Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Ingalyatsion narkozning afzalligi va kamchiliklari
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamchiliklari
- Narkoz paydo qiluvchi noingalyatsion moddalar
- Noingalyatsion narkotiklarning kamchiliklari
Ingalyatsion narkozning afzalligi va kamchiliklari.
Afzalligi : Ingalyatsion narkoz paydo qiladigan moddalar alohida reseptorlar bilan birikma hosil qilmaydi, shuning uchun uni boshqarish kerak vaqtida to`xtatib, keyin yana boshqarish mumkin. Bular yuqori narkotik faol moddalar hisoblanadi. Ular ingalyatsiya to`xtatilgandan keyin organizmdan o`pka orqali o`zgarmagan holda chiqib ketadi. Kamchiliklari: Bu moddalarni qo`llash alohida apparaturani talab qiladi, ba`zi moddalar (masalan, efir) davomli qo`zg`alish davrini yuzaga keltiradi, narkozdan chiqish davri sekinroq va ayrim asoratlar bilan o`tadi. Ba`zi birlarining alangalanuvchi (efir, siklopropan) xususiyati bor. Narkoz paydo qiluvchi noingalyatsion moddalar Noingalyatsion narkotiklar parenteral yo`l bilan asosan venalarga, kamroq mushaklar orasiga, to`g`ri ichakka yuboriladi, Bu moddalarning afzalliklari : yuborish qulay — alohida apparatura talab qilmaydi, narkoz holati qo`zg`alish davrisiz tez boshlanadi, narkozdan asoratsiz tez chiqiladi. Noingalyatsion narkotiklarning kamchiliklari : bu moddalar organizmda metabolizmga uchraydi, narkotik faolligi nisbatan kamroq, noingalyatsion narkozni boshqarib bo`lmaydi. Noingalyatsion narkotiklar ta`sir muddatining davomliligi bo`yicha 3 turga bo`linadi: 1. Ta`sir muddati qisqa (15 daqiqagacha) moddalar — propanidid, ketamin. 2. Ta`sir muddati o`rtacha (20—50 daqiqa) moddalar .natriy tiopental predion. 3. Uzoq muddat ta`sir eto`vchi (60 dakikadan ortiqroq) moddalar — natriy oksibutirat. Natriy teopental barbiturat kislota unumlaridan, venaga yuborilganda 10—15 sekunddan keyin narkoz holati boshlanadi, boshqacha aytganda «nina uchidagi narkoz» deb ataladi. Qon plazmasida ionlashmagan, lipidlarda yaxshi erimaydigan molekulalarga aylanib, erkin holda miyaga o`tib boradi. Tiopentalning 80—90 % i plazma oqsillari bilan birikmalar hosil qiladi. Shuni ta`kidlash kerakki, faqat erkin holatdagi tiopentalning narkotik ta`siri bor. Bemorlarda gipoproteinemiya (ko`p qon ketgan) bo`lsa, tiopentalni ehtiyotlik bilan yuborish zarur, chunki bunda moddaniig erkin holdagi hajmi ko`payib, ta`sir kuchi oshib boradi, tiopental qon bilan yaxshi ta`minlangan a`zolarga — miya, yurak, jigar, buyraklarga taqsimlanadi. 10—20 daqiqadan keyin qon bilan yetarli kam ta`minlangan a`zolarga — teri, teri ostidagi hujayralar, ayniqsa yog` bilan birikmalar hosil qiladigan to`qima, mushaklarga o`tadi, shu tufayli miyada tiopental hajmi kamayadi, bemor uyg`ona boshlaydi. Tiopentalning narkoz paydo qiluvchi ta`siri qo`zg`aluvchan davrsiz boshlanadi. Modda venalarga yuborilayotgan vaqtda bemorning yuziga hamda nafasiga qarab turiladi. Yuzdan mushaklarning ma`noli harakatlari yo`qoladi, yuz tinchlanib, niqob qoplaganday bo`lib qoladi, bemor uyquga ketadi, pastki dahan osilib ketadi, shunda tiopentalni yuborish to`xtatiladi. Bu modda miyaning hamma bo`limlarini falajlaydi, uzunchoq miya markazlarida tiopental miqdori oshganda falajlovchi ta`sir boshlanadi. Og`riq qoldiruvchi xususiyati kamroq. Agar tiopental venalarga tez yuborilsa, nafas markazi falajlanishi mumkin, nafas olish yuza, siyrak bo`lib qoladi, o`pkada havo almashinuvi kamayib ketadi. Tiopental reflekslarni, qon tomirlar markazi faoliyatini susaytirishi, chetda joylashgan qon tomirlarni kengaytirib, arterial bosimni pasaytirishi mumkin. Yosh bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda (hayetining birinchi oylarida) tiopental narkozni tezroq yuzaga keltiradi, chunki erkin holdagi hajmi ko`proq bo`ladi (shu yoshdagi bolalar organizmida albuminlar kamroq bo`ladi), gematoensefalik to`siqning o`tkazuvchanligi oshiqroq, mushaklar hajmi kamroq, jigarning zararsizlantirish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Yosh bolalarga (ayniqsa 2 yoshgacha), chaqaloklarga natriy tiopeptalni to`g`ri ichakka (rektal) yuborish mumkin. Barbituratlar miya hamda ko`zdagi bosimni pasaytiradi. Tiopental natriyni jigar, buyraklar faoliyati buzilganda, yalliglanish kasalliklari, yuqumli xastaliklarda, bronxial astmada qo`llash man etiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling