Sititon
(Cytitonum). В ro‘yxatida. Ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. 0,15% li
sitizin alkaloidi eritmasidan iborat. Sitizin rakitnik va termopsis o‘simliklarida bo‘ladi. U
lobelin va nikotinga o‘xshash (nikotinga nisbatan toksinligi kam).
Sititon ta’sirida nafas birmuncha chuqur va tez bo‘lib qoladi? Shunmgdek arterial
bosim oshadi (tomirni harakatlantiruvchi markazning reflektor va bevosita qo‘zg‘alishi
natijasida).
Is gazidan zaharlanishda, bo‘g‘ilishda qo‘llaniladi. Venaga 0,5-1
ml dan
yuboriladi.
Lobelin gidroxlorid
(Lobelini hydrochloridum).A ro‘yxatida. Lobelia infanta
o‘simligida bo‘ladigan alkaloid.
Ampulalarda 1 ml dan 1 % li eritma holida chiqariladi.
Lobelin sititonga nisbatan birmuncha kuchsiz ta’sir qiladi.
Sititon qo‘llaniladiga hollarda ishlatiladi. Ikkala
preparat nafas markazining
qo‘zg‘aluvchanligi reflektor buzilganda (uxlatadigan vositalar va narkoz. vositalaridan
zaharlanishda) tavinlanmavdi. Venaea yuboriladi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: ateroskleroz, o‘pka shishi.
Nikotin.
Meditsina amaliyotida zaharli ta’siri sababli qo‘llanilmaydi. Odam
organizmiga tamaki chekilganda tushadi. Tutun tarkibidagi zararli moddalardan o‘pka va
yuqori natas yo‘llari ta’sirlanadi.
Natijada bronxitlar, laringitlar, o‘pka emfizemasi
pnevmoskleroz rivojlanadi. Tamakida xavfli o‘smalar avj olishiga sabab bo‘ladigan
poloniy-210 radioaktiv moddasi borligi aniqlangan. Buyrak usti bezlarining (adrenalin
ortiqchaligi), gangliy, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning doimiy ta’sirlanishi
gipertonia kasalligi va aterosklerozning avj olishiga sabab bo‘ladi.
Oyoq tomirlarining
barqaror torayishi endartcrit avj olishiga, to‘qimalar trofikasining buzilishi esa
gangrenaga olib keladi.
Chekishga qarshi kurashish uchun sitizin va lobelin alkaloidlaridan foydalaniladi.
Sitizin «Tabeks» preparati tarkibiga, lobelin - «Lobesil» tabletkasi tarkibiga kiradi. Ular
nikotinga o‘xshash ta’sirni
yuzaga chiqaradi, shuning uchun chekuvchida nikotinga
ehtiyoj keskin pasayadi, bu zararli odatni tark etish
vaqtidagi yoqimsiz sezgilar
kamayadi. Chekish bilan birga preparatlar qabul qilish yoqimsiz sub’ektiv sezgilar
keltirib chiqaradi, bu ham chekishdan voz kechishga yordam beradi. Preparatlarni me’da
va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida ishlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: