Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
ETIL SPIRTI
Etil spirti uzum va boshqa mevalar sharbatlarini achitish hamda sintez yuli bilan olinadi. Etil spirti ma`lum konsentratsiyalarda alkogolli ichimliklar (aroq, konyak, vino, shampan vinosi, pivo) tarkibida mavjud. Etil spirtining mikroblarga qarshi xususiyati borligi tufayli uni tibbiyotda antiseptik sifatida terini, operatsiya o`tkaziladigan joyni, xirurgik asboblarni zararsizlantirish uchun qo`llanadn. Etil spirti yuqori nafas yo`llari shamollaganda kompress qilish hamda surkash uchun, nevritlarda nervlar negiziga yuborish — alkogolizatsiya uchun ishlatiladi. Etil spirtidan farmatsevtika sanoatida nastoykalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Odam siirtli ichimlik ichganda u oshqozondan qonga so`rila boshlaydi, 5 daqiqadan keyin qonda aniqlanadi. Alkogoliing 20—40 % i ayniqsa och qoringa ichilsa oshqozonda, qolgan 60—80 % i ingichka ichakda qonga so`riladi. Yog`lar, uglevodlar alkogolning qonga so`rilishini sekinlashtiradi. Qonga so`rilgan alkogol asosan markaziy nerv sistemasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu uch davrdan iborat bo`ladi: qo`zg`alish davri, n a r k o z davri va o`lim talvasasi davri. Birnichi qo`zg`alish davri markaziy nerv sistemasini tormozlovchi mexanizmlar falajlanishi tufayli yuzaga chiqadi, bunda sezuvchanlik, aql, idrok, zakovat, ma`naviyat, diqqat e`tibor, o`ziga nisbatan tanqidiy qarash xususiyatlari kamayadi. Tormozlanish jarayonlari pasayib ketadi, eyforiya holati ro`yobga chiqadi, odam xushchaqchak, kirishimli, dilkash, ruxi ko`tarilgan, kayfi chog` bo`lib qoladi, mayda-chuyda g`am- tashvishlar esdan chiqadi. Ichib olgan odam o`zini juda kuchli hisoblaydi (aslida esa buning aksi bo`ladi), bo`lar-bo`lmas harakatlar qiladi, ko`p gapiradi. Alkogolning qanday ta`sir ko`rsatishi nerv sistemasining turiga, mijozga, odamning xulq atvoriga bog`liq. Alkogol tufayli kelib chiqqan qo`zg`alish narkoz paido qiladigan moddalar keltiradigan qo`zg`alishdan farq qiladi. Alkogol ta`siridagi qo`zgaluvchanlik davrida odamning es-hushi joyida bo`ladi. Alkogolning miqdori qonda oshgan sari unipg ta`siri miyachaga o`tadi: harakatlar muvozanati izdan chiqadi, mushaklar kuchi kamayadi, odam oyoqda turolmay qoladi. Keyin alkogol psixomotor markazlarga, orqa miyaning reflektor apparatiga o`tadi. Ong xiralashib, keyin eshush butunlay yo`qoladi, reflekslar so`nadi, mushaklar bo`shashadi. Narkoz davri boshlanadi. Alkogol miqdori oshgan sari narkoz davri falaj davriga o`tadi, chunki etil spirtining narkotik ta`sir doirasi keng emas, narkotik hamda zaharlovchi konsentratsiyalari bir-biriga yaqin. Uzunchoq miyaning nafas va qon tomir markazlari falajlanadi, kon bosini keskin tushib ketadi, nafas yuza va notekis bo`ladi, nafas yetishmovchiligi ro`y berib, nafas to`xtashi va halokat sodir bo`lishi mumkin. Demak alkogol bilan o`tkir zaharlanish yengil mastlikdan tortib, to es-hushni yo`qotish, hatto o`limga olib borishi mumkin. .Lekin alkogolning o`lim sodir qiladigay aniq miqdori hali aniqlanmagan. Etil spirtining konsentratsiyasi, qonga so`rilish tezligi odamning yoshiga, salomatligiga, harrratga bog`lik bo`ladi. Alkogol bilan o`tkir zaharlangan odam issiq qilib o`rab qo`yiladi, novshadil spirti xidlatiladi, hatto 3—4 tomchi ichiriladi, sun`iy nafas oldiriladi, asabini rag`batlantiruvchi moddalar yuboriladi, achchiq issiq. choy, kofe ichiriladi. Oz miqdordagi ichkilik organizmda unchalik katta o`zgarishlar paydo qilmaydi, uningzaharli ta`siri keyinroq ko`rina boshlaydi. Tez-tez surunkali ichilaversa, odam unga o`rganib, tobe bo`lib qoladi, alkogolizm — ichkilikbozlik degan mudhish kasallik kelib chiqadi. Bunda ichki a`zolarda chuqur o`zgarishlar paydo bo`ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling