Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Tazepam kimyoviy hamda farmakologik jihatdan xlordiazepoksid hamda seduksenga o`xshab ketadi, ularga nisbatan ta`siri kuchliroq. Mazepam


Download 0.79 Mb.
bet136/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tazepam
kimyoviy hamda farmakologik jihatdan xlordiazepoksid hamda
seduksenga o`xshab ketadi, ularga nisbatan ta`siri kuchliroq.
Mazepam
ham
yuqorida
keltirilgan
trankvilizatorlarga
o`xshab
ketadi.
Tinchlantiruvchi ta`siri kamroq, ba`zi holatlarda stimullovchi xususiyatga ham ega. Shu
tufayli mazepam «kunduzgi» trankvilizator deb ataladi, chunki kunduzi qo`llansa ham
mexnat qobiliyatiga yomon ta`sir ko`rsatmaydi.
Amizil
anksiolitik, tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Markaziy xolinolitik, bosh
miyaning retikulyar formatsiyasi xolinoreseptorlarini bog`lashi tufayli tinchlantiradi.
Narkoz uchun qo`llanadigan, uxlatuvchi moddalar, narkotik analgetiklar ta`sirini
oshiradi, talvasaga qarshi xususiyati bor. Amizil yo`tal refleksini ham tinchlantiradi.
Boshqa trankvilizatorlarga o`xshab psixonevrozlarda qo`llaniladi.
Trioksazin
o`rtacha anksiolitik xususiyatga ega. Bu modda kayfiyatni ko`taradi,
uxlatadi, mushaklarni bo`shashtiradi.




SEDATIV (TINCHLANTIRUVCHI) MODDALAR 
Bu moddalar miya po`stlog`ida tormozlanish jarayonlarini oshirib, bu jarayonlarni
chuqurlashtiradi.to`playdi, markaziy nerv sistemayeiga ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir nerv
sistemasi qo`zgaluvchanligi oshganda sezilarli bo`ladi, tormozlovchi va qo`zgaluvchanlik
jarayonlari muvozanati to`g`rilanadi. Moddalarning qanday ta`sir etishi nerv sistemasi
turi hamda faolligiga bog`liq bo`ladi.
Sedativ moddalar nevroz, nevrasteniyada, uyqusizlikda qo`llanadi. Bromidlar asosan
og`iz orqali yuboriladi — ichiladi, me`da-ichakda yaxshi so`riladi. Bromidlar organizmda
to`planish xususiyatiga ega. Bromning qonda 50 % kamayishi 12 kunga to`g`ri keladi,
qolgani bir oygacha aniqlanadi. Buyrakdan tashqari brom ichak, teri va sut bezlari orqali
chikib ketadi. Uzok, vaqt mobaynida qo`llanganda bromidlar organizmda to`planib
qolishi, natijada surunkali zaharlanish mumkin, bunda bromizm xolati ro`y beradi.
Bromizm holatida organizm umumiy tormozlanadi, bo`shashish, xotiraning susayishi,
diqqatning kamayishi tumov kon`yunktivit, terida qichishish, toshmalar paydo bo`ladi.
Bromizmni davolash uchun katta miqdorda xloridlar — natriy xlorid (10—90 g sutkaga)
bilan suv (3—5 l sutkaga qo`llanadi. Terini, og`izni, ichakni vaqti-vaqti bilan tozalab
turish kerak. Siydik haydovchi moddalar ham qo`llanadi. Bolalar amaliyotida qo`llash
uchun brom eritmasi mevalar sharbati bilan birga ishlangan holda chiqariladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling