Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet205/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tayanch iboralar: 
Gomeostaz
- organizmdagi doimiylik.
Giperlikemiya
-qonda qand miqdorining oshib ketishi.
Gipoglikemiya
- qonda qand miqdorining kamayib ketishi.
Kretinzim
-qalqonsimon bezning tug`ma yetishmovchiligi
Markaziy nerv sistemasi endokrin bezlar ishlab chiqaradigan gormonlar orqali
organizmning o`enshini, jins sifatida rivojlanishini, qator a`zolar faoliyatini, moddalar
almashinuvini boshqaradi, shu tufayli organizmdagi doimiylikni — g.omeostazni
me`yorida tutib turadi, Markaziy nerv sistemasi endokrin bezlar bilan gipotalamus orqali
bog`lanadi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida past molekulali peptidlar —
liberin va statinlar ajralib chiqib, gipofiz oldi qismidan trop gormonlar hosil bo`lishiga va
qonga ajralishiga ta`sir ko`rsatadi. Gipofizning trop gormonlari esa organizmda qolgan
endokrin bezlar faoliyatini boshqaradi.
Ichki sekresiya bezlari faoliyati susayganda ulardan gormon ajralishi kamayadi,
butunlay ajralmay ham qoladi, okibatda turli endokrin kasalliklar paydo bo`ladi. Bu
kasalliklarda gormonal moddalar o`rinbosar sifatida ko`llanadi. Ayrim hollarda
kasalliklar ichki sekresiya bezlari faoliyati oshib ketgani tufayli ham kelib chiqadi. Bunda
bezlar faoliyatini kamaytiradigan, ularga karshi ta`sir kiladigan moddalar qo`llanadi.
Gormonal moddalar faqat endokrnn kasalliklarda emas, balki boshqa kasalliklarni
davolashda patogenetik davo sifatida ko`llanadi.
Gormonal moddalar hayvon a`zolaridan — ichki bezlaridan, siydikdan hamda sintez
yo`li bilan olinadi. Hayvonlardan olinadigan gormonal moddalar faoliyati o`zgaruvchan
bo`lib, ta`sir birligida (TB) o`lchanadi va vaqtivaqti bilan ular hayvonlarda Davlat
Farmakopeya usullari bilan aniklab turiladi.
Gormonal moddalar kimyoviy tuzilishi jihatidan 3 turkumga bo`linadi:
1.
Oqsyal va polipeptid unumli gormonal moddalar (gigvdfiz, qalqonsimon'' bez
osti bezi, oshqozon osti bezi moddalari).
2.
Aminokislota unumlari (qalkonsimon bez moddalari).
3.
Steroid birikmalar (buyrak usti bezi po`stlog`i va jinsiy a`zolarning gormonal
moddalari).
Gormonal moddalarga prostaglandinlar ham kiradi, ular to`yinmagan yog
kislotalardan iborat bo`lib, faqat endokrin bezlarda emas, boshka ko`p a`zo to`qimalarida
ham hosil bo`ladi, shuning uchun prostaglandinlar to`qima gormonlari deb ataladi.
Gormonal moddalar to`qima reseptorlariga ta`sir ko`rsatadi, ular hujayralar ichida
bo`ladi. Oqsilpeptidli gormon moddalari, prostaglandinlar, buyrak usti bezi, miya
qismining gormonal moddalari asosan hujayra membranalari yuzasidagi reseptorlarga
ta`sir ko`rsatadi. Ushbu gormonal moddalar ta`sirida hujayralarda adenilatsiklaza


fermenti faolligi, siklik AMF, siklik GMF lar hajmi oshib boradi. Siklik AMF


fosfodiesteraza fermentining kamayishi hisobiga ham oshishi mumkin. Siklik GMF esa
proteinkinazalar faolligini, xujayra ichida bo`ladigan jarayonlarni kuchaytiradi.
Steroid gormonal moddalar, qalqonsimon bez moddalari membranalardan hujayra
ichidagi sitoplazmatik reseptorlar bilan birikib, mag`izga o`tib oqsillarni ko`paytiradi.
Steroid gormonal moddalar — hujayra membranalari yuzasidagi reseptorlarga ham ta`sir
ko`rsatishi mumkin.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling