Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retinol — vitamin
Kaltsiy pangamat
(Calcii pangamas). Glyukonat kislota kaltsiy tuzlari aralashmasi. 0, 05-0, 1 g dan tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1-2 tablеtkadan 3-4 mahal ichiladi. Davolash kursi 30-40 kun. Vitamin P. Rutin. (Rutinum). 0, 02 g dan tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1 tablеtkadan 2-3 mahal ichiladi. Yog’da eruvchi vitaminlar Retinol — vitamin A, sariyog`, jigar, tuxum sarig`ida, ayniqsa ba`zi baliqlar va dengiz hayvonlari jigarida ko`p bo`ladi. O`simlik mahsulotlarida vitamin A ning o`zi bo`lmaydi, uning provitaminlari — karotin uchraydi. Karotin sabzi, ko`k piyoz, salat, shovil, qizil garmdori, kora smorodina, shaftoli, o`rikda bo`ladi. Organizmda karotindan vitamin A hosil bo`ladi. Vitamin A sintez yo`li bilan ham olingan. Vitamin A oziqovqatlar bilan karotin yoki retinol efirlari sifatida organizmga tushadi. Oshqozon osti bezining gidrolaza fermenti tufayli retinol efirlardan ajralib chiqadi. Bu ferment chaqaloqlarda 6 oylik bo`lguncha hosil bo`lmaydi, bola bir yoshga to`lganda ferment miqdori kattalarnikiga to`g`ri kelib qoladi. Shuning uchun 6 oygacha vitamin A ni chaqaloq organizmi o`zlashtira olmaydi. Karotin me`daichak shillig`ida karotinaza fermenti tufayli vitamin A ga aylanadi, chaqaloqlarda bu fermentning faolligi kam, karotin teriga o`tib, uni sarg`aytirishi mumkin. Vitamin A ingichka ichakdan o`t (safro) kislotalar tufayli qonga so`riladi, aloxida oqsillar bilan boglanadi, oqsillar to`yinganda vitaminning qolgani jigarda saqlanadi. Organizmda retinol juda sekin o`zgaradi, suv va uglekislotaga parchalanadi, 50 % o`zgarmagan holda buyrak orkali chikib ketadi. Retinol asosan moddalar almashinuviga, mukopolisaharid, lipidlar, oqsillar, interferonlar hosil bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi. Vitamin A fagotsitoz jarayonini quvvatlab, limfotsitlarning lizosoma membranalari o`tkazuvchanligini oshiradi. Shilliq parda, teri hujayralari regeneratsiyasini oshirib, ularning dag`allashishi, dagallashgan hujayralar ko`chishining oldini oladi. Vitamin A yetishmovchiligida shilliq pardalar va teri quriydi, ko`z pardasi avval kuriydi (kseroftalmiya), keyin ko`chib ketishi mumkin (keratomalyatsiya). Buyrak va o`t yo`llaridagi shilliqlar o`zgarib, yallig`lanish va tosh paydo bo`lishi mumkin. Vitanin A yetishmovchiligida ko`zning qorong`iga moslashishi buziladi, shabko`rlik paydo bo`ladi. Ko`z to`r pardasida yerug`likning kamayishiga mos keladigan alohida hujayralar — tayeqchalar bo`ladi. Ularning tarkibida fotosezuvchan pigment — rodopsin_bor, rodopsin esa oqsil opsin bilan bog`langan retinoldan iborat. Yorug`lik tushganda rodopsin retinol va opsinga parchalanadi. Degidrogenaza fermenti ta`sirida retinol vitamin A ga aylanadi. Qorongida vitamin A dan ko`z purpuri ko`prok hosil bo`lib, qorong`ida ko`zning ko`rishi yaxshilanib boradi. Vitamin A yetishmaganda o`rinbosar davo uchun, teri, yuqumli kasalliklarda, kuyganda, sovuq urganda, yaralarni davolashda qo`llanadi. Shu bilan birga bolalarda raxit kasalligida, tish chiqishi va skelet rivojlanishi kechikkanda, retinol almashinuvi ve buzilishi bilan bogliq tugma kasalliklarda ko`llanadi. Retinol asosan ichishga buyuriladi, mushaklar orasiga hamda mahalliy qo`llanadi. Bu modda uzoq muddat mobaynida va ko`p miqdorda ko`llanganda gipervitaminoz A holati ro`y beradi. Bunda uyquchanlik, bo`shashish, bosh og`rigi, ko`ngil aynashi, jizzakilik, oyoqlarda ogriq paydo bo`ladi. Bolalarda harorat ko`tariladi, ular qayt qiladi, ko`p terlaydi, terida toshmalar paydo bo`ladi. Vitamin A katta miqdorlarda o`t pufagidagi tosh kasalligini, pankreatitlarni zo`raytiradi, nefrit, yurak dekompensatsiyasida, homiladorlikda vitamin A ni ehtiyotkorlik bilan qo`llash kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling