Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Promedolning
Kodein
(metilmorfin), dionin (etilmorfin)ning og`riq, qoldirish xususiyatlari morfinga nisbatan 5—7 marta kamroq, ular ko`proq yo`tal markazini susaytiradi— yo`talga qarshi markazny ta`sir etuvchi modda sifatida qo`llanadi. Dionin oftalmologiyada ham keng qo`llanadi. Ko`zga tomizilganda oldin giperemiya, keyin anesteziya paydo qilib, og`riqni qoldiradi va yallig`lanishlarda ekssudativlarni yo`qotadi. Promedol sintetik modda bo`lib, nisbatan og`riq qoldirish xususiyatiga kura morfinga yaqinlashib qoladi, nafasni susaytirishi, spazmogen ta`siri, tobelik kamroq hollarda kuzatiladn, shuning uchun promedol bolalar amaliyotida keng qo`llanadi, hatto bu modda «bolalar analgetigi» deb ataladi. Promedolning nojo`ya ta`sirlari kam, ko`ngil aynishi, bosh aylanishi mumkin. Bu moddaga kamroq bo`lsa ham o`rganish, qaramlik paydo bo`lishi mumkin. Fentanil ham sintetik analgetik, juda kuchli modda va tez o`tib ketadigan og`riq qoldirish xususiyatiga ega. Fentanil o`tkir og`riqlarni yo`qotish uchun — miokard infarqti, stenokardiya, buyrak, jigarning o`tkir sanchiqlarida mushak orasiga va venaga yuboriladi. Fentanil neyroleptiklar bilan, masalan, droperidol bilan birga neyroleptoanalgeziya paydo qilish uchun qo`llanadi. Fentanil bilan paydo qilinadigan neyroleptonalgeziya oson boshqariladi. Fentanil venaga tez yuborilganda nafasni susaytiradi, hatto nafas qisqa muddatga to`xtab qolishi ham mumkin. Shuning uchun bolalar amaliyotida kam qo`llash tavsiya etiladi: Pentazotsin kimyoviy tuzilishi va ta`siri bo`yicha morfinga yaqin turadi. Kuchli og`riq qoldirish xususiyati bilan birga bu modda nafas susayishi, eyforiya, shu moddaga qaramlik, spazmogen, siydikning to`xtalishi hollari kamroq uchraydi. Pentazotsinni ayollarga tug`ish davrida qo`rqmasdan qo`llash mumkin, chunki bu modda platsentar to`siqdan yaxshi o`tolmaydi, homila va yangi tug`ilgan chakaloqqa deyarli ta`sir qilmaydi. Pentazotsinning nojo`ya ta`sirlari kamroq, jigar va buyrak kasalliklarida bu modda ehtiyotlik bilan qo`llanishi lozim. Narkotik analgetiklarning katta kamchiligi shuki, ularga odam o`rganib, tobe bo`lib qoladi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar markaziy nera sistemasining ruhiy markazlariga ta`sir ko`rsatib, eyforiya, alohida o`ziga xos kayf paydo qiladi. Narkotik analgetiklar qo`llanila borgan sari.ular organizmning tabiiy metabolitlari qatoriga kirib qoladi, biokimyoviy jarayonlarga aralashib qoladi. Moddaga jismoniy tobelik paydo bo`lldi. Demak narkomanlar organizmi narkotiklarga chidamli ham bo`lib qoladi. Lekin organizm tobora ular bilan zaharlanib boradi — surunkali zaharlanish paydo bo`ladi. Bemorlar yopiq psixiatrik klinikalarda, ya`ni narkotiklarni yetkazib bo`lmaydigan klinikalarda davolanadi. Narkotiklar miqdori kamaytiriladi, keyin undan mutlaqo mahrum qilinadi. Avvalo narkotik analgetiklarni zaruriyat bo`lgandagina qo`llash va buni 3—4 martadan oshirmaslik kerak. Narkotiklarni saqlash va qo`llash hamda hisobdan chiqarish qonun-qoidalariga rioya qilish zarur. Narkotiklar A ro`yxatli moddalarga kirib, dorixonalarda signalizatsiya bor joylarda saqlanadi. Ular saqlanadigan joylar ichki ishlar bo`limlarida ro`yxatga olingan bo`ladi. Reseptlar alohida pushti rang varaqalarga yoziladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling