Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet114/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Propanidid
(sombrevin) — suvda erimaydigan, yog`simon suyuqlik bo`lib, uning
.erishi uchun alohida detergent ishlatiladi. Modda venaga asta-sekin yuboriladi, narkoz
tez 20—40 sekunddan keyin qo`zg`aluvchan davrsiz boshlanadi, juda qisqa (4—5
daqiqa) davom etadi. Narkozning tez boshlanishiga bu moddaning lipidlarda juda tez
eruvchanligi, qisqa ta`siri, plazmadagi fermentlar bilan tez parchalanishi sabab bo`ladi.
Bolalarga propanidid venaga (2— 3 mg/kg) yuborilgandan keyin narkoz 15—20
sekunddan so`ng boshllanadi, 3—5 daqiqa davom etadi, es-hush tiklanadi, lekin 5—8
daqiqa ichida bemor bo`shashib turadi, bu asoratlar ham tez o`tib ketadi.
Propanidid yuborilgandan keyin o`pkada giperventilyatsiya bo`lishi, puls tezlashishi,
qon bosimi pasayishi mumkin. Propanidid adrenolitik xususiyatga ega, bu modda bilan
yurak aritmiyalari oldini olish hamda davolash mumkin. Propanidid hujayralardan
gistaminnint ajralishini oshirib yuboradi, shuning uchun uni allergiya kasalliklarida
qo`llash man etiladi, allergik holatlar bronxospazm, hatto anafilaktik shok paydo qilishi
mumkin, Propanidid venalar endotelisini ta`sirlaydi, shuning uchun tromboflebit hosil
bo`lishi mumkin. Buning oldini olish uchun propanidid yuborilgandan keyin venalarga
izotonik suyuqlik yuboriladi. Propanidid tsz o`tadigan operatsiyalar uchun ambulatoriya
sharoitlarida, tish sug`urishda, chiqqan suyaklarni to`g`rilashda, akusherlik amaliyotida
qo`llanadi.
Natriy oksibutirat
miyaning tabiiy metaboliti, gammaaminomoy kislota
(GAMQ)ning sintetik analogli, GAMK esa markaziy nerv sistemasida tormozlanish
jarayoni mediatori hisoblanadi, natriy oksibutirat qisqacha GOMK (gamma oksimoy
kislota) deb ataladi. Natriy oksibutirat yuborilgandan so`ng gematoensefalik to`siqdan
yaxshi o`tib, qo`zg`aluvchi davrsiz narkoz holati paydo qiladi, kichik miqdorda
tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, katta miqdorda talvasaga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Bu modda
asosan markaziy nerv sistemasiga, miya po`stlog`iga ta`sir etadi, shuning uchun og`riq
qoldirish xususiyati yo`q, lekin analgetiklar bilan birga yuborilganda ularning ta`sir
kuchini oshiradi. Natriy oksibutirat skelet mushaklarini yaxshi bo`shashtiradi, narkotik
faolligi nisbatan kamroq, yuqori miqdorda venalarga yuborilganda xirurgik narkoz davri
qo`zg`alish davrisiz 30—40 daqikadan keyn boshlanib, 1,5—3 soat davom etadi. Natriy
oksibutiratni mushaklar orasiga hamda og`iz orqali yuborish mumkin, ichakdan yaxshi
so`rilib, 40-60 daqiqadan keyin narkoz paydo qiladi, asosan kirish va bazic narkoz uchun
qo`llanadi. Natriy oksibutiratning kichik miqdorlari tinchlantiradi, uxlatadi hamda
gipoksiyaga qarshi ta`sir etadi. Bu modda xujayra membranalari fosfolnpidlarini
shikastlanishdan saqlab qoladi, shuning uchun tug`ish jarayonida, miyadagi, ko`z shox


pardasidagi gipoksik shishda qo`llanadi. Natriy oksibutirat to`kimaning gipoksiyaga


chidamligini, miya va yurak to`qimalariniig kislorodni o`zlashtirishini, shu a`zolarda qon
bilan ta`minlanishni yaxshilaydi.
Natriy oksibutirat unchalik zaharli emas, shuning uchun bolalar anesteziologiyasida
keng qo`llanadi: nafas, qon aylanish sistemasiga narkoz paydo qiluvchi miqdori noxush
ta`sir ko`rsatmaydi, ba`zan bolalar qayt qilishi, glikemiya paydo bo`lishi mumkin. Bu
moddaning miqdori oshirilganda nafas markaziga noxush ta`sir ko`rsatadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling