Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet118/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Alkogolizm
— surunkali kasallik bo`lib, bunda odam ichkilikka ruhiy va jismoniy
tobe bo`lib qoladi. Surunkali kasallik asta-sekin rivojlanadi. Kasallik 3 davrdan iborat
bo`ladi.
B i r i n ch i s i
— boshlang`ich davr; bemor ichkilikka ruju qilib ko`p ichadi va uni
ko`taradi. Nerv sistemasi va ichki a`zolarda dastlabki o`zgarishlar ro`y beradi. Bu davrda
irodasi kuchli odamlar ichkilikdan o`zi voz kechishi mumkin.
Ikkinchi
davrda alkogolga ruju qilish oshib yuradi, odam ichmasa o`zini yomon his
etadi, bo`shashadi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi» ya`ni abstinensiya holati ro`y
beradi, agarda ichkilik ichilsa shu holat o`tib ketadi. Bu davrda mast bo`lish uchun
ko`proq ichishga to`g`ri keladi, u suro`nkali boshlaydi. Endi bu odamdan burch, vijdon,
ornomus, izzat degan tushunchalar yo`qoladi, ularning o`rniga u maktanchoq, aldamchi,
qo`pol bo`lib qoladi. Ichkilikboz butun vujudi bilap ichkilik topishga intiladi. Bu davrda
alkogoldan bemor o`zi qutula olmaydi, ruhiyatida va ichki a`zolarida o`zgarishlar
chuqurlashib boradi.
Uchinchi davr — og`ir davrda alkogolga chidamlilik kamayib boradi, ichkilikboz
ozgina ichsa ham tez mast bo`lib qoladi, xotirasi susayadi U maniakal va kollaps holatiga
tushib qolib, halokat sodir bo`lishi mumkin.
Alkogolizm kasalligini davolash
uchun teturam degan modda qo`llaniladi.
Atsetaldegidning to`planishi organizmni zaharlaydi. Bunda odamda qo`rquv paydo
bo`ladi, uning boshi og`riydi, ko`ngli ayniydi, qayt qiladi, ko`p terlaydi, yurakda og`riq
paydo bo`ladi. Teguram bilan alkogol bir necha marta birga qo`llansa, har gal bemor
yukoridagi holatga tushib, unda alkogolga nisbatai salbiy shartli refleks paydo bo`ladi.
Keyinchalik u teturamsiz alkogolni ko`rishi, uning hidi kelishi bilan yurak o`ynoqqa
tushib qoladi. Ana shu salbiy refleks tufayli bemor alkogoldan voz kechadi. Teturamni
albatta vrach nazoratida qo`llash lozim. Yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarida, 50
yoshdan oshgan shaxslarga bu moddani qo`llash man etiladi. Teturamning uzoq ta`sir
etadigan turi— esperal tabletkalarini teri ostiga o`tkazish (implamtatsiya qilish) mumkin,
bunda ham alkogolga nisbatan salbiy refleks paydo bo`ladi. Alkogolizm kasalligini
davolash ancha mushkul, shuning uchun uning oldini olish kerak.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling