Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Narkozning xavfli asoratlari ham bor


Download 0.79 Mb.
bet116/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Narkozning xavfli asoratlari ham bor
, bular laringospazm, bronxospazmlardir. Bu
asoratlar reflekslar tufayli shu holatga moyil bemorlarda, ayniqsa bronxial astmada,
parasimpatik
innervatsiyani
qo`zg`atuvchi
moddalar
qo`llanganda
uchraydi.
Laringospazm va bronxospazmiing oldini olish uchun Mxolinolitiklar — atropin
qo`llanadi.
Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar bronxial bezlar sekresiyasinioshirib
yuboradi, bronxiolalar shilliqbilan bekilib qoladi, o`pkaning shu qismidan drenaj to`xtab
qoladi, bekilgan joy tagidagi xavo qonga so`riladi, o`pkaning shu qismi puchayib qoladi


— atelektaz qosil bo`ladi. Atelektaz tufayli operatsiyadan keyin zotiljam — pnevmoniya


boshlanadi. Bu asoratning oldini olish uchui narkozdan oldin atropin yuboriladi, faol
nafas, operatsiyadan keyin davolash gimnastikasi tavsiya qilinadi.
Efir narkozi davrida nafas yo`llari kuchli ta`sirlanishi tufayli reflektor yo`l bilan
vagus nervi markazi qo`zgalib, keskin 'bradikardiya hosil bo`lishi, xatto yurak to`xtab
qolishi mumkin. Bir tarafdan nafas yo`llari ta`sirlanishi, ikkinchi tarafdan efir o`pkadan
chiqib ketganda alveolalar sovib, operatsiyadan keyin bronxo pnevmoniya yuz berishi
mumkin. Ba`zan efir ta`sirida talvasa tutishi mumkin. Narkozdan ksyin bolalar
organizmida albumin hamda globulinlar miqdori kamayishi kuzatiladi. Bolalarda nojo`ya
ta`sirlar ko`p bo`lgani uchun efirning bolalar anesteziologiyasida qo`llanishi
chegaralangan.
Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar shilliq pardalarni ta`sirlashi natijasida
operatsiyadan keyii laringit, faringitlar va bronxlarda yallig`lanish paydo bo`ladi. Narkoz
vaqtida efir nafasni reflsktor yo`l bilan to`xtatiish mumkin, qonda uglekislota to`planishi
bilan nafas markazi ishga tushib ketadi.
Tiopental venalarga yuborilganda miqdori oshib ketsa, u to`g`ridan-to`g`ri nafas
markazini falajlab qo`yadi. Tiopental, umuman barbituratlarning narkotik ta`sir doirasi
keng bo`lmagani uchun chuqur narkoz paydo qiladigan hamda nafasni falajlovchi
miqdorlari bir-biriga yaqin turadi. Tiopental tez yuborilsa ham nafas to`xtab qolishi
mumkin. Boshqa noingalyatsion narkotiklar ham miqdori oshganda nafasga falajlovchi
ta`sir etishi mumkin. Nafas to`xtaganda narkotik modda yuborish tezda to`xtatiladi,
intubatsiya qilinadi hamda sun`iy nafas o`tkaziladi.
Narkoz yurak qon tomir sistemasida ham xavfli o`zgarishlar paydo qiladi. Narkoz
holatiga kirish davrida yurak urishdan to`xtab qolishi mumkin. Yurak ingalyatsion
narkotiklar qo`llanganda reflektor jarayonlar tufayli hamda tiopentalning yurakka zaharli
ta`sir etishi sababli to`xtashi mumkin. Narkotiklarning vagotonik xususiyatlari,
gipoksiya, giperkapniya yurakning to`xtashiga moyillik yaratadi. Narkozdan oldin
atropin bilan premedikatsiya qilish bu asoratni kamaytiradi. Yurak to`xtaganda massaj,
sun`iy nafas, yurakka adrenalin yuborish, elektr toki bilan defibrillyatsiya qilish kerak:
Qonda adrenalinning hajmi yoki yurakning katexolaminlarga sezuvchanligi oshganda
(siklopropan, ftorotanli narkozda) yurak to`xtashidan oldin fibrillyatsiyaga uchraydi.
Shuning uchun siklopropan hamda ftorotanli narkozda katexolaminlar— adrenalin,
noradrenalinni qo`llash man etiladi. Narkoz holatida ayniqsa ftorotan qo`llanganda qon
bosimi pasayib ketishi mumkin. Ingalyatsion narkotik moddalarni yuborish
to`xtatilgandan keyin qon bosimi ko`tariladi. Noingalyatsion narkotiklar qo`llanganda
ro`y beradigan gipotenziyani davolashda qon tomirlarni qisqartiruvchi moddalar qo`llash
kerak bo`ladi.
Narkotik moddalar jigar, buyrak faoliyatiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Noingalyatsion, venalarga yuboriladigan narkotiklar qon tomirlar endoteliyini
jarohatlashi mumkin. Shu holatning oldini olish uchun narkotiklardan keyin venaga
izotonik eritma yuborish kerak.
Yuqorida keltirilgan narkoz paydo kiluvchi moddalar kattalar bilan birga bolalarda
o`zlariga xos, yoshiga mos ravishda nojo`ya ta`sirlar keltiradi. Bolalar operatsiya oldidan
juda qo`rqadilar, qo`rquv tufayli vegetativ, markaziy nerv sistemalarida, yurakqon
tomirlarida, oshqozonda o`zgarishlar paydo bo`lishi mumkin.





Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling