Ketamin
(ketalar) — venaga hamda mushak orasiga yuboriladi. Venaga
yuborilganda narkoz 15—30 sekunddan keyin boshlanib, 5—10 daqiqa davom etadi,
mushakka yuborilganda 2—4 daqiqadan keyin boshlanib, 15—30 daqiqa davom etadi.
Ketamin umumiy og`riqni qoldiruvchi bo`lib, yengil uyqu keltiradi, es-hush yo`qoladi,
xirurgik narkoz davri deyarli bo`lmaydi, chunki ketamin markaziy nerv sistemasining
hamma bo`limlariga birday ta`sir ko`rsatmaydi. Ketamin paydo kiladigan anesteziya
«dissotsiativ anesteziya» deb ataladi, ya`ni markaziy nerv sistemasining ba`zi tarkibiy
qismlariga ta`sir ko`rsatib, boshqalariga ta`sir ko`rsatmaydi. Ketamin ta`sirida ro`y
bergan narkozda skelet mushaklari bo`shashmaydi, reflektor faoliyat saqlanib qoladi,
tomoq, halqum, yo`tal reflekslari saqlanadi, qon bosimi oshadi, puls tezlashadi, so`lak
ko`p oqishi mumkin. Ketamin operatsiyalardan keyin ham nojo`ya ta`sir berishi mumkin.
Homilador ayollarda qo`llanilsa, ularda qon bosimi 30—40 % oshib, puls, nafas olish
tezlashadi, bachadon tonusi oshib boradi, shu tufayli akusherlik amaliyotida bu moddani
qo`llash man ztiladi. Bolalarda ketamin 1,5—2 yoshdan keyin asosan mushaklar orasiga
qo`llanadi. Ketaminning og`riq qoldiruvchi ta`siri narkoz tugagandai keyin 2 soatgacha
saqlanib turadi. Ketamin asosan narkoz xolatiga kirish hamda og`riq, beruvchi muolajalar
o`tkazish uchun qo`llanadi.
Kattalarga nisbatan bolalarda narkoz paydo qilish ancha qiyin bo`ladi. 3 yoshgacha
bo`lgan bolalarda asosan ftorotan, azot (1) oksid, kattaroq bolalarda esa bulardan tashqari
tiopental, propanidid, ketamin qo`llanadi. Natriy oksibutirat har xil yoshda qo`llanadi,
chunki u kislorod yetishmovchiligiga nisbatan chidamlilikni oshiradi. Bolalarda
siklopropan efir kamrok, qo`llanadi.
Narkoz davrida yuz beradigan nojo`ya ta`sirlar va ularnnng oldini olish.
Narkoz paydo qiluvchi moddalar qo`llanganda ko`ngil aynash, qayt qilish, nafas,
yurak qon tomir sistemasida va boshqa a`zolarda nojo`ya ta`sirlar kuzatiladi. Ko`ngil
aynib qayt qilish ko`p uchraydi. Bular ayniqsa shilliq pardalarni ta`sirlovchi narkotik
moddalar — efir qo`llanganda 40—60 %, ftorotan qo`llanganda kamroq 15—20 %
uchraydi. Narkotik moddalar to`g`ridan-to`gri qusish markazini qo`zg`atadi, qusish nafas
yo`llari, vestibulyar apparatning reflektor yo`l bilai qo`zg`alishi tufayli kelib chiqadi.
Bemor ko`pincha narkozdan uyg`onish davrida ko`ngli aynib qayt qiladi, bu nojo`ya
ta`sirlar qo`zg`alish davrida ham uchrab turadi. Bunday nojo`ya ta`sirlarning oldini olish
uchun narkozdan oldin qusishga qarshi moddalardan diprazin, operatsiyadan keyin»
etaperazin qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |