Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet127/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tayanch iboralari: 
Analgetik
- Og`riq sezuvchanlikni tanlab pasaytiradigan yoki yo`qotadagan vositalar
Morfinizm -
Morfindan surunkali zaharlanish
Eyforiya -
Ruhiy ko`tarinkilik xolati
Disforiya -
Ruhiyatning tushishi, o`zini yomon his qilish
Nosiseptiv reseptorlar-
Og`riqni sezuvchi reseptorlar

Og`riq ko`p kasalliklar belgisi bo`lib, odamga azob beradi, chidab bo`lmaydigan


kuchli og`riq tufayli og`riq shoki, hatto o`lim ro`y berishi mumkin.
Og`riq alohida reseptorlar — notsitseptorlar orqali seziladi. Ushbu og`riqni
sezuvchan reseptorlar teri, mushak, bo`g`imlar, suyak pardasi, ichki a`zolarda joylashgan,
ularni zarba, issiq-sovuq kimyoviy moddalar, yallig`lanish kininlari — bradikinin,
gistamin, serotonin qo`zg`atadi. Notsitseptorlardan og`riq impulslari afferent nerv
tolalaridan orqa miyaning orqa shoxlariga yetib boradi. Shu yerda ular orqa miyaning
qo`shimcha neyronlariga o`tadi ia ikkita o`tkazuvchan sistema orqali markaziy nerv
sistemasiga yetib keladi.
Agar organizmning og`rikqa qarshi ichki usullari yetarli bo`lmasa, og`riq
qoldiruvchi moddalar — analgetiklar (lotincha — og`riq, inkor) qo`llanadi. Og`riq
qoldiruvchi moddalar katta ahamiyatga ega, chunki ularning ko`pchiligi faqat og`riqni
qoldirmay, balki kasallikning sababi va kechishiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Ba`zi holatlarda analgetiklarni juda ehtiyot bo`lib qo`llash kerak bo`ladi. Masalan,
og`riq kasallikning birdan-bir belgisi bo`lganda analgetiklar qo`llansa, shu belgi yo`qolib
kasallikni aniqlash qiyin bo`lib qoladi.
Og`riq qoldiruvchi moddalar ikki turga:
1.
Narkotik analgetiklar
2.
Narkotik bo`lmagan—nonarkotik analgetiklarga bo`linadi.
Narkotik analgetiklar 
Narkotik analgetiklar kuchli og`riq qoldiruvchi ta`sirga ega moddalardir. Bular
o`simliklardan, asosan opiydan hamda sintez yo`li bilan olinadi.
Kimyoviy jihatdan opiydan olingan alkaloidlar ikki turga bo`linadi: fenantren
unumlari (morfin, kodein) va izoxinolin unumlari (papaverin).

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling