Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet97/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tubokurarin xlorid 
(Tubocurarini chloridum). A ro‘yxatida. 1% li eritma holida
ampulalarda 2 va 5 ml dan chiqariladi. Mushaklarni operatsiya vaqtida uzoq vaqtgacha
bo‘shashtirish uchun venaga yuboriladi. Dozasi qo‘llaniladigan narkozga bog‘liq va
bemorning 1 kg tana massasiga hisob qilinadi, masalan efir narkozda 1 kg ga 0,25- 0,4
mg, azot (I)-oksid narkozida 0,4-0,5 mg. Ba’zan suyak singanda suyak siniqlarini


repozitsiya qilishda ( joyiga solishda), murakkab chiqqan suyaklarni o‘rniga solishda,


shizofreniyani davolashda, travmatik shikastlarni profilaktika qilishda qo‘llaniladi.
Dioksoniy 
(Dioxonium). A ro‘yxatida. Aralash tipdagi miorelaksant. 0,1 % li
eritmasi 5 ml dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 dona bo‘ladi.
Muskullarni bo‘shashtirish va mustaqil nafasni to‘xlatib turish uchun qo‘llaniladi.
Preparat o‘z holicha yoki bemorga ditilin yuborilgandan keyin ishlatiladi. 0,04-0,05
mgzkg hisobida venadan yuboriladi (ditilindan keyin 0,03-0,04 mgzkg hisobida).
Muskullar relaksatsiyasi 20-40 minut davom etadi.
Bu preparatni bemor o‘pkasiga su’niy yo‘l bilan havo berib turish uchun sharoit
bo‘lgan taqdirdagina ishlatish mumkin.
Nojo‘ya ta’iri. Arterial bosimning o‘rtacha darajada pasaytirishi, taxikardiya.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Miasteniyada preparatni chtiyot bo‘lib
ishlatish kerak.
Depolyarizatsiya qiladigan kuraresimon moddalar atsetilxolinga o‘xshash skelet
mushaklari sinapslarida postsinaptik membranani depolyarizatsiya qiladi. Mushaklar
qisqaradi, biroq bu moddalar ta’siri ostidagi depolyarizatsiya atsetilxolin ta’siri ostida
depolyarizatsiyaga nisbatan birmuncha barqaror. Depolyarizatsiya davom qilar ekan,
membrana keyingi impulsni qabul qila olmaydi va mushaklar bo‘shashadi.
Antixolinesteraza moddalar depolyarizatsiya qiladigan miorelaksantlar ta’sirini
kuchaytiradi, chunki ularni parchalaydigan atsetilxolineslerazani blokada qiladi.
Depolyarizatsiya qiladigan miorelaksantlarga ditilin kiradi.
Ditilin 
(Dithylinum). A ro‘yxatida. Kukun holida germetik yopiq flakonlarda 0,1;
0,25; 0,5 g preparat va 2% li eritma holida ampulalardan 10 ml dan chiqariladi.. Venaga,
aksari bemorning 1 kg tana massasiga 1-1,7 mg miqdorda mushaklarni to‘liq
bo‘shashtirish va nafasni to‘xtatish uchun tayinlanadi, ta’siri 0,5- 1 min o‘lgach
boshlanadi va 5-7 minut davom etadi. Mushaklarni uzoq vaqt bo‘shashtirish maqsadida
preparat bo‘Iib-bo‘lib yuboriladi, buning uchun boshqariladigan nafasga o‘tkazilgandan
so‘ng 6-10 minut o‘tgach 40-60 mg ni yoki 0,1-0,2% li eritmasini tomchilab yuboriladi.
Ayrim kishilarda ditilinga ortiqcha sezuvchanlik bo‘lishi ehtimol, bu nafasning
uzoq vaqtgacha pasayib qolishida yuzaga chiqadi. Bunday holda sun’iy nafas oldirishga
va qon quyishga kirishiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling