Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet110/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Birinchi daraja — yuza narkoz. 
Bunda ko`z qorachigi qisqaradi, yorug`likka
sezuvchanlik, shox parda refleksi, ko`z kosasi harakati saqlangan bo`ladi, yuza reflekslar,
skelet mushaklari tonusi susayadi, nafas tekis olinadi.
Ikkinchi daraja — yengil narkoz
Bunda ko`z qorachiklari qisqargan, yorug`likka
sezuvchanlik yo`qolgan, shox parda refleksi, ko`z kosasi harakati to`xtagan bo`ladi, nafas
bir tekisda olinadi, qon bosimi o`z asliga nisbatan pasaygan, skelet mushaklari tonusi
kamaygan bo`ladi. Xirurgik narkoz davrida sinapslar o`tkazuvchanligi falajlanadi, chunki
narkotik moddalar presinaptik hamda postsinaptik tuzilishlarga ta`sir ko`rsatadi.
Presinaptik tuzilishlarda mediatorlarning ajralishi, sinaptik oraliqqa chiqishi kamayadi,
postsinaptik tuzilishlarga bo`lgan ta`sir ko`zg`alishning tarqalishiga to`sqinlik qiladi.
Polisinaptik hamda monosinaptik reflekslar falajlangani tufayli skelet mushaklari tonusi
pasayadi, bo`shashgan mushaklarda jarrohlik qilish osonlashadi. Efirning skelet
mushaklarini bo`shashtirishi bir tarafdan markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta`sir
bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi tarafdan chetda (periferiyada) nerv bilan mushaklararo
sinapslarni falajlashi bilan bog`liq. Efir depolyarizatsiyaga qarshi kuraresimon moddalar
ta`sirini oshirib yuboradi. Operatsiyalar asosan narkoz holatining ushbu darajasida
o`tkaziladi.
Uchinchi daraja

chuqur narkoz
Bunda ko`z qorachiqlari kengaya boshlaydi,
yorug`liqqa sezuvchanlik butkul yo`qoladi, nafas tezlashib, ko`krak qafasidan diafragma
nafasiga o`ta boshlanadi. Puls tezlashadi, arterial qon bosimi pasayib boradi.
To`rtinchi daraja

o`ta chuqur narkoz
Bunda qorachiqlar kengaygan bo`ladi,
nafas diafragma orqali olinadi, qon bosimi pasayib ketadi, teri ko`karadi, sianoz paydo
bo`ladi. Bu daraja og`ir hisoblanadi, endi narkotik modda yuborilishi to`xtatiladi.
Yordam chora-tadbirdari qo`llanmasa, narkozning to`rtinchi davri falajlovchi davrga
o`tishi mumkin. Bunda bosh miyaning muhim bo`limlari, ya`ni uzunchoq miyadagi
nafas, qon tomir markazlari faoliyati tobora susayib boradi, nafas yuza bo`ladi hamda
siyraklashadi, puls oldiniga tezlashib, keyin sekinlashadi, noritmik bo`lib qoladi, arterial
bosim pasayib ketadi, nafas, yurak to`xtab, bemor olamdan o`tishi mumkin.
Narkotik modda yuborish to`xtatilgandan keyin narkozdan uyg`onish davri
boshlanadi. Efir narkozidan uyg`onish davri ancha cho`ziladi (30 dakiqagacha boradi).
Markaziy nerv sistemasi faoliyati to`liq tiklanishi uchun bir necha soat kerak bo`ladi.
Efirning og`riq qoldirish xususiyati ancha vaqt saqlanib qoladi. Efir narkozi davrida nafas
yo`llarining kuchli ta`sirlanishi tufayli reflektor yo`l bilan vagus nervining markazi
qo`zgalib, keskin bradikardiya hosil bo`lishi tufayli hatto yurak to`xtab qolishi ham
mumkin. Laringospazm deyarli ro`y bermaydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling