Qon ketishi va birinchi yordam ko‘rsatish reja


Download 40.12 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi40.12 Kb.
#1018037
  1   2   3   4
Bog'liq
Qon ketishi


QON KETISHI VA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
Reja:
1.Qon ketish. kon ketish turlari
2.Qon ketishni aniklash, tez yordam
3.Qon ketishni vaqtincha to‘xtatish usullari
4. Postgemorrargik shok va unda birinchi yordam
Qon oqanda birinchi yordam ko‘rsatish
Inson organizmi har gal jarohatlar olish natijasida faqat 500 ml qon yo‘qotishga hayot uchun xavfsiz hisoblanadi.
Agar kishi 1000 millititr qon yo‘qotsa, hayot uchun xavf tug‘iladi. Undan ko‘p qon yo‘qotilgan taqdirda esa jabrlanuvchini o‘limga olib keladigan xavf tug‘iladi.
Agar jabrlanuvchi 2000 ml qon yo‘qotsa, uning hayotini saqlab qolish uchun darhol qon berib, organizmni kerakli qoni bilan ta’minlash zarur.
Agar jarahat arterial, yirik qon tomirida bo‘lsa, kishi bir necha daqiqadan keyin o‘lishi mumkin. SHuning uchun har qanday qon ketishini darhol to‘xtatish kerak.
Yosh bolalar, keksa, 70-75 yoshdagi kishilar kamroq qon yo‘qotsalar ham, ular uchun bu xavfli hisoblanadi. Inson hayoti uchun eng xavfli bo‘lgan hodisa, bu arterial qon ketishi. Unda qonning rangi och-qizil bo‘lib. Katta bosim bilan otilib chiqadi.
Vena qoni tomiri jaraohatlanganda esa qonning rangi to‘q qizil bo‘lib, sekin va doimo bir tekisda oqib turadi. SHuning uchun xavfligi nisbatan kam va bo‘yin, ko‘krak qafasi atrofidagi jarohatlar uncha xavf tug‘dirmaydi. Lekin boshqa xilda-qon ko‘pirib. Ba’zan tomir ichiga havo kirib qolishi. Qon tomirlarida tiqilish paydo bo‘lib, jabrlanuvchining o‘limiga olib kelishi mumkin.
Kapilyar qon oqishi- bu asosan mayda to‘qimalarning kesilishi, uncha chukur bo‘lmagan va ma’lum kenglikdagi jarohatlar natijasida paydo bo‘ladi. Unda qonning rangi och-qizil, kesilgan joyning hammasidan bir xil oqadi.
Parenximatoz qon oqishi- bu asosan ichki organlarning jarohatlanishi. O‘pka, jigar, buyrak kabi organlarda jarohatlanganda qon aralash , arterial va vena qon tomirlaridagi qonlar hisoblanadi. Bunda qon ketishi ancha tez va doimiy bo‘lib, hamma jarohatlangan joylardan oqadi. Qon oqishi va ichki teridagi jarohat va tabiiy bo‘lgan teshikchalar bosh miya qobig‘i, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i yoki boshqa organlarga bo‘linadi.
Ichki qon oqishi- albatta, tez va ehtiyotkorlik bilan yordam ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Tashqi qon oqishida- birishchi yorlam ko‘rsatish, asosan tashqi jarohat natijasida ro‘y bergan hollarda, maxsus doka (bint) bilan bog‘lash, agar jarohat jiddiy bo‘lsa, unga jgut qo‘yish yo‘li bilan yordam ko‘rsatiladi.
Agar qon oqishi ancha ko‘p otilib chiqayotgan bo‘lsa, u holda tezlik bilan qon to‘xtatuvchi alohida jgut qo‘yib, qon ketishi to‘xtatiladi. Qon ketishini to‘xtatishning yana bir usuli qon tomirini barmog‘imiz yordamida bosib turishdir.
Agar tomir suyak atrofida joylashgan bo‘lsa,uni suyakka qadab, barmoq bilan siqilsa, juda yaxshi foyda beradi, qon darhol to‘xtaydi.
Agar qon ketishi hayot uchun xavfli. Jgut ishlatib bo‘lmasa, u holda jarohat ustiga maxsus sterillangan salfetka yopib, keyin barmoq bilan bosiladi. Barmoq bilan bosishda jarohat ustidan emas. YOnidan, yuqorisidan yoki pastdan bosiladi.
Jarohat arterial qon tomirida bo‘lsa, qon oqayotgan joy tepa qismidan. Vena qon tomiridan kelayotgan bulsa, jarohatning pastki qismidan barmoq bilan bosiladi. SHuning uchun odam organizmidan magistral-arterial tomirlar joylashini bilish kerak. Kishi tanasining yuqori qismida joylashgan arterial qon tomirlaridan qon ketganda uni to‘xtatish uchun yuqori arterial tomirlarni barmoq bilan bosilish kerak Agar bosh, bet va til atrofidan qon ketsa, uni to‘xtatish uchun arterial qon tomirini bosish kerak. Jarohat natijasida kishi tanasining pastki qismida joylashgan qon tomirlaridan qon ketganda, uni to‘xtatish uchunoyoqni qattiq bukib, jgut bilan bog‘lash kerak.

Qon to‘xtatishga mo‘ljallangan jgutni qo‘yish qoidasi:



  1. Katta arterial qon tomir jarohatlanganda .

2. Arterial qon tomirining yuqori qismi oxiridan qon ketsa, egut elkaning yuqori uchinchi qismidan bog‘lanadi; arterial qon tomirining pastki qismidan qon ketsa, jgut sonning o‘rta qismiga qo‘yiladi.
Jgut jarohatning ko‘tarilgan qismining oxiriga tag tomonidan olib kelib ko‘yiladi. Uni kuch bilan qattiq siqib (agar rezinadan bo‘lsa), tagiga yumshoq mato (bint, ro‘molcha, karton qog‘oz) qo‘yib, keyin bir necha marotoba aylantirib (qon to‘xtaguncha), har bir o‘ramni yonma –yon va qattiq qilib, uchlari mahkamlanadi. Uni aylantirib o‘rashda orasiga teri qatlanib, tushib qolmasligini ehtiyot bo‘lish kerak. Jgut uchini mahkamlashda maxsus qisqichlardan foydalanish mumkin.
Jgut qon ketishiga qarab, etarli darajada qattiq qisilishi kerak.
Ammo bunda shuni e’tiborga olish kerak, juda ham qattiq siqilib ketmasligi kerak, aks holda terini ezib, boshqa yomon ahvolga olib kelishi mumkin. SHuning uchun jgut tagidan albatta, bir varaq qogoz (karton) qo‘yish. SHuning bilan birga jgut qo‘yilgan vaqtni yozish kerak.
Agar qon ketishi hayot uchun xavfli bo‘lsa, tirsakni jgut bilan mahkam qisib bog‘lash orqali yordam ko‘rsatiladi.agar qon ketishi oyoqning tizza qismida bo‘lsa, unda oyoqning tizza qismini bugib jgut bilan mahkam bog‘lanadi.
Agar jarohatlangan shaxs ko‘p qon yo‘qotsa, lekin qon qaerdan ketayotgani aniq bo‘lmasa, uni darhol tibbyot xodimlariga keltirish kerak. Kishining burnidan qon ketganda, uni boshini orqa tomoniga egib o‘tkazib yoki yotqizib quyiladi va sovuq suvna ho‘llangan ozgina paxta yoki sochiq (doka) burun atrofiga va peshonaga tekkizib turiladi. Bunday sharoitda kishi aksirishi yoki burun orqali nafas olishi mumkin emas.
Kishi tishi gikastlanib, burnidan qon ketishida, sterillangan paxtadan tampon tayyorlab qon ketayotgan joyga qo‘yiladi va u jag‘ni mahkam qisib yotishi yoki o‘tirishi kerak.
Quloq bo‘shlig‘idan kon ketganda tampon qo‘yish mumkin emas, shuning uchun darhol tez yordam chaqirish zarur, chunki bu hollarda bosh miyada jarohat bo‘lishi mumkin. Bu esa jabrlanuvchining hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi. Agar quloqning tashqi eoylarida jarohat bo‘lsa, unga spirtli bint yoki yod surib tozalash lozim.
O‘pkadan qon ketgan hollarda odam asosan qattiq yo‘taladi, bunday hollardan kishining ko‘kragiga sovuq suvga ho‘llangan sochiq, iloji bo‘lsa muz parchasini qo‘yib, qiyalatib o‘tkazib qo‘yish kerak.
Qon qusish oshqozon yallig‘lanishi, o‘pka xastaligi, jigar ezilishidan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda kishining qorniga sovuq suvga ho‘llangan sochiq yoki muz parchasini qo‘yib. Qornii bilan yotqizib qo‘yib, tez yordam chaqirish kerak.

Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling