Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet221/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Vitamin R 
— ergokalsiferol, xolekalsiferol raxitga qarshi vitaminlardir. Bu vitamin
jigarda, baliq moyida, tuxum sarigida, sariyogda, sutda bo`ladi. Vitamin P organizmda
kalsiy va fosfor almashinuvini boshqafib turadi, ularning qonga so`rilishini va o`sayotgan
suyaklarga o`tishini ta`minlaydi.
Vitamin 0 ning bir necha turlari bor, bulardan asosiysi vitamin
O2 — 
xolekalsiferol,
vitamin Oz — ergokalsiferol hisoblanadi. Xolekalsiferol provitamini ergosteron o`simlik
sterinlaridan, ergokalsiferol provitamini 7degidroxolesterin hayvon to`qimalaridan
olinadi. U teri to`kimalarida joylashgan bo`ladi. Ultrabinafsha nurlar (oftob nurlari)
bolalar terisidagi provitamin 7degidroxolesterinni vitamin Oz — ergokalsiferolga
aylantiradi. Vitamin buyraklarda gormonlarga o`xshash moddalar hosil qiladi, bulardan
kalsiytriol aloxida ahamiyatga egadir. Kalsiytriol tufayli ingichka ichak shilliq pardasida
alohida kalsiy tashuvchi oqsil hosil bo`ladi. Bu oqsil bilan kalsiy qonga so`rilib,
buyraklardan reabsorbsiya qilinib suyaklarga o`tadi. Bu jarayon albatta ishqoriy fosfataza
fermenti qollagan ishtirokida kechadi. Qalsiytriol suyaklarning oqsilli stromasini hosil
qiladi, ularda kalsiy va fosfor tuzlarini yig`ib, suyak to`qimalarining rivojlanishiga ijobiy
ta`sir ko`rsatadi.
Vitamin 0 paratgormon, tireokalsitonin organizmda kalsiyfosfor almashinuvini
boshqarib, suyaklarda mineralizatsiyani ta`minlaydi. Chala tug`ilgan go`daklar, ayni
o`sayotgan davrdagi bolalar organizmi vitamin V ga ehtiyoj sezadi. Kattalarning bu
vitaminga bo`lgan ehtiyoji iste`mol qilinayotgan ozikovqatlar bilan qoplanadi, uzoq
shimolda (oftob kam joylarda), yer, suv tagida ishlaydigan odamlarga vyatamin O
ko`proq zarur bo`ledi.
Vitamin O yetishmaganda yosh bolalarda raxit, kattalarda osteomalyatsiya hamda
osteolorozlar ruy beradi. Bu kasalliklar asosan kalsiy va fosfor tuzlarining suyaklarga
yetarli mikdorda yetib bormasligi, o`zidagi kalsiy ham qonga o`tib, undan keyin
organizmdan chikib ketishi tufayli paydo bo`ladi. Raxit kasalligida umurtqa, ko`krak
kafasi suyaklari deformatsiyaga uchraydi, oyoq suyaklari kiyshayib O shaklini oladi,
tishlar kech chiqadi, mushaklar bo`shashadi, bola o`sishdan orqadan qoladi.
Vitamin O raxitning oldini olish va davolash uchun qo`llanadi. Bu modda
osteodistrofiya, paratgormon yetishmovchiligida, kalsiy almashinuvining buzilishi bilan
bogliq suyak kasalliklaridako`llanadi. Raxitning oldini olish uchun ergokalsiferol chala
tug`ilgan chaqaloklarga ikki haftadan keyin, sun`iy ovqatlantirishga o`tgan chaqaloklarga
ikkiuch haftadan keyin, ko`krak sutini emadigan bolalarga ikkiuch oydan so`ng
tayinlanadi.
Ergokalsiferolning yog`dagi, spirtdagi eritmalari qo`llanadi. Miqdori xalqaro
birliklarda (XB) o`lchanadi. Vitamin ingichka ichakdan so`riladi, uning so`rilishiga safro
bo`lishi lozim. Qonda oqsillar bilan bog`lanib a`zolarga o`tadi, , suyakda, jigarda
to`planadi, organizmdan o`zi va uning` o`zgargan mahsulotlari asosan axlat bilan chiqib
ketadi.
Vitamin O ning katta miqdori orpanizmni zaharlaish mu.mkin, bunda surunkali va
o`tkir Ogipervitaminoz ro`i berib, qonda kalsiy miqdori ortadi, ishtaha pasayadi, kungil
aynaydi, bemor bo`shashib, harorati ko`tariladi, tajang, uyqusiz bo`lib qoladi. Ogir
holatlarda kalsiy a`zolarga o`rnashib, o`pka, qon tomirlar, buyrak, gorak klapanlarida
giperkalsinoz ro`y beradi. Qonda elektrolitlar — kalsiy, magniy, kaliyning o`zaro nisbati
buzilib, yurak aritmiyalari paydo bo`lishi mumkin. 0ginervitaminozda bemor
bo`shashadi, uyquchan bo`lib qoladi, bezovtalanadi, talvasa paydo bo`lishi mumkin.


Hattoki buyrak .yetishmovchiligidan o`lim sodir bo`lishi mumkin. Gipervitaminozg`a


davo kilish uchun avvalo vitamin V berish to`xtatiladi. Surgi sifatida vazelin moyi
beriladi, g`lyukokortikoidlar, vitamin A, Ye, furosemid, kaliy, magniy moddalari,
askorbinat kislota, tiamin qo`llanadi. Bu moddalar kasallikning kechishiga qarab
qo`llaniladi. Vitamin O ni kariyalarga ehtiyotlik bilan qo`llash kerak, chunki u
organizmda to`planadi, uzoq vaqt mooaynida qo`llanganda kalsiyiing qon, siydikdagi
miqdorini aniqlab turish kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling