Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet104/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tropafen 
(Tropaphenum). В ro‘yxatida. Ampulalarda 0,02 g (20 mg) liofillangan
tropafen solingan, ishlatishdan oldin in’eksion suvda eritiladi. Periferik tomirlarni
kengaytiradi va arterial bosimni pasaytiradi. Periferik qon aylanishi izdan ehiqishi bilan
bog‘liq bo‘lgan kasalliklar (endartriit, Reyno kasalligi, akrotsianoz va b), oyoq-
qo‘llarning trofik yaralari, sust bitayotgan jarohatlar, gipertonik krizlarda qo‘llaniladi.
Periferik qon aylanishi izdan chiqqanida 1-2 % li eritmasi kuniga 1-3 mahal 1-2
ml dan teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi. Davo kursi 10-20 kun. Gipertonok
krizlarni bartarag qilish uchun 1-2 %li eritmasi teri ostiga yoki muskul orasiga
yuboriladi.
Nojo‘ya ta’siri. Taxikardiya, bosh aylanishi, ortastatik kollaps.
In’eksiyadan keyin bemor 1-2 soat turmay yotishi kerak.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar.Yurak va tomirlarning ro‘y-rost
ifodalangan organik kasalliklari.


β-adrenoblokatorlar simpatik nerv impulslari va simpatik moddalarning β -


adrenoretseptorlarga ta’sirini bartaraf qiladi. Anaprilin ularning vakili hisoblanadi.
Anaprilin 
(Anaprilinum). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 1 va 5 ml dan chiqariladi.
α-adrenoretseptorlar stimulyatorlari ta’sirini barlaraf etadi. Yurak qisqarishlari
sonini kamaytiradi, miokardning kislorod sarflanishini kamaytiradi, bronxlar tonusini
oshiradi. Preparatning katta dozalari markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir
qiladi.
Aritmiya, stenokardiya, feoxromotsitomada qo‘llaniladi. 0,01-0,04 g dan kuniga
3-4 marta ichishga va venaga 1 ml dan 0,1% li eritmasi tayinlanadi.
Anaprilin ta’sirida bradikardiya vujudga kelishi, arterial bosim birmuncha
pasayishi ehtimol, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, behollik uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi,
yangi miokard infarkti, bronxospazmga va allergik reaksiyalarga moyillik.
«Obzidan» va «Inderal» nomi bilan chet eldan olinadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling