Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet123/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Xlorakon
katta talvasalar va psixomotor ekvivalentlarda qo`llanadi. Bu modda
impulslarning piramidli, segmentar spinal yo`llardan orqa miya motoneyronlariga
o`tishiga to`sqinlik qiladi. Geksamidin fenobarbital, difeninga nisbatan tutqanoqqa ta`siri
kamroq, ulardan ham zaharli ham bolalar tutqanog`ini davolashda alohida ahamiyati bor.
Xlorakon bolalardagi sustroq talvasali xurujlarda ta`sir ko`rsatib, bemor kayfiyatini
yaxshilaydi, deyarli nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydi.
Trimetin
tutqanoqning kichik xurujlariga qarshi kuchli ta`sir qiladi. Trimetin
qo`llangan birinchi kunlarda xurujlarni tezlashtirishi mumkin, keyinchalik xurujlar asta-
sekin kamayib boradi. Trimetin impulslarning polisinaptik yo`llardan o`tishiga to`sqiilik
qiladi. Ancha zaharli modda, bemorlarning deyarli yarmisida, ayniqsa davolanishning
boshlanishida nojo`ya ta`sir ko`rsatadi. Dispeptik holatlar, teriga toshmalar toshishi, bosh
og`rig`i, yorug`likdan ko`rqish hollari yuz berishi, jigar, buyrak faoliyati izdan chiqishi,
qon tanachalari o`zgarishi mumkin. Bu moddani jigar, buyrak, qon, ko`z kasalliklarida
qo`llash man etiladi.
Karbamazepin
kimyoviy jihatdan dibenzazepinlardan, talvasaga qarshi tasiri
psixotrop ta`sir bilan uyg`unlashib ketadi. Bu modda bemorlar kayfiyatini yaxshilaydi.
Karbamazepin tutkanoqning katta xurujlarida, aralash turlarida, ba`zida kichik hurujlarda
ham qo`llanadi. Nojo`ya ta`sirlari davolashning boshida ko`rinadi, bularga dispeptik
holatlar, bosh og`rigi, bosh aylanishi, uyquchanlik, akkomodatsiining o`zgarishi,
psixomotor, allergik jarayonlar kiradi.
Etosuksimid
ta`siri bo`yicha trimetinga o`xshaydi, lekin zaharliligi undan kamroq.
Tutqanoqning kichik xurujlari oldini olish uchun qo`llanadi.
Tutqanoqni davolash uchun karboangidraza fermentining ingibitori diakarb ham
ko`llanadi. Bu modda miyadagi karboangidraza fermenti faoliyatini kamaytirib,
neyronlarda uglekislota miqdorini oshiradi, uglekislota esa qo`zg`aluvchanlikni
kamaytiradi. Diakarb siydik haydash xususiyatiga ham ega, shuning uchun miyada
suyuqlik va natriy ionlari kamayadi. Diakarb asosan kichik xurujli tutqanoqlarda
qo`llanadi.
Ayrim holatlarda tutqanoqni, talvasalarni davolashda lidokain ham qo`llanadi, bu
modda hujayralar membranalaridan ioilarning o`tishini normallashtiradi.
«Epileptogen status» tutqanoqning xavfli ko`rinishlaridan hisoblanadi, bunda talvasa
xurujlari bir necha soatga cho`ziladi. Bu holatni davolash uchun bemorga narkoz paydo
qiluvchi moddalar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling