Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Magniy sulfat, natriy oksibutirat, lidokain, sibazon
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Magniy sulfat, natriy oksibutirat, lidokain, sibazon,
ya`ni talvasa belgilarini davolashda qo`llanadigan moddalar yuboriladi. Parkinsonizmga qarshi moddllar Parkinson kasalligida, parkinsonizm xolatlarida ekstrapiramid sistema mag`izlari jarohatlanadi. Ekstrapiramid sistema esa mushaklarning uyg`un harakatlanishini, alohida mushaklarning o`zaro qisqarish davomliligini ta`minlaydi. Ekstrapiramid usulning negizi striopallidar sistema hisoblanadi. Striopallilar sistema morfologik tuzilishdan va faoliyatidan striatum va pallidumdan iborat. Striatum esa dumli magiz hamda po`stloqdan, pallpdum qora substaniiya va qizil mag`izdan iborat. Pallidum jarohatlamganda qora substansiya va retikulyar formatsiya o`rtasidasi aloqa izdan chiqadi, natijada mushaklar harakati kamayadi, diskineziya yuz beradi, mushaklar tortishadi hamda qaltiraydi. Striatum jarohatlanishi tufayli pastda joylashgan markazlarga uning ta`siri kamayadi: mushaklar tonusi pasayadi, beixtiyor harakatlar — giperkinezlar (duduqlanib gapirish, qaltirash) paydo bo`ladi, ya`mi parkinsonizm xolati ro`y beradi. Parkinsonizmda dumli yadroda, po`stloqda, qora substansiyada dofamin miqdori keskin kamayadi, xolinergik tizimlar faolligi oshib boradi. Shuning uchun parkinsonizm, diskineziyalarni davolash uchun dofaminergik ta`sirlarni kuchaytiruvchi va xolinergik ta`sirlarni kamaytiruvchi moddalar qo`llanadi. Dofamnonergik ta`sirlarni kuchaytiradigan moddalar. Bu maqsadda dofamiining o`zini qo`llash maqsadga muvofiq bo`lar edi. lekin dofamin gematoeitsefalik to`siqdan o`tolmaydi. Shuning uchun parkinsonizmni davolash uchun katexolaminlar biosintezida dofamindan oldin hosil bo`ladigan modda—levodopa qo`llanadi. Levodopa — ichilganda me`da ichakdak yaxshi so`rilib, gematoensefalik to`siqdan markaziy nerv sistemasiga o`tadi. Bu yerda dekarboksillanib, dofaminga aylanadi; dofamin esa striopallidar sistemada uniig yetishmovchiligini to`ldiradi, dofaminoreseptorlarni qo`zg`atib, davolovchi ta`sir ko`rsatadi. Og`izdan yuborilgan dofaminning ko`p mikdori jigar, ichak, buyrak to`qimalarida ham dekarboksillanib, dofaminga aylanadi. Dofamii esa gematoensefalik to`siqdan o`tolmaydi. Levodopaning shu to`qimalarda dofaminga aylanishini sekinlashtirish uchun levodopa dofamindekarboksilaza fermenti ingibitorlari — karbidopa benserazid bilan qo`llaniladi, tayyorlangan tabletkalar nakom (levodopa + karbidopa), moddalar ham parkinsonizm xolatlarini davolashda qo`llanadi. Levodopa ta`siri asta-sekin boshlanib, birinchi galda mushaklar gipokineziyasi va rigidligi, ksyinchalik bir oz kaltirash, disfagiya kamayadi, harakatlar ortadi. Bir oyning ichida ta`siri ko`rinarli bo`ladi, uzoq vaqt mobaynida qo`llanadi. Qo`llashdan to`xtatilsa, parkinsoiizm holati yana qaytalanadi. Levodopa markaziy nerv sistemasida dofamin miqdorini oshiradi, shu bilan birga noradrenalin miqdori ham oshadi va nojo`ya ta`sirlar paydo bo`ladi. Bemorning ishtahasi pasayadi, ko`ngli aynaydi, qayt qiladi, boshi og`riydi, ortostatik gipotoniya, aritmiya va boshqalar yuzaga keladi. Levodopani ateroskleroz, gipertoniya, buyrak, jigar, o`pka kasalliklarida qo`llanish man etiladi. Levodopa vitamin Be papaverin, Mao (monoaminooksidaza) fermenti ingibitorlari bilan qo`llanmaydi, chunki bu moddalar lsvodopa ta`sirini . yo`qotishi (vitamin Ve), oshirishi (Mao ingibitorlari) yoki kamaytirishi (papaverin) mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling