Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet111/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Ftorotan 
ta`sirida yuzaga keltirilgan narkozni boshqarish qulayroq, bu moddani
yuborish to`xtatilganda bemor 5—10 daqiqadan keyin uyg`onadi. Bu moddaning ta`sir
doirasi efir bilan teng. Narkoz mushaklarning yetarli bo`shashishi bilan o`tadi. Ftorotan
yuborilganda bradikardiya yuz berishi mumkin, chunki vagus nervi markazining tonusi
oshadi. Bradikardiyaning oldini olish uchun atropin yuborish kerak. Arterial qon bosimi


pasayishi mumkin, chunki ftorotan qon tomirlar markazini susaytirishi hamda simpatik


gangliylarni bloklashi mumkin. Ftorotan yurakka to`g`ridan-to`gri ta`sir qilishi hamda
miokardning adrenalinga sezuvchanligini oshirishi tufayli yurakda aritmiya paydo
bo`lishi mumkin. Shu sabablarga ko`ra ftorotanli narkoz holatidagi bemorga
katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin, efedrin)ni qo`llash man etiladi.
Ftorotaining 15—20 % i biotransformatsiyaga uchraydi, qolgan qismi o`zgarmasdan
organizmdan chiqib ketadi. Ftorotanli narkozdan keyin ko`ngil aynashi, qusish hollari
efir ta`siridagi narkozdagiga nisbatan kamroq ro`y beradi.
Enfluran
,
metoksifluran
ham ftorli narkotik moddalar qatoriga kiradi. Enfluran
kuchli narkotik, uning ta`sirida narkoz holati tez boshlanadi va bu holatdan tez chiqiladi,
mushaklar yaxshi bo`shashadi. Bu modda nafas va miokard faoliyatini susaytirishi hamda
miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini oshirib, aritmiyalarga olib kelishi
mumkin. Ftorotan kamroq (5—10%) biotransformatsiyaga uchraydi.
Metoksifluran
yuqori darajada narkotik hamda analgetik faol modda, narkoz xolati
yaxshi relaksatsiya bilan o`tadi. Lekin narkoz holatiga kirish (10—15 daqiqa) va bu
holatdan chiqish muddatlari (15—30 daqiqa) ftorotanga nisbatan davomliroq kechadi.
Narkozdan keyin uzoq vaqt analgeziya saqlanib turadi. Buyraklarga zaharli ta`sir
ko`rsatishi tufayli bu modda kam qo`llanadi. Ftorli narkotik moddalar alangalanmaydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling