Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet120/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tayanch iboralar 
Epilersiya- 
vaqti – vaqti bilan hushdan ketib, turishish bilan o`tadigan ruhiy
kasallik.
Mioklonus-
titrash, es – xush joyida bo’lib, qisqa muddatga ayrim guruh
mushaklarning titrashi.
Parkinsonizm- 
mushaklar tarangligi va harakatining kamayishi bilan kechadigan
surunkali kasallik.
Akineziya-
harakatning kamayishi, toxtashi.

Talvasaga qarshi moddalar turli sabablardan kelib chiqqan talvasalarni davolashda


qo`llanadi. Talvasa xuruji, talvasa holatining kelib chiqish sabablari hali yetarli
aniqlanmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, talvasaning kelib chiqishi bosh miya neyronlarida
atsestilxolin miqdori oshib ketishi, xolinesteraza fermenti fosfatinning kamayishiga
bog`liq. Boshqa ma`lumotlarga ko`ra, bosh miyada tormozlanish mediatori GAMQ
(gamma aminomoy kislota) kamayishi, glutamin kislota, vitamin V yetishmovchiligi,
katexolaminlar va serotonin almashinuvining o`zgarishiga olib keladi.
Talvasa holatlari dori moddalar bilan zaharlanganda, tutqanoq kasalligida ro`y
beradi. Talvasa holatiga par kinsonizm simptomokompleksi ham kiradi, bunda mushaklar
harakati kamayadi, ular beixtiyor qaltiraydi.
Turli xil talvasalar bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda kattalarga nisbatan
5—6 marta ko`proq uchraydi. Ularda talvasa yuqumli kasalliklarda, tana harorati
oshganda, moddalar almashinuvi (uglevod, mineral) buzilganda, tana suvsizlanganda,
tutqanoq va boshqalarda uchraydi. Yosh bolalarning talvasaga moyilligi, ular markaziy
nerv
sistemasining
mukammal
rivojlanmaganidan,
gematoensefal
to`siqning
o`tkazuvchanligi oshiqroq bo`lganidan, nerv to`qimalari yetarli miyelinizatsiya hamda
GAMK faolligi yetarli bo`lmaganidan kelib chiqadi.
Talvasaga qarshi moddalar 3 turga bo`linadi: 
1. Talvasa belgilariga qarab, ya`ni simptomatik davolash uchun qo`llanadigan
moddalar.
2. Tutkanoqqa qarshi moddalar.
3. Parkinsonizm xolatida qo`llanadigan moddalar.
Talvasa belgilari har xil sabablar (kasalliklar, zaharlanish) tufayli kelib chiqadi,
ayniqsa bunday talvasa yuqorida ksltirilgandek bolalarda ko`proq uchraydi. Bunday
talvasalar narkotik hamda uxlatuvchi moddalar bilan davolanadi. Bular markaziy nerv
sistemasi bo`limlarida sinaptik o`tkazuvchanlikni kamaytiradi, miya po`stlogidagi motor
sohalar faoliyatini hamda reflektor faollikni pasaytiradi. Talvasa xurujini yuqotish uchun
ko`pincha noingalyatsion narkotiklar, uxlatuvchi barbituratlar (fenobarbital), xloralgidrat


hamda magniy sulfat qo`llanadi. Lekin bu moddalar, ayniksa narkotiklar nafase


faoliyatini susaytirishi mumkin. Shuninguchun hozirgi kunda ayniqsa bolalarda
uchraydigan talvasada nafasni kamroq susaytiradigan trankvilizatorlardan sibazon
(seduksen), natriy oksibutirat (GOMK) va boshqa moddalar qo`llanadi.
Seduksen 
— sibazon hatto kichik miqdori ham har qanday talvasalarda davo
bo`ladi. Sibazon bosh va orqa miyada GAMK ning susaytiruvchi ta`sirini oshirib, nerv
impulslarining tarqalishiga to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga sibazonning gipoksiyaga
ham qarshi ta`siri bor. Sibazon venalarga yuborilgandan keyin talvasaga qarshi ta`siri 5—
10 minutdan keyin boshlanib, 2 soatlar ichida davom etadi. Lekin bu modda ham,
miqdori oshsa, nafasni susaytirishi mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling