Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Raunatin
(Raunatinum). В ro‘yxatida. Po‘st bilan qoplangan 0,002 g li tabletkalar, 50 donadan. Xuddi shunga o‘xshash preparat ‘‘Rauvazan" degan nom bilan draje holida Germaniyadan keltiriladi. Qon bosimini tushiradigan, aritmiyalarga qarshi va o‘rtacha darajada tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. I va II bosqichdagi gipertoniya kasalligida qo‘llanadi. Ovqatdan keyin kuniga 0,002-0,012 g dan ichiladi. Nojo‘ya ta’siri. Ayrim hollarda burun shilliq pardasi shishib turishi, ko‘p terlash, bo‘shashish, yurak sohasining og‘rib turishi. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar.Qon bosimining pastligi. Rezerpin (Reserpinum). A ro‘yxatida. Ilonsimon rauvolfiya (Rauvolfia serpentina Benth) degan hind o‘simligi ildizidan olinadigan alkaloid. Bu o‘simlikning shifobaxsh ta’siri qadimgi hindlarga ma’lum bo‘lib, uni «aqldan ozishdan xalos qiladigan ildiz»deb atashgan. Kukunva tabletkalarda 0,00025 va 0-0001 g dan chiqariladi. Vezikulalarda noradrenalin yig‘ilishiga (depolanishiga) to‘sqinlik qiladi. Plazmada ozod holda yig‘iladigan mediator monoaminooksidaza fermenlidan parchalanadi. Nerv impulsi o‘tayotganda simpatik nerv oxirlaridan sinaptik yoriqda ta’sir kuchi yetarlicha bo‘lmagan miqdorda noradrenalin ajraladi. Rezerpin effekti arterial bosimni asta-sekin tushirishda yuzaga chiqadi. Maksimal ta’siri bir necha kun o‘tgach kuzatiladi. Markaziy nerv sistemasiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Trankvilizatsiya qiladigan ta’siri tufayli ilgari psixiatriya praktikasida qo‘llanilar edi. Hozirgi vaqtda gipertoniya kasalligiga davo qilish uchun gipotenziv vosita sifatida tayinlanadi. Tabletkalarda sutkasiga 0,0001-0,0003 g dan ovqatdan keyin ichish uchun tayinlanadi, ayrim hollarda bu dozani sutkasiga 0,0005-0,001 g gacha oshiriladi. Davolash bir necha oy mobaynida o‘tkaziladi. Yuqori dozasi: 0,002 g (0,01 g). Qo‘shimcha hodisalar: motorikaning va sekretor funksiyaning oshishi, yurak ritmining sekinlashuvi (bradikardiya), dispeptik buzilishlar, teriga toshmalar toshishi, depressiv holat. Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, bradikardiya (yurak ritmining sekinlashuvi). Ornid (Ornidum). В ro‘yxatida. 5 % li eritmasi 1 ml dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 donadan chiqariladi. Simpalolitik ta’sir ko‘rsatadigan preparat. Gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. Gipertoniya kasalligi, qorinchalarga aloqador taxiaritmiyalar, ekstrasistoliyalarda ishlatiladi. 5 % li eritmasi bir necha hafta davomida 0,5-1 ml dan teri ostiga va muskullar orasiga kuniga 2-3 mahal yuborib turiladi. Bu preparatni boshqa gipotenziv vositalar bilan birga ishlatish mumkin. Nojo‘ya ta’siri. Ortostatik kollaps, bo‘shashish, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq pardasi shishib qolishi, badan qizib ketayotgandek sezilishi, yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lib, boldir muskullarining bezillab turishi, qisqa vaqtga ko‘z xira tortib qolishi. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moncliklar. Sezilarli darajadagi ateroskleroz, miokard infarkti, miyada qon aylanishining birdan izdan chiqqani. Buyraklar funksiyasi yetishmaydigan mahallarda ehtiyot bo‘lish zarur. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling