Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Retseptlarga misоllar.
Rp.: Cytitoni 1 ml D.t.d. N. 6 in ampull. S. 1 ml dan venaga. Rp : Sol. Lobelini hydrochloridi 1% -1 ml D.t.d. N. 6 in ampull. S. 1 ml dan venaga (asta-eekin). Antixolinesteraza moddalar. Xolinesteraza funksiyasini blokada qiladigan moddalar antixolinesteraza deb ataladi. Atsetilxolinesteraza - postsinaptik membrananing tashqi yuzasida bo‘ladigan ferment. U atselilxolin mediatorini parchalaydi (gidrolizlaydi) va shu bilan uning xolinoretseptorlarga ta’sir qilishini to‘xtadi. Atsetilxolinesteraza funksiyasining antixolinesteraza vositalaridan buzilishi xolinergik sinapslarda mediatorning yig‘ilishiga va M- hamda N-xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Bu gruppaning dorivor preparatlaridan biri prozerin hisoblanadi. Prozerin (Proserinum). A ro‘yxatida. Kukun, tabletkalarda 0,015 g dan, 0,05% li eritma ko‘rinishida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Ko‘z doira mushaklarining qisqarishini keltirib chiqaradi, natijada ko‘z ichi bosimi pasayadi va akkomodatsiya spazmi ro‘y beradi, ko‘z ko‘rishning yaqin nuqtasida turadi. U glaukomada (ko‘z ichi bosimining oshishi), miasteniyada (mushak zaifligi), ichak va qovuq atoniyasida, tug‘ruq faoliyati sust bo‘lganda, poliomielitdan keyingi falajlikda tayinlanadi. Ichishga 0,01 -0,015 g dan kuniga 2-3 marta, ten ostiga 1 ml dan 0,05% li eritmasi tayinlanadi. Glaukomada ko‘z tomchilari holida 0,5% li eritmasi qo‘llaniladi. Antidepolyarizatsiya qiladigan kuraresimon vositalar antagonisti sifatida venaga yuboriladi. Prozerin dozasi oshirib yuborilganda dispeptik buzilishlar, tez-tez siyish, til va skelet mushaklarining uchib turishi, umumiy behollik kuzatiladi. Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: tutqanoq, bronxial astma, yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi, Parkinson kasalligi. Bir martalik yuqori dozalari: ichishga 0,015 g, teri ostiga 0,01 g. U qo‘zg‘alishning markaziy nerv sistemasiga o‘tishini osonlashtiradi. Bronxlar, hazm va ter bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi. Sutkalik yuqori dozalari: ichishga 0,006 g, teri ostiga 0,02 g. Ta’sir tipi antixolinesterazali moddalarga shuningdek fosfororganik birikmalar, jangovar zaharlovchi moddalar (JZM) va ko‘pincha turmushda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan insektitsidlar (tiofos, karbofos, xlorofos) kiradi. Bu moddalardan zaharlanish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu antixolinesterazaning butkul pasayib ketishi va organizmda atsetilxolinning ko‘p miqdorda yig‘ilishi bilan bog‘liq. O‘tkir zaharlanish qorachiqlarning torayishi, ko‘p terlash, so‘lak oqishi, qo‘zg‘alish, bronxlar spazmi, komatoz (behollik) holat, mushaklar tortishishi alomatlari bilan yuzaga chiqadi. Arterial bosim avvaliga oshadi, so‘ngra tushib ketadi, qo‘zg‘alish tormozlanish bilan almashinadi. O‘lim nafasning to‘xtab qolishidan yuz beradi. Dorilar bilan davolash M-xolinoretseptorlarga ta’sir qilish bo‘yicha atsetilxolin antagonistlarini (0,1 % li atropin sulfat eritmasini venaga 2-4 ml dan) va atsetilxolinesterazani bog‘langan holatidan ozod qiladigan atsetilxolinesteraza reaktivatorlarini (10 % li diproksim eritmasini venaga 10-20 ml dan) yuborishdan iborat. Nafas funksiyasi pasayib ketganda sun’iy nafas oldirish va kislorod yuborish kerak. Zahar me’daga tushgan taqdirda uni zond orqali yuviladi. Agar bemor hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unga aktivlangan ko‘mir va tuz surgi dorilar beriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling