β-adrenoblokatorlar simpatik nerv impulslari va simpatik moddalarning β -
adrenoretseptorlarga ta’sirini bartaraf qiladi. Anaprilin ularning vakili hisoblanadi.
Anaprilin
(Anaprilinum). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 1 va 5 ml dan chiqariladi.
α-adrenoretseptorlar stimulyatorlari ta’sirini barlaraf etadi.
Yurak qisqarishlari
sonini kamaytiradi, miokardning kislorod sarflanishini kamaytiradi,
bronxlar tonusini
oshiradi. Preparatning katta dozalari markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir
qiladi.
Aritmiya, stenokardiya, feoxromotsitomada qo‘llaniladi. 0,01-0,04 g dan kuniga
3-4 marta ichishga va venaga 1 ml dan 0,1% li eritmasi tayinlanadi.
Anaprilin ta’sirida
bradikardiya vujudga kelishi, arterial bosim birmuncha
pasayishi ehtimol, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, behollik uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning
buzilishi,
yangi miokard infarkti, bronxospazmga va allergik reaksiyalarga moyillik.
«Obzidan» va «Inderal» nomi bilan chet eldan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: