuiki natriy bilan
suvning buyrak kanalchalarida kayta so`rilishi me`yoriga keladi. Vazopressin mayda qon
tomirlar, ichak, spidik p\f,'1P1 kjusshsh, iyeristaltikasini, kon bosimiii oshiradi.
Oksitotsin homilador bachadonga tanlab ta`sir qiladi. Oksitotsin bachadon
hujayralari membranalariga ta`sir ko`rsatadi, menbranalarning kaliy ionlariga nisbatan
o`tkazuvchanligini oshiradi, ular potensiali kamayib, qo`zg`aluvchanligi oshadi.
Oksitotsin gipofizning laktogen gormoni hosil bo`lishini, sut bezlari sekresiyasini oshirib
yuboradi. Bu modda tug`ish jarayoni susayib ketganda hamda bachadon qisqarishini
kuchaytirish uchun (gipotonik qon ketishda) qo`llanadi.
Pituitrin g`ipofizning orqa qismidan olingan vazopressin va oksitoiindan iborat.
Tarkibida oksitotsin miqdori ko`p bo`lgan pituitrin M yoki gifototsin modda sifatida
ishlab chiqariladi. Bu modda asosan akusherlik amalistida tugish jarayeni susayib


ketganda, homiladorlik muddati o`tib ketganda, bachadonda gipotonik qon ketishida


qo`llanadi. Tarkibida vazopressin ko`proq bo`lgan, boshqa modda pituitrin R deb ataladi,
bu qandsiz diabetda o`rinbosar davo uchun qo`llanadi. Qandsiz diabetda kattalar va
bolalarga pituitrin teri ostiga yubornladi. Bu surunkali kasallik bo`lgani uchun pituitrinni
har kuni" y"n`eksiya rrqali qo`llash bemorga og`irlik qiladi. Mana shuning uchun ham
pituitrinning qurug`i, ya`ni adiurekrin deg`an modda tayyorlangan. U asosan
vazopressindan iborat poroshok, malham Shaklida burun shillig`iga qo`yiladi. Qandsiz
diabetning yengil, o`rta turlarida hamda bolalar kechasi siydik tutolmagan hollarda
qo`llanadi. Bu modda og`iz qurishini, chanqovni kamaytiradi, Adiurekrinni nafas yo`llari
(burun shilliq pardalari) jarohatlanganda qo`llash man etiladi.
Paraqalqonsimon bezlarning gormon moddasi paratireoidin kalsiy va fosfor
almashinuviga ta`sir ko`rsatadi. Bu modda qonda kalsiyni ko`paytiradi, uning
me`daichakdan so`rilii^ini, buyrak kanalchalaridan qayta so`rilishini oshiradi, suyaklarda
kalsiyni kamaytiradi, kalkonsimon bez gormoni kalsitoninga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
Paratireoidin qonda fosfor miqdorini kamaytiradi, chunki buyrak kanalchalaridan uning
kayta so`rilishi kamayib ketadi. Bu modda o`rinbosar davo uchun gipoparatireozlarda,
spazmofiliya, tetaniyaning oldini olish va davolaiguchun ko`llanadi. Yaxshi ta`sir qilishi
uchun paratirsoidin kalsiy moddalari — kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat bilan birga
qo`llanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling