Qon ketishi va birinchi yordam ko‘rsatish reja


Yurak –qon tomir faoliyatining buzilishi


Download 40.12 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi40.12 Kb.
#1018037
1   2   3   4
Bog'liq
Qon ketishi

Yurak –qon tomir faoliyatining buzilishi
Suyak –mushak apparatlari ishining o‘zgarishlari yurak-qon tomiri tizimi ishining buzilishiga ham olib keladi. Umum mushak tonusining pasayishi qon sirkulyasiyasi vamrovi va venoz qonning oqib chiqib ketishini kamaytiradi. Diafragmaning harakati qon oqimining yurakning o‘ng bo‘lmasiga qo‘yiladigan ustki va ostki venalarga o‘tishini ta’minlaydi. Oyoqlar mushaklarining qisqarishi qonni venalar bo‘ylab haydaydi va shu yo‘l bilan venoz qon oqib chiqib ketishining funksiyalariga yordam beradi. Taxtakach qo‘yish yoki to‘shakda yotish zaruriyati oqibatida kelib chiqadigan harakatsizlik normal qisqarishning yo‘qolishiga sabab hisoblanadi. Vena tomiridan qonning oqib chiqib ketishining buzilishi, organizm suvsizlanishielektrolit balansning o‘zgarishlari qonning elimshakligining ortishi va tromblar paydo bo‘lishi xavfini olib keladi. Venoz qon oqib chiqib ketishining buzilishi tufayli aylanib yuruvchi qonning umumiy va o‘lishi miqdori kamayadi. Bu ham o‘z navbatida, qon tomirlarining qisqarishi va yurak qisqarishlari maromining kuchayishiga olib keladi, periferik qon ta’minoti ham ishdan chiqa boshlaydi.
Bu odamlarning hammasi, avvalida, tinchlik va harakat vaqtida yurak qisqarishlarining kuchi va maromi, yurakning urish miqdorining kuchayishini keltirib chiqaradi, oqibatda, kompensator mexanizmlari faoliyat ko‘rsatishni to‘xtatganida, xavfi yuzaga keladi.
Arterial bosim ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Harakatsizlik muammolariga uchragan mijozlar, ko‘pincha gipertonik bo‘libt qoladilar.
Birinchi yordam ko‘rsatuvchining vazifalari:
Bunaqa muammolari bo‘lgan bemorlar bilan ish olib borishda birinchi yordam ko‘rsatuvchi avvalo, bo‘g‘imlar harakti, mushaklar va paylar harakati qanchalik darajada ekanligini tekshiradi. Venoz qonning chiqib ketishidagi o‘zgarishlar, ortostatik og‘irlikning qanchalik kamayganligi, yurak faoliyatini susayganligi bilan qiziqadi.
Birinchi yordam beruvchining amaliy harakatlariga quyidagilar kiradi.

      • Bemorga etarli darajada og‘irlik tushishi uchun uni tik turg‘azish yoki mashqlar yordamida uni qo‘llab –quvvatlash;

      • Bemorlarning suyuqlik ichishini kuzatish, bemor iloji boricha ko‘proq suyuklik iste’mol qilishi lozim (bir kecha kunduzda 3 l gacha).bu peshobda kalsiy hosil bo‘lishidan saqlaydi.

      • Oyoq yo‘g‘onligini o‘lchab, mushaklar atrofiyasi bor-yo‘qligi aniqlash.

      • Mushak massasi va kuchini tiklash uchun bemor bilan mashqlar o‘tkazish.

      • Bemor mashqlariga qarshilik qilsa, nima yoqmasligini aniqlash;

      • SHu mashqlarning muhimligini tushuntirish;

      • Harakatsiz yotgan bemorni iloji boricha holatini o‘zgartirish, uni ko‘proq harakat qilishiga yordam berish;

      • Bemorning mustaqil qiladigan harakatlarini rag‘batlantirish.

      • Bemorning qarindosh urug‘larini yordam berishga undash.

Bemorlarning doimo mushaklar tonusi, qon bosimi va boshqa
holatlarini kuzatib boradi. Kerakli bo‘lgan vaqtda elastik bintlar, bandajlar qo‘llaydi. Suyaklar zichligi o‘zgarganida va peshobda buyrak konkrementlari paydo bo‘lishida anabolik steroidlar yaxshi yordam beradi. Bular buyrak konkrementlarining paydo bo‘lishi va kalsiy ajralishida ularni kamaytiradi.
KOLLAPS
Klinik jihatdan arterial qon bosimining o‘tkir pasayishi bilan xarakterlanadigan va zudlik bilan tez hamda kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni talab qiladigan holatlar.
Arterial qon bosimi o‘tkir pasayishining 3 turi tafovut qilinadi.
1 turi. Kardiogen gipotoniya- bevosita yurak kasalliklari bilan kechadi. Undan tashqari o‘tkir miokardlar va o‘pka tomirlari emboliyasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling