Vntamin Ye, tokoferol
kungaboqar, paxta, jo`xori, yerengoq, chakanda, boshoqli
o`simliklarda bo`ladi. Go`sht, sut, tuxum tarkibida . ham bor. Qimyoviy tuzilishi
jihatidan tokoferol to`yinmagan spirtlardan iborat. Vitamin Ye tabiiy antioksidant
hisoblanadi, yeg`larni oksidlanishdan saqlaydi, ulardan zaharli peroksidlar hosil
bo`lishiga to`sqinlik qiladi, yog` kislotalarning to`yinmagan birikmalarini saklab qoladi,
hujayralar membranasini mustahkamlaydi. Vitamin Ye faqat yog`larni emas, boshqa
moddalarni ham oksidlanishdan saklaydi. Vitamin Ye gem oqsillarning kollagen
biosintezida yangi hujayralar hosil bo`lishida, moddalar almashinuvida, to`qimalarning
nafas olishida qatnashadi. Gonadotropinlar hosil bo`lishida, spermatogenezda,
homiladorlikning rivojlanishida vitamin Ye ning ahamiyati katta. Ilgari bu vitamin
urug`lanish, jinsiy ko`payish vitamini deb atalardi. Vitamin Ye trombotsitlarda
prostaglandinlar hosil bo`lishini, agregatsiyasini kamaytiradi. Surfaktant hosil bo`lishini
oshirib, o`pka alveolalarini jarohatlanishdan saqlaydi.
Vitamin Ye yetishmaganda eritrotsit, endoteliy hujayralari membranalarining
tuzilishi buziladi — gemolizni osonlashtiradi, tromblar hosil bo`ladi. Kreatinfosfokinaza
fermenti faolligi kamayib, kreatinin siydik bilan. ko`p chiqib ketadi. Mushaklarda
kreatinfosfat, miokard, skelet mushaklarining qiskarishi kamayadi, sidlik, mushaklar
atoiiyaga uchraydi. Kapillyarlarning o`tkazuvchanligi ortadi. Agar gipovitaminoz
holatida ayol homilador bo`lib qolsa, platsentaning rivojlanishiga putur yetadi, homila
yaxshi o`smaydi, kichkina, nimjon, goqumli kasalliklarga chidamsiz bo`lib tugiladi.
Bolalarda teri osti kletchatkasi va moddalar almashinuvi izdan chiqadi — sklerodermiya
va kollagenozlzr yuzaga keladi. Oqsil hosil bo`lishining izdan chiqishi gipotrofiyaga olib
keladi. Kattalarda gonadotropinlarning hosil bo`lishi, spermatogenez izdan chiqadi,
ayolning bo`yida bo`lishi qiyinlashadi, bo`lmaydi ham. Vitamin Ye yetishmovchiligida
nerv hujayralari degenerativ o`zgaradi, jigar parenximasi ham jarohatlanadi.
Vntamin Ye mushaklar, miokard distrofiyasida, dermatomiozitlarda, dermatozlarda,
jigar kasalliklarida, tomirlar qisqarganda, hayz sikli buzilganda, bola tushish havfi
bo`lganda, erkak jinsiy bezlari faoliyati buzilganda qo`llanadi.
Vitamin Ye chala tug`ilgan bolalarga, gipotrofiya, gemolitik anemiya, raxit
kasalliklarida, nurlanishda qo`llanadi. Emizikli bolalarda sklerodermiya, katta belalarda
kollagenozlarni davolashda ishlatiladi.
Tokoferol ichishga bugoriladi va mushaklar orasiga yuboriladi. Vitamin Ye ning
katta mikdori jigarni, ayniqse bolalar jigarini jaroxatlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |