Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
. Ingalyatsion narkoz
— narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`llaridan yuboriladi. 2. Noingalyatsion narkoz — narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`lidan boshqa yo`llar orqali yuboriladi. Ingalyatsion narkoz Ingalyatsion narkoz uchun qo`llanadigan moddalar fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1) uchuvchan suyuqliklar — efir, ftorotan; 2) gazli moddalar — azot (1) oksid, siklopropan. Narkoz paydo qiluvchi moddalar alohida narkoz apparatlari bilan qo`llanadi, chunki nafas olinayotgan havoda moddalarning kerakli konsentratsiyasini aniqlab turish lozim. Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo`llari, traxeya orqali yuborilganda ular o`pkaga, њpkadan diffuziya yo`li bilan qonga o`tadi. Moddaning qonga o`tishi — adsorbsiyasi uning kiritilayotgan havodagi konsentratsiyasiga, nafas olishning chuqur va tezligiga, alveolalar yuzasi va o`tkazuvchanligiga bog`liq bo`ladi. Narkotik moddalarning ko`pchiligi organizmda bir tekis taqsimlanadi, o`zgarishga uchramasdan o`pka orqali chiqib ketadi, ularning organizmdan chiqishi— eliminatsiyasi ham adsorbsiya uchun keltirilgan omillarga bog`liqdir. Efir — ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar ichida ko`p qo`llanadigan modda hisoblanadi, shuning uchun bu moddaning xususiyatlari batafsilroq ko`rib chiqiladi, boshqa ingalyatsion moddalar ta`siri efir bilan solishtiriladi. Efir yuzaga keltiradigan narkoz 4 davrdan — 1. Analgeziya 2. Qo`zg`alish 3. Narkoz holati 4. narkozdan uyg`onish davrlaridan iborat. Analgeziya davri — birinchi davrda og`riqni sezish yo`qoladi, boshqa tur sezuvchanlik saqlanib qoladi. Bu davrda xotira yo`qoladi — amneziya yuz beradi, bemor bilan gaplashish mumkin. Afferent yo`llardagi neyronlararo sinaptik o`tkazuvchanlik hamda miya po`stlog`idagi neyronlar faoliyati kamayadi. Bu davr 1—3 daqiqa davom etadi. Kichik operatsiyalarni — flegmona, abssess, hasmolni ochish, tampon va drenajlarni olib tashlash hamda kuchli og`riq beradigan bog`lov qo`yishlarda qo`l keladi. Ikkinchi davr — qo`zg`alish davri. Bunda bemorning harakati oshib ketadi, ko`p gapiradi, es-hushi butunlay yo`qoladi, reflektor faoliyat kuchayib ketadi. Ko`z qorachiqlari kengayadi, nafas tezlashadi, taxikardiya yuz beradi, qon bosimi goh ko`tarilib, goh pasayib turadi, skelet mushaklari tonusi oshadi. Qo`zg`alish bosqichi miya po`stlog`i faoliyatining falajlanishi, markaziy nerv sistemasi boshqa bo`limlarini miya po`stlog`i nazorat qilmay qolishi bilan bog`liq. Bu davrni miya po`stlog`idan past bo`limlar «qo`zg`oloni», «isyoni» deb atash mumkin. Efir shilliqlarni ta`sirlovchi xususiyatga ega bo`lgani tufayli bu davrda yo`tal paydo bo`lishi, so`lak oqishi, efir so`lak bilan oshqozonga tushsa, bemor qusishi mumkin. Shuningdek bu davrda yurak urishi sekinlashib, nafas hamda yurak to`xtab qolishi mumkin. Qo`zg`alish davri 10—20 daqiqadavom etadi, bu davrda bolalarda ham, kattalarda ham operatsiyani boshlash mutlaqo mumkin emas. Uchinchi davr — xirurgik narkoz davri. Qonda narkotik moddaning hajmi oshgan sari bosh miyaning` boshqa bo`limlari (uzunchoq miyadan tashqari) falajlanib boradi. Bu davrda es-hush, ayniqsa og`riq sezish butunlay yo`qoladi, reflektor faoliyat, mushaklar susayadi. Ko`z shox pardasi refleksi, ko`z kosasining qimirlashi yo`qoladi. Bu omillar chuqur narkoz holati boshlanganini bildiradi va jarrohlikni boshlash mumkin bo`ladi. Xirurgik narkoz davri o`z navbatida 4 darajaga bo`linadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling