R e t s e p t g a m i s о l
Rp.: Sol. Anaprilini 0,1% -1 ml
D.t.d. N. 10 in ampull.
S.I ml dan venaga.
Simpatolitik moddalar
Simpatolitik moddalar deb, adrenergik nerv oxiridan adreporetseptorlarga nerv
impulsi o‘tishini buzadigan dori moddalariga aytiladi. Ular bevosita adrenoretseptorlarga
ta’sir etmaydi. Ularga oktadin, rezerpin, metildofa va boshqalar kiradi.
Oktadin
(Octadinum). В ro‘yxatida. Kukun va tabletkalarda 0,01 va 0,025 g dan
chiqariladi.
Simpatik nervlar oxirlarining noradrenalinni qayla tortib olishiga to‘sqinlik qiladi.
Shu munosabat bilan nerv oxirlaridagi noradrcnalin miqdori kamayadi. Oktadin
ta’sirining foydasi tomirlar kengayishi va arterial bosim pasayishi bilan yuzaga chiqadi.
Uning gipcrloniya kasalligi bilan kasallangan bemorlarda gipotenziv ta’siri preparal
qabul qilingandan 2-4 kun o‘tgach yuzaga keladi va preparal qabul qilish to‘xtatilgandan
keyin yana 4 dan 14 kungacha davom qiladi.
Gipertoniya kasalligini davolash uchun qo‘llaniladi. 0,01 g dozadan boshlab,
kuniga 1 marta ichishga tayinlanadi va bu doza haftasiga asta-sekin 0,01-0,0125 g gacha
oshiriladi.
Qo‘shimcha hodisalar: bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi,
umumiy behollik, burun shilliq pardasining shishishi. Qo‘shimcha ta’sir kamdan-kam
og‘ir shaklda - ortostatik kollapsgacha boradigan ortostatik gipotoniya ko‘rinishida
yuzaga chiqadi. Buning oldini olish uchun preparat qabul qilingandan keyin 1-2
soatgacha o‘rinda yotish va asta-sekin o‘rindan turish lozim. Oktadin bilan davolashni
statsionarda o‘tkazgan ma’qul.
Metildofa
(Methyldopha). Tabletkalarda 0,25 g dan chiqariladi. Vazomotor
markazlar tonusini pasaytiradi. Uyquchanlik, depressiya bilan ifodalanadigan sedativ
tasir ko‘rsatadi. Preparat qabul qilingandan so‘ng gipotenziv efiekt 4-6 soat o‘tgach
boshlanib, 24 soat davom etadi.
Qo‘shimcha hodisalar: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qisqa muddatli
leykopeniya, gavda yuqori qismining qizarishi, shish, yoshi qaytgan odamlarda arterial
bosimning keskin pasayishi kuzatiladi.
Ichishga 0,25-0,5 g dan tayinlanib, dozasi sutkasiga 0,75-1 g gacha oshiriladi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: o‘tkir gepatit, sirroz, homiladorlik,
teoxromotsitoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |