Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet128/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

M o r f i n
birinchi og`riq qoldiruvchi alkaloid, hozirgi kungacha qo`llanib kelinadi,
shuning uchun narkotik analgetiklar morfin turkumi deb ham ataladi. Morfin misolida
narkotik analgetiklar farmakologiyasi bilan tanishib chiqiladi va boshqalarning xususiyati
shu modda bilan solishtiriladi.
Morfinning asosiy xususiyati — og`riq koldiradi. Morfinning og`riq qoldiruvchi
ta`sir mexanizmi hali oxirigacha aniqlanmagan. Neyrofiziologik tekshirish natijasiga


ko`ra morfin bevosita spinal neyronlarni tinchlantiradi — orqa miyaning orqa


shoxlaridan og`riq impulslari o`tkazilishini izdan chiqaradi.
Narkotik analgetiklar afferent nerv tolalaridan «og`riq mediatorlari» ajralishini
kamaytiradi va taxminlarga ko`ra bevosita R -modda (og`riq mediatori) reseptorlarini
bog`lab, og`riq impulslari o`tkazuvchanligini pasaytiradi.
Og`riq qoldirish mexanizmida morfinning og`riqni his qilish jarayoniga ta`siri katta
ahamiyatga ega. Bu modda ruhiyatga ta`sir qilishi tufayli og`riqqa aloqador qo`rquv
yo`qoladi, hatto og`riq bemorning o`zida emas, balki boshqa odamda bo`lgandek
tuyuladi.
Morfin markaziy nerv sistemasiga ajib bir ta`sir ko`rsatadi: uning ba`zi markazlarini
qo`zg`atadi, boshqalarini tinchlantiradi, o`ziga xos ruhiy holat — eyforiya, ya`ni kayf
xolatini yuzaga keltiradi. Bunda salbiy hissiyotlar, qo`rquv, bezovtalik, g`am-g`ussa,
qayg`u yo`qoladi, ularning o`rniga yoqimli hissiyotlar, yengillik, atrof muhitga
beparvolik paydo bo`ladi. Shu bilan birga eshitish, ko`rish, taktil sezuvchanliklar ortib
ketadi, butun badanga issiqlik tarqalgandek tuyuladi, o`ziga xos gallyutsinatsiyalar paydo
bo`ladi.
Morfin uxlatuvchi xususiyatga ham ega, uyquda odam xilma-xil yoqmli tushlar
ko`radi. Morfin keltiradigan uyqu yengil va yuza bo`ladi, sal tegib ketilsa, salgina tovush
eshitilsa odam uyg`onib ketadi, bir ozdan ksyin esa yana uyquga ketadi.
Ruhiyatga alohida ta sir ko`rsati uchun morfinni birinchi psixotrop modda deb atash
ham mumkin, lekin kuchli og`riqni qoldirishi uchun tibbiyotda faqat og`riq qoldiruvchi
modda sifatida qo`llanadi.
Morfinning ruhiyatga ta`siri nohush asoratlar keltirib chiqaradi va uni qo`llashda
juda ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki morfin eyforiya, kayf beradi, odam uni takror
qo`llab, unga o`rganib qoladi, oqibatda narkomanlik paydobo`ladi. Mana shuning uchun
ham morfin psixotrop modda sifatida umuman ishlatilmaydi. Og`riq qoldiruvchi modda
sifatida juda zaruriyat tug`ilgandagina ehtiyotlik bilan qo`llanadi.
Morfin nafas markazini susaytiradi. Bu moddaning davolovchi miqdori nafas
markazi va karotid koptokchalarning uglekislotaga sezuvchanligini kamaytiradi, nafas
tezligi sekinlashadi va chuqurlashadi, o`pka alveolalariga kirib chiqadigan havo hajmi
o`zgarmaydi. Morfinning miqdori oshirilsa, nafas sekinlashib boradi, amplitudasi
qisqaradi. Nafasning susayishi tufayli bronxlar qisqarishi ortadi, chunki morfinda
gistamin ajratish xususiyati ham bor.
Morfin miqdori oshgan sari nafas notekis bo`la boshlaydi, nafas markazi falajlanib
nihoyat o`lim sodir bo`lishi mumkin. 2—3 yoshgacha bo`lgan bolalarning nafas markazi
morfinga nisbatan kuchliroq sezuvchan bo`ladi, hatto moddaning davolovchi miqdorlari
ham ularda gipoksiya, nafas atsidozini keltirib chiqarishi mumkin, chunki bolalar
organizmida morfin sekin zararsizlanadi hamda gematoensefalik to`siq o`tkazuvchanligi
oshiqroq bo`ladi.
Morfin markazlari tonusini oshiradi, shuning uchun yurak urishi tezligi susayadi —
bradikardiya beradi qonbosimi pasayadi, ko`z qorachig`i torayadi Morfin yo`tal
markazini hamda yo`tal refleksi markaziy halqalari, qayt qilish markazi faoliyatini
susaytiradi, shu bilan birga morfin shu markazning trigger sohasi reseptorlarini
qo`zg`atib, ko`ngil aynash, qusishga olib kelishi mumkin. Bu jarayonga vestibulyar
apparat ham qo`shilishi mumkin, shu tufayli bosh aylanadi, ko`ngil aynaydi. Morfin
haroratni tushiradi. Bu gipotalamusdagi issiqlik boshqaruvchi markaz faoliyatining
susayishi bilan bog`liq.


Morfin me`da-ichak faoliyatiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Silliq mushakli a`zolarda


joylashgan opiat reseptorlarga ta`sir etib, ularning tonusini oshiradi. Morfin me`da-ichak
va uning sfinkterlari tonusini oshirib, spazmogen ta`sir ko`rsatadi hamda ichak
peristaltikasini kamaytiradi.
Morfin siydik yo`llari, qovuq sfinkteri tonusini ham oshiradi, siyish qiyinlashadi,
bronx mushaklari tonusi ham oshib ketadi. Morfinning spazmogen ta`siri parasimpatik
nerv sistemasi tonusining oshishiga ham bog`liq.
Morfin bevosita qon tomirlarga ta`sir ko`rsatmaydi, uzunchoq miyadagi qon tomir
markazini susaytirib, bir oz qon bosimini tushiradi, morfin tufayli ortostatik gipotenziya
ham ro`y berishi mumkin.
Morfin jarrohlikdan oldin va keyin, travmalarda, kuyganda, buyrak, o`t pufagi
xurujlarida, kuchli og`riq bilan kechadigan kasalliklarda — miokard infarqti, xavfli
o`smalar, qattiq azob beruvchi yo`talni davolashda qo`llanadi.
Morfinni 2 yoshgacha bo`lgan bolalarga, qariyalarga, nafas yetishmovchiligi bilan
bog`liq bo`lgan kasalliklarda, miya suyagi shikastlanganda qo`llash man etiladi. Tug`ish
davrida og`riqni qoldirish uchun qo`llanmaydi, chunki morfin platsentar to`siqdan oson
o`tib, homila nafasini susaytirishi mumkin.
Morfin bilan o`tkir zaharlanganda nafas susayishi boshlanadi, uning minutlik hajmi
ksskin tushib ketadi. Markaziy nerv sistemasi falajlanadi, bemornipg es-hushi yo`qoladi,
nafas borgan sari yuza, notekis Cheyn — Stoks nafasi bo`lib, qon bosimi tushib ketadi —
komatoz holat ro`y beradi. Teri qatlamlari oqarib, shilliqlar ko`karib ketadi, ko`z
qorachigi torayib, nina uchidek bo`lib qoladi (morfin bilan o`tkir zaharlanishni
qorachiqdan aniqlmsh mumkin. Bemorning harorati borgan sari pasayib, nafas markazi
falajlanishi tufayli halokat ro`y berishi mumkin.
Morfin bilan o`tkir zaharlangan bemor oshqozoni tezda kaliy permanganat bilan
chayiladi, kaliy permanganat morfinni kam zaharli dioksimorfinga aylantiradi.
Zaharlangan odamni isitish, qovug`ini kateter bilan bo`shatish lozim. Asosan nafasni
tiklash uchum morfinga qaramaqarshi moddalar — nalorfin yoki naloksan yuborish
kerak.
Bu jarayonni tezlashtirish uchun siydik haydovchi moddalar hamda tuzli surgilar
qo`llanadi.
Boshqa narkotik analgetiklardan
omnopon
— opiyning 5 alkaloidi yig`indisidan
iborat. Omnoponning qo`llanishi morfinga o`xshab ketadi. Og`riq qoldirishi, nafasni
susaytirishi, me`da-ichakka spazmogen ta`sir qilishi morfinga nisbatan kamroq.
Omnopon yuzaga keltiradigan eyforiya bo`shroq bo`ladi, bu moddaga nisbatan tobelik
kamroq uchraydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling