Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet203/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Natriy nukleinat 
(Natrii nucleinas). Kukunda qo‘llaniladi.
Suyak ko‘migi faoliyatini stimulyatsiya qiladi va qonda leykotsitlar miqdorini
oshiradi.
Leykopeniya, aleykiyalarda va fosfor almashinuvi buzilganda (raxit) qo‘llaniladi.
Ichishga bir qabulga 0,1-0,2 g dan kuniga 3-4 marta, shuningdek mushaklar
orasiga 5-10 ml dan 2-5% li eritmasi (eritmalarni tayyorlanadi) tayinlanadi.
Pentoksil 
(Pentoxylum). В ro‘yxalida. Kukun va qobiqqa o‘ralgan tabletkalarda
0,025 va 0,2 g dan chiqariladi.
Kam toksinli. U qo‘llanilganda leykotsitlar miqdori oshadi, qon quyilishlar
to‘xtaydi, bemorlarning umumiy ahvoli birmuncha tez yaxshilanadi.
Dori moddalarini qo‘llanish bilan bog‘liq aleykiyalarda va leykopeniyada
qo‘llaniladi. Shuningdek yallig‘lanishga qarshi xossalari bor va regeneratsiya
protsesslarini yaxshilaydi. Uning ta’siri ostida trofik yaralar, oqmayaralar, kuyishlarning
bitishi tezlashadi.


Ichishga 0,2-0,3 g dan kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin 15-20 kun mobaynida


tayinlaiadi.
Qon yaratuvchi to‘qimaning to‘xtovsiz proliferatsiyasi bilan xarakterlanadigan qon
yaratish organlarining sistcm zararlanishi leykoz deyiladi va xavlli kasalliklar qatoriga
kiradi. Leykozlarga davo qilish uchun qonda oq qon tanachalari miqdorining
kamayishiga, taloq va limfatik tugunlarning kichrayishiga olib keladigan blastomaga
qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ularga merkaptopurin, metatreksat va boshqalar kiradi,
bular blastomaga qarshi vositalar gruppasida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Retseptlarga misоllar. 
Rp.: Natrii nucleinatis 0,1
Sacchari 0,2 M.f. pulv.
D.t.d. N. 20
S. 1 kukundan kuniga 3-4 marta.
Rp.: Pentoxyli 0,2
D.l.d. N. 12 in caps. gel.
S. 1 kapsuladan kuniga 3 marta.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling