Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Narkoz paydo qiluvchi gazli moddalar


Download 0.79 Mb.
bet112/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Narkoz paydo qiluvchi gazli moddalar 
Azot (1) oksid
—kattalar va bolalar anesteziodogiyasida ko`p qo`llanadigan gazli
modda. Azot (1) oksid inert gaz, yonmaydi, portlamaydi, lekin efir hamda siklopropan
bilan alanga hosil qiladi. Narkoz uchun azot (1) oksid kislorod bilan aralashgan holda (80
% azot (1) oksid, 20 % kislorod) ishlatiladi. Bolalar uchun 1:2, 1:1 nisbatda qo`llanadi.
Narkoz bir zumda ro`y beradi, qo`zg`alish davri bo`lmaydi, chunki ushbu gazning katta
diffuziyalanish hamda qon plazmasida kam erish xususiyatlari bor. Azot (1-oksid yuza
narkoz paydo qiladi, skelet mushaklari tonusi yetarli bo`shashmaydi, shuning uchun azot
(1) oksid miorelaksantlar va boshqa narkotik moddalar (ftorotan) bilan birga qo`llanadi.
Azot (1) oksid yuborishdan to`xtatilsa, bemor narkozdan tez uyg`onadi, bu modda
organizmdan o`zgarmasdan o`pka orqali chiqib ketadi.
Azot (1) oksid kichik konsentratsiyalarda og`riq qoldiruvchi sifatida — miokard
infarqtida, chiqqan suyaklarni joylashtirishda, og`riqli muolajalarni o`tkazishda
qo`llanadi. Azot (1) oksidning kichik konsentratsiyasi kayf berishi mumkin, shuning
uchun xushchaqchaqlik, xursandchilik gazi deb ataladi. Azot (1) oksid ta`sirlovchi
xususiyatga ega emas, u nafas yo`llarini, shilliqlarni ta`sirlamaydi; so`lak, bronxial bezlar
sekresiyasini ko`paytirmaydi. Bu modda qo`llanganda nafas siqilishi hamda boshqa
nojo`ya ta`sirlar yuz bermaydi. Yurak, qon tomirlar, jigar, buyrak faoliyatiga noxush
ta`sir ko`rsatmaydi. Azot (1) oksid qo`llanganda aralashmada kislorod hajmi 20 %
kamayib ketsa organizmda kislorod yetishmovchiligi — gipoksiya boshlanadi, bunda
skelet mushaklari tortishib, ko`z qorachiqlari kengayadi, qon bosimi pasayib ketadi,
oqibatda bemor o`lib qolishi mumkin.
Siklopropan 
— alangalanuvchi gaz, lipidlarda yaxshi eriydi, nafas yo`llaridan tez
so`riladi, narkoz holati 2—3 daqiqadan keyin boshlanib, qo`zg`aluvchi davrsiz o`tadi.
Narkotik ta`sir doirasi keng. Siklopropanning narkotik faolligi azot (1) oksiddan
ustunroq, ta`sirlovchi xususiyati yo`q, mushaklar efir narkozidagiga nisbatan kuchsizroq
bo`shashadi.
Siklopropan vagus nervi markazi tonusini oshiradi, bronxospazm, narkozga kirish
davrida laringospazm ro`y berishi mumkin. Siklopropan bradikardiya paydo qiladi,
miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi. Siklopropanli narkoz davrida


adrenalin, noradrenalin yuboril.sa yurak ritmi buziladi, xatto yurak qorinchalarida


fibrillyatsiya hosil bo`lishi mumkin. Siklopropan ushbu nojo`ya xususiyati bilan
ftorotandan ustun turadi, siklopropan buyrak usti bezidan katexolaminlar ajralishini ham
oshirib yuboradi. Siklopropan yuborilganda qon tomirlar tonusi oshib, arterial bosim
ko`tarilishi mumkin, bu siklopropannipg qon tomirlarga to`gridan-to`g`ri ta`sir qilishi
bilan bog`liq. Siklopropan xolinomimetik xususiyatga ega bo`lgani uchun (bradikardiya,
so`lak, bronxlarda shilliq ajralishi) atropin bilan premedikatsiya qilinadi. Siklopropan
alangalanadi, shuning uchun uni qo`llashda alohida apparatura talab qilinadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling