Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Ingalyatsion narkozning afzalligi va kamchiliklari


Download 0.79 Mb.
bet113/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Ingalyatsion narkozning afzalligi va kamchiliklari. 
Afzalligi
:
Ingalyatsion narkoz paydo qiladigan moddalar alohida reseptorlar bilan birikma
hosil qilmaydi, shuning uchun uni boshqarish kerak vaqtida to`xtatib, keyin yana
boshqarish mumkin. Bular yuqori narkotik faol moddalar hisoblanadi. Ular ingalyatsiya
to`xtatilgandan keyin organizmdan o`pka orqali o`zgarmagan holda chiqib ketadi.
Kamchiliklari:
Bu moddalarni qo`llash alohida apparaturani talab qiladi, ba`zi moddalar (masalan,
efir) davomli qo`zg`alish davrini yuzaga keltiradi, narkozdan chiqish davri sekinroq va
ayrim asoratlar bilan o`tadi. Ba`zi birlarining alangalanuvchi (efir, siklopropan)
xususiyati bor.
Narkoz paydo qiluvchi noingalyatsion moddalar 
Noingalyatsion narkotiklar parenteral yo`l bilan asosan venalarga, kamroq
mushaklar orasiga, to`g`ri ichakka yuboriladi, Bu
moddalarning afzalliklari
: yuborish
qulay — alohida apparatura talab qilmaydi, narkoz holati qo`zg`alish davrisiz tez
boshlanadi, narkozdan asoratsiz tez chiqiladi.
Noingalyatsion narkotiklarning 
kamchiliklari
: bu moddalar organizmda metabolizmga uchraydi, narkotik faolligi
nisbatan kamroq, noingalyatsion narkozni boshqarib bo`lmaydi.
Noingalyatsion narkotiklar ta`sir muddatining davomliligi bo`yicha 3 turga
bo`linadi:
1. Ta`sir muddati qisqa (15 daqiqagacha) moddalar — propanidid, ketamin.
2. Ta`sir muddati o`rtacha (20—50 daqiqa) moddalar .natriy tiopental predion.
3. Uzoq muddat ta`sir eto`vchi (60 dakikadan ortiqroq) moddalar — natriy
oksibutirat.
Natriy teopental barbiturat kislota unumlaridan, venaga yuborilganda 10—15
sekunddan keyin narkoz holati boshlanadi, boshqacha aytganda «nina uchidagi narkoz»
deb ataladi. Qon plazmasida ionlashmagan, lipidlarda yaxshi erimaydigan molekulalarga
aylanib, erkin holda miyaga o`tib boradi. Tiopentalning 80—90 % i plazma oqsillari
bilan birikmalar hosil qiladi. Shuni ta`kidlash kerakki, faqat erkin holatdagi tiopentalning
narkotik ta`siri bor. Bemorlarda gipoproteinemiya (ko`p qon ketgan) bo`lsa, tiopentalni
ehtiyotlik bilan yuborish zarur, chunki bunda moddaniig erkin holdagi hajmi ko`payib,
ta`sir kuchi oshib boradi, tiopental qon bilan yaxshi ta`minlangan a`zolarga — miya,
yurak, jigar, buyraklarga taqsimlanadi. 10—20 daqiqadan keyin qon bilan yetarli kam
ta`minlangan a`zolarga — teri, teri ostidagi hujayralar, ayniqsa yog` bilan birikmalar
hosil qiladigan to`qima, mushaklarga o`tadi, shu tufayli miyada tiopental hajmi
kamayadi, bemor uyg`ona boshlaydi.
Tiopentalning narkoz paydo qiluvchi ta`siri qo`zg`aluvchan davrsiz boshlanadi.
Modda venalarga yuborilayotgan vaqtda bemorning yuziga hamda nafasiga qarab
turiladi. Yuzdan mushaklarning ma`noli harakatlari yo`qoladi, yuz tinchlanib, niqob
qoplaganday bo`lib qoladi, bemor uyquga ketadi, pastki dahan osilib ketadi, shunda


tiopentalni yuborish to`xtatiladi. Bu modda miyaning hamma bo`limlarini falajlaydi,


uzunchoq miya markazlarida tiopental miqdori oshganda falajlovchi ta`sir boshlanadi.
Og`riq qoldiruvchi xususiyati kamroq. Agar tiopental venalarga tez yuborilsa, nafas
markazi falajlanishi mumkin, nafas olish yuza, siyrak bo`lib qoladi, o`pkada havo
almashinuvi kamayib ketadi. Tiopental reflekslarni, qon tomirlar markazi faoliyatini
susaytirishi, chetda joylashgan qon tomirlarni kengaytirib, arterial bosimni pasaytirishi
mumkin. Yosh bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda (hayetining birinchi oylarida) tiopental
narkozni tezroq yuzaga keltiradi, chunki erkin holdagi hajmi ko`proq bo`ladi (shu
yoshdagi bolalar organizmida albuminlar kamroq bo`ladi), gematoensefalik to`siqning
o`tkazuvchanligi oshiqroq, mushaklar hajmi kamroq, jigarning zararsizlantirish faoliyati
hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Yosh bolalarga (ayniqsa 2 yoshgacha), chaqaloklarga
natriy tiopeptalni to`g`ri ichakka (rektal) yuborish mumkin. Barbituratlar miya hamda
ko`zdagi bosimni pasaytiradi. Tiopental natriyni jigar, buyraklar faoliyati buzilganda,
yalliglanish kasalliklari, yuqumli xastaliklarda, bronxial astmada qo`llash man etiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling