Vitamin K
naftoxinonlar, qoi ketishiga qarshi ta`sir etadigan vitamin. Vitamin K
ning vitameri, sintetik modda vikasol vitamin K hususiyatiga ega. Vitamin K organizmda
yo`g`on ichak mikroflorasidan ham hosil bo`ladi. Tabiatda vitamin K o`simlik olamida
ismalok, na`matak mevalarida, pomidorda, jngarda mavjud
Vitamin K qon ivish omillaridan bo`lib, jigarda protrombin, prokonvertin hosil
bo`lishiga ta`sir etadi, shuning uchun qonni quyultiradigan vitamin deb ataladi.
Shuningdek bu vitamin ATF, kreatinfosfat va ba`zi fermentlarning hosil bo`lishida
ishtirok etadi, kon tomir devorlarini mustahkamlab, ularning o`tkazuvchanligini
kamaytiradi. Vitamin K yetishmovchiligida qonning ivish xususiyati, protrombin mikdori
kamayadi, to`qimalardan qontalashlar ko`rinadi, tomirlar devori mo`rtlashadi,
gemorragik diatezlar paydo bo`ladi. Kgipovitaminozga jigar, o`t pufagi, ichak kasalliklari
— dizenteriya, kolit sabab bo`ladi.
Vitamin K yetishmaganda asosan vikasol qo`llanadi. Bu modda qon ketishini
to`xtatish uchun — oshqozon va o`n ikki barmoq ichak yarasida, nur kasalligida, bavosil
va burundan uzoq qon ketganda, jigar, o`t pufagi kasalliklarida, homiladorlikning oxirgi
oyida tugilajak chaqalokda qon ketishi oldini olish uchun, chala tug`ilgan bolalarning
gemorragik holatlarida, klimakterik kon ketishlarda, tuberkulezda, o`pkadan qon
ketishining oldini olish uchun qo`llanadi.
Vitamin K uzoq vakt mobaynida tetratsiklin, neomitsin bilan davolangan bolalarga,
antiqoagulyantlar miqdori oshganda ularning qaramaqarshi moddasi sifatida ko`llanadi.
Vikasol enteral va parenteral yo`llar orqali yuboriladi. Qon quyulish sistemasi faoliyati
oshganda, tromboemboliyada qo`llash man etiladi.
Nazorat savollari:
1.
Qon okuvchanlkka moyillikda va bilvosita ta`sir qiladigan antikoagulyantlar
dozasi oshib ketgan qaysi vitamin preparatlarini tayinlash zarur?
2.
Qaysi preparatlarida vitamin A va D bo`ladi.Ularning vazifasi?
3.
Organizmda vitamin Ye yetishmasligiga qanday o`zgartirishlar sodir bo`ladi?
4.
Vitamin K ning qo`llanilishi soxalarini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |