Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Buyrak usti bezi po`stlog`ining gormonal moddalari
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Buyrak usti bezi po`stlog`ining gormonal moddalari
Dezoksikortikosteron atsetat, kortizon atsetat, prednizolon, prednizolon gemisuksinat, deksametazon, triamsinoloi, flumetazon pnvalat. Buyrak usti bezi po`stlogida hayotiy zarur bo`lgan 40 ga yaqin steroid gormonlar hosil bo`ladi. Ular 3 guruhga bo`linadi: mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar va jinsiy gormonlar. Agar hayvonlar buyrak usti bezi olib tashlansa, ular bir necha kundan keyin halok bo`ladi. Buyrak usti bezi o`tkir yetishmovchiligida kon quyuladi, qon bosimi pasayadi, disiyeptik holat paydo bo`ladi, asosiy moddalar almashinuvi susayadi, organizmdan natriy ionlari chiqib ketadi, kaliy ionlari to`planadi—Addison kasalligi, addisonizm holatlari ro`y beradi. Glyukokortikoid va mineralokortikondyaar kortikosteroidlar deb ataladi. Kortikosterondlar organizmda xolesterindan yoki bevosita atsetilkoenzimdan hosil bo`ladi, bu jarayon gipofizning AQTG gormoni bilan bog`liqdir, Kortikosteroidlar sintez yo`li bilan olingan. Kortikosteroidlar jigarda glyukuron va sulfat kislotalar bilan kon`yugatsiyaga uchraydi, organizmdan siydin bilan chiqib ketadi. Mineralokortikoidlar. Dezoksikortikosteron atsetat. Mineralokortikoidlarning asosiy tabiiy gormonlari aldosteron va P dezoksikortikosterondir. Ular asosan suvmineral almashinuviga, natriy va kaliy ionlarining hujayra membranalaridan o`tish jarayeniga ta`sir ko`rsatadi. Hujayralarda natriy ionlari ortadi, organizmda natriy ushlanib qoladi, kaliy ionlari siydik bilan chikib ketadi. Organizmda natriy bilan suyuqlik ham ushlanib qoladi. Mineralokortikoidlar yetishmovchiligida organizm natriy vasuyuklik yo`kotadi, kaliy miqdori oshib ketadi, addisonizm holatlari ro`y beradi. Mineralokortikoidlarning uglevodlar almashinuviga ta`siri kamroq bo`ladi. Dezoksikortikosteryn atsetat mineralokortikoidlar yetishmovchiligida — Addison kasalligida, addisonizm, miasteniya, adinamiya holatlarida qo`llanadi. Enteral va parenteral yo`llar orqali yuboriladi. Dezoksikortikosteronning nojo`ya ta`sirlari: natriy va suyuqlikning to`planishi, shish paydo bo`lishi, qon bosimining ko`tarilishidir, Glyukokortikoidlar. Gidrokortizon, kortizon atsetat, prednizolon, deksametazon, triamiinalon, flumetazon, gidrokortizon (k\z malhami), sinalar, flutsinar malhamlar glyukokortikoidlar qatoriga kiradi. Tabiiy holatda glyukokortikoidlar gnpofiz old qismi gormoni AQTG ta`sirida hosil bo`ladi va ajraladi. Organizm aloxida holatlarga tushib kolganda (ko`rquv, kuchli ogriq, sovqotish, issiqlab ketish holatlari), travmalar,' infeksiya, gipoksIya, intoksikatsiyalarda AQTG — glyukokortikoidlar ajralishi ko`payadi, glyukokortikoidlar organizmning shu holatlarga nisbatan chidamliligini oshiradi. Glyukokortikoidlar asosan uglevodlar almashinuviga ta`sir ko`rsatadi: qonda glyukoza, aminokislotalar, jigarda, mushaklarda glikogen miqdori oshib boradi. Glyukokortikoidlar oqsil hosil bo`lishini kamaytiradi, parchalanishini oshiradi. Oziqovqatdagi azot o`zlashtirilishi kamayadi, siydik bilan kreatinin, mochevina, aminokislotalar ko`p ajraladi. Ba`zi to`qimalarda glyukokortikoidlar lipolizni, ba`zilarida lipogenezni orttiradi, gozda va tananing yuqori qismida yog` to`planishiga olib keladi. Yangi to`qimalar (regeneratsiya), immun tanachalar hosil bo`lishi kamayib boradi. Glyukokortikoidlarning mineralokortikoidlarga nisbatan ozroq bo`lsada minerallar almashinuviga ta`siri bor. Organizmdan natriy ionlarining ajralishi kamayadi, kaliy ionlarining ajralishi esa ortadi. Glyukokortikoidlar yalliglanishga karshi ta`sir etadi, bular yalliglanishning hamma bosqichlari (alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya)ni bartaraf etadi. Kapillyarlar devorini, huj^ayralarni, gematoensefalik to`siq o`tkazuvchanligini kamaytiradi. Utkazuvchanlikning kamayishiga gialuronidaza fermenti faolligiyaing pasayishi va gistaminga qarshi ta`siri sabab bo`ladi. Glyukokortikoidlar hujayra membranalarini, lizosomalarni mustahkamlaydi, ulardan to`qimalarni jarohatlovchi fermentlar ajralishini kamaytiradi. Glyukokortikoidlar leykotsitlar, makrofaglarning tomirlardan ajralib chiqishini ham kamaytiradi. Glyukokortikoidlar tufayli prostaglandinlar kamayishi yalliglanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Ma`lumotlarga ko`ra, glyukokortikoidlar fosfolipaza A fermenti ingibitori lipomodullinni orttiradi, shu tufayli fosfolipaza A fermenti faolligi susayadi, araxidon kislotadan prostaglandinlar hosil bo`lishi kamayadi. Shu bilan birga glyukokortikoidlar leykotsitlarning yallig`lanish o`chog`iga tomon yo`nalishini boshqaruvchi oksikislotalar va leykotriyenlarni ham kamaytirzdi. Hujayralararo modda — gialuron kislotani ko`paytiradi, gialuron kislota tomyrlar devorini mustahkamlaydi. Glyukokortikoidlar yalliglanishga qarshi mahalliy ko`llanilganda ham yaxshi ta`sir etadi. Glyukokortikoidlarning allergiyaga, sensibilizatsiyaga, shokka qarshi ta`siri bor. Glgokokortikoidlar qon tomirlar tonusiga, kapillyarlar o`tkazuvchanligiga ta`siri tufayli shokka qarshi ham ta`sir etadi. Bulardan tashkari, glyukokortikoidlar adrenalin, noradrenalikning (yuqori miqdorlarda) kon tomirlarga, yurakka bo`ladigan jarohatlovchi ta`skrining oldini oladi. Glyukokortikoidlar homila va yangi tugilgan chaqaloqlar o`pkasida surfaktant hosil bo`lishini orttiradi. Glyukokortikoidlar immunitetni kamaytiradi, ular suyak ko`migi hujayralarini T va V limfotsitlarning o`zaro ta`sirini susaytiradi. Glyukokortikoidlar eozinofillarni, limfotsitlarni, neytrofillarni ham kamaytiradi. Glyukokortikoidlar miqdori oshsa (organizmdagi endogen glyukokortikoidlar mikdori yoki modda sifatida yuborilsa) gipofizdan AKTG ning ajralishi kamayadi. Agar shu holat uzoq vaqt davom etsa (ayniqsa glkjokortikoidlar uzok vaqt mobaynida qo`llanganda) buyrak usti bezlari faoliyati susayib ketadi. Yuqorida aytib o`tilganlardantso`rinib turibdiki, glyukokortikoidlarning shifobaxsh ta`siri ko`p, shu tufayli tibbiyotda keng mikyosda qo`llanadi. Glyukokortikoidlar o`rinbosar davolashda, ular organizmda yetishmaganda, Addison kasalligida, addisonizm holatlarida mineralokortikoidlar bilan birga qo`llanadi. Glyukokortikoidlar 140 dan ortiq kasallikda qo`llanadi. Bular yallig`lanishga aloqador yuqumliallergik kasalliklarda — revmatizm, qizil volchanka, dermatit, ekzema, neyrodermatit, allergik, toksikoallergik holatlarda; anafilaktik shok, o`tkir gemolitik anemiya, aplastik anemiya, bronxial astma, travmatik shokda, ogir yukumli kasalliklarda — peritonit, meningit, qorin tifi, ensefalit, miya, o`pka shishi, virusli gepatitlarda; leykoz turlarida, limfogranulyomatoz ; metabolik atsidozlarda qo`llanadi. Glkjokortikoidlar bolalarda uchraydigan adrenogenital sindromda ko`llanadi. Bu kasallik nasldan o`tadi, bunda buyrak usti bezi yetishmaganda glgokokortikoidlar ajralishi kamayadi. Bunga javoban giiotalamus kortikoliberinning, gipofiz AKTG ning hosil bo`lishini orttiradi. Ular esa buyra,k usti bezi po`otlogini qo`zgatib jinsiy, ko`pincha erkakla^r jinsiy gbrmonlari ajralishini ko`paytiradi. Ana shunday holatlarda bolalar, ayniqsa qizlar ertaroq jinsiy rivojlana boshlaydi yoki jarayon ularda noto`g`ri kechadi. Glyukokortikoidlar kortikoliberinlarni, AKTG, jinsiy gormoilar ajralishini kamaytiradi, natijada bundayholatdagi bolalar normal o`sib rivojlanadi. Glyukokortikoidlar chala tugilgan bolalarda nafas yetishmovchiligi oldini oliig uchun qo`llanadi. Bu moddalar vrachniyng aloxida ko`rsatmalari asosida qo`llaniladi. Yukorida aytib o`tganimizdek, ularni qo`llayotganda birdaniga' to`xtatib bo`lmaydi, aks holda kasallik zo`rayib ketishi mumkin. Shuning uchun glyukokortikoidlar ko`llashni astasekin to`xtatish lozim bo`ladi. Glyukokortikoidlar qo`llanganda jiddiy nojo`ya ta`sirlar, ayniqsa bolalarda kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ular bolalarga nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlatiladi. Anabolik jarayonlarni kamaytirishi tufayli glyukokortikoidlar bolalar organizmining, rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu moddalar sust kechayotgan infeksiyalarni, oshqozon va o`n ikki barmok, ichak yarasini, osteoporozni zo`raytirishi, qon bosimini ko`tarishi, asabni qo`zg`atishi, steroidli qandli diabetni yuzaga keltirishi mumkin. Bunda yuz oysimon bo`lib kerkadi, ruhiy o`zgarishlar — eyforiya, gallyutsinatsiyalar, alahlash paydo bo`lishi mumkin. Nojo`ya ta`sirlarning oldini olish uchun glyukokortikoidlar bilan davolangan davrda tarkibida oqsil, kaliy, kalsiy yetarli mikdorda bo`ladigan oziqovqatlarni tanovul qilish lozim. Glyukokortikoidlarni gipertoniya kasalligida, qandli diabetda, homiladorlikda, oshqozon va o`n ikki barmoq ichak yarasida, silda qo`llash man etiladi. Tabiiy gormonal moddalardan gidrokortizon, kortizon atsetat parenteral va mahalliy malham sifatida qo`llanadi, ular ta`siri birbiriga o`xshash (gidrokortizon kuchliroq). Kortizon ichishga buyuriladi hamda mushaklar orasiga yuboriladi. Prednizolon gidrokortizonning sintetik o`xshashi bo`lib, yallig`lanishga karshi ta`siriga ko`ra gidrokortizondan 3—4 barobar kuchlirok, natriy ionlarini organizmda kamroq tutib qoladi. Shu tufayli prednizolonning nojo`ya ta`sirlari kamroq uchraydi. Prednizolonning ftorli unumlari deksametazon, triamsinalon yallig`lanishga qarshi ta`sir bo`yicha prednizolondan 5 marta kuchliroq. Bu moddalar, ayniqsa deksametazon mineral va suv almashinuviga juda kam ta`sir etadi, lekin triamsinalon mushaklar atrofiyasi, depressiv holatlar, ishtaha pasayishi kabi nojo`ya ta`sirlarga sabab bo`lishi mumkin. Flumetazon pivalat yallig`lanishg`a, allergiyaga, kichishishga karshi kuchli ta`sir etadi (faqat mahalliy malham va suspenziya shaklida qo`llanadi). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling