Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet109/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

. Ingalyatsion narkoz
— narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`llaridan
yuboriladi.
2.
Noingalyatsion narkoz
— narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`lidan
boshqa yo`llar orqali yuboriladi.
Ingalyatsion narkoz 
Ingalyatsion narkoz uchun qo`llanadigan moddalar fizikaviy hamda kimyoviy
xususiyatlariga ko`ra 2 turga bo`linadi:
1)
uchuvchan suyuqliklar — efir, ftorotan;
2)
gazli moddalar — azot (1) oksid, siklopropan.
Narkoz paydo qiluvchi moddalar alohida narkoz apparatlari bilan qo`llanadi, chunki
nafas olinayotgan havoda moddalarning kerakli konsentratsiyasini aniqlab turish lozim.
Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`llari, traxeya orqali yuborilganda
ular o`pkaga, њpkadan diffuziya yo`li bilan qonga o`tadi. Moddaning qonga o`tishi —
adsorbsiyasi uning kiritilayotgan havodagi konsentratsiyasiga, nafas olishning chuqur va
tezligiga, alveolalar yuzasi va o`tkazuvchanligiga bog`liq bo`ladi. Narkotik moddalarning
ko`pchiligi organizmda bir tekis taqsimlanadi, o`zgarishga uchramasdan o`pka orqali
chiqib ketadi, ularning organizmdan chiqishi— eliminatsiyasi ham adsorbsiya uchun
keltirilgan omillarga bog`liqdir.
Efir
— ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar ichida ko`p qo`llanadigan
modda hisoblanadi, shuning uchun bu moddaning xususiyatlari batafsilroq ko`rib
chiqiladi, boshqa ingalyatsion moddalar ta`siri efir bilan solishtiriladi. Efir yuzaga
keltiradigan narkoz 4 davrdan —
1.
Analgeziya
2.
Qo`zg`alish
3.
Narkoz holati
4.
narkozdan uyg`onish
davrlaridan iborat. Analgeziya davri — birinchi davrda og`riqni sezish yo`qoladi,
boshqa tur sezuvchanlik saqlanib qoladi. Bu davrda xotira yo`qoladi — amneziya yuz
beradi, bemor bilan gaplashish mumkin. Afferent yo`llardagi neyronlararo sinaptik
o`tkazuvchanlik hamda miya po`stlog`idagi neyronlar faoliyati kamayadi. Bu davr 1—3
daqiqa davom etadi. Kichik operatsiyalarni — flegmona, abssess, hasmolni ochish,
tampon va drenajlarni olib tashlash hamda kuchli og`riq beradigan bog`lov qo`yishlarda
qo`l keladi.
Ikkinchi davr — qo`zg`alish davri. Bunda bemorning harakati oshib ketadi, ko`p
gapiradi, es-hushi butunlay yo`qoladi, reflektor faoliyat kuchayib ketadi. Ko`z
qorachiqlari kengayadi, nafas tezlashadi, taxikardiya yuz beradi, qon bosimi goh
ko`tarilib, goh pasayib turadi, skelet mushaklari tonusi oshadi. Qo`zg`alish bosqichi miya
po`stlog`i faoliyatining falajlanishi, markaziy nerv sistemasi boshqa bo`limlarini miya
po`stlog`i nazorat qilmay qolishi bilan bog`liq. Bu davrni miya po`stlog`idan past
bo`limlar «qo`zg`oloni», «isyoni» deb atash mumkin. Efir shilliqlarni ta`sirlovchi
xususiyatga ega bo`lgani tufayli bu davrda yo`tal paydo bo`lishi, so`lak oqishi, efir so`lak
bilan oshqozonga tushsa, bemor qusishi mumkin. Shuningdek bu davrda yurak urishi
sekinlashib, nafas hamda yurak to`xtab qolishi mumkin. Qo`zg`alish davri 10—20


daqiqadavom etadi, bu davrda bolalarda ham, kattalarda ham operatsiyani boshlash


mutlaqo mumkin emas.
Uchinchi davr — xirurgik narkoz davri. Qonda narkotik moddaning hajmi oshgan
sari bosh miyaning` boshqa bo`limlari (uzunchoq miyadan tashqari) falajlanib boradi. Bu
davrda es-hush, ayniqsa og`riq sezish butunlay yo`qoladi, reflektor faoliyat, mushaklar
susayadi. Ko`z shox pardasi refleksi, ko`z kosasining qimirlashi yo`qoladi. Bu omillar
chuqur narkoz holati boshlanganini bildiradi va jarrohlikni boshlash mumkin bo`ladi.
Xirurgik narkoz davri o`z navbatida 4 darajaga bo`linadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling