Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet219/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Kaltsiy pangamat
(Calcii pangamas). Glyukonat kislota kaltsiy tuzlari aralashmasi.
0, 05-0, 1 g dan tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1-2 tablеtkadan 3-4 mahal
ichiladi. Davolash kursi 30-40 kun.
Vitamin P. Rutin.
(Rutinum). 0, 02 g dan tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1
tablеtkadan 2-3 mahal ichiladi.
Yog’da eruvchi vitaminlar 
Retinol — vitamin 
A, sariyog`, jigar, tuxum sarig`ida, ayniqsa ba`zi baliqlar va
dengiz hayvonlari jigarida ko`p bo`ladi. O`simlik mahsulotlarida vitamin A ning o`zi
bo`lmaydi, uning provitaminlari — karotin uchraydi. Karotin sabzi, ko`k piyoz, salat,
shovil, qizil garmdori, kora smorodina, shaftoli, o`rikda bo`ladi. Organizmda karotindan
vitamin A hosil bo`ladi. Vitamin A sintez yo`li bilan ham olingan.
Vitamin A oziqovqatlar bilan karotin yoki retinol efirlari sifatida organizmga
tushadi. Oshqozon osti bezining gidrolaza fermenti tufayli retinol efirlardan ajralib
chiqadi. Bu ferment chaqaloqlarda 6 oylik bo`lguncha hosil bo`lmaydi, bola bir yoshga
to`lganda ferment miqdori kattalarnikiga to`g`ri kelib qoladi. Shuning uchun 6 oygacha
vitamin A ni chaqaloq organizmi o`zlashtira olmaydi.
Karotin me`daichak shillig`ida karotinaza fermenti tufayli vitamin A ga aylanadi,
chaqaloqlarda bu fermentning faolligi kam, karotin teriga o`tib, uni sarg`aytirishi
mumkin.
Vitamin A ingichka ichakdan o`t (safro) kislotalar tufayli qonga so`riladi, aloxida
oqsillar bilan boglanadi, oqsillar to`yinganda vitaminning qolgani jigarda saqlanadi.
Organizmda retinol juda sekin o`zgaradi, suv va uglekislotaga parchalanadi, 50 %
o`zgarmagan holda buyrak orkali chikib ketadi. Retinol asosan moddalar almashinuviga,
mukopolisaharid, lipidlar, oqsillar, interferonlar hosil bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi. Vitamin
A
fagotsitoz
jarayonini
quvvatlab,
limfotsitlarning
lizosoma
membranalari
o`tkazuvchanligini oshiradi. Shilliq parda, teri hujayralari regeneratsiyasini oshirib,
ularning dag`allashishi, dagallashgan hujayralar ko`chishining oldini oladi.
Vitamin A yetishmovchiligida shilliq pardalar va teri quriydi, ko`z pardasi avval
kuriydi (kseroftalmiya), keyin ko`chib ketishi mumkin (keratomalyatsiya). Buyrak va o`t
yo`llaridagi shilliqlar o`zgarib, yallig`lanish va tosh paydo bo`lishi mumkin. Vitanin A
yetishmovchiligida ko`zning qorong`iga moslashishi buziladi, shabko`rlik paydo bo`ladi.
Ko`z to`r pardasida yerug`likning kamayishiga mos keladigan alohida hujayralar —


tayeqchalar bo`ladi. Ularning tarkibida fotosezuvchan pigment — rodopsin_bor, rodopsin


esa oqsil opsin bilan bog`langan retinoldan iborat. Yorug`lik tushganda rodopsin retinol
va opsinga parchalanadi. Degidrogenaza fermenti ta`sirida retinol vitamin A ga aylanadi.
Qorongida vitamin A dan ko`z purpuri ko`prok hosil bo`lib, qorong`ida ko`zning ko`rishi
yaxshilanib boradi.
Vitamin A yetishmaganda o`rinbosar davo uchun, teri, yuqumli kasalliklarda,
kuyganda, sovuq urganda, yaralarni davolashda qo`llanadi. Shu bilan birga bolalarda
raxit kasalligida, tish chiqishi va skelet rivojlanishi kechikkanda, retinol almashinuvi ve
buzilishi bilan bogliq tugma kasalliklarda ko`llanadi.
Retinol asosan ichishga buyuriladi, mushaklar orasiga hamda mahalliy qo`llanadi.
Bu modda uzoq muddat mobaynida va ko`p miqdorda ko`llanganda gipervitaminoz A
holati ro`y beradi. Bunda uyquchanlik, bo`shashish, bosh og`rigi, ko`ngil aynashi,
jizzakilik, oyoqlarda ogriq paydo bo`ladi. Bolalarda harorat ko`tariladi, ular qayt qiladi,
ko`p terlaydi, terida toshmalar paydo bo`ladi. Vitamin A katta miqdorlarda o`t pufagidagi
tosh kasalligini, pankreatitlarni zo`raytiradi, nefrit, yurak dekompensatsiyasida,
homiladorlikda vitamin A ni ehtiyotkorlik bilan qo`llash kerak.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling