Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet103/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Adrenoblokada qiladigan moddalar
Adrenoblokada qiladigan moddalar bevosita adrenoretseptorlarni blokada qiladi
va ularning noradrenalin mediatori bilan o‘zaro ta’siriga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘zg‘alishning simpatik nervlarning oxirlaridan effektor hujayralarga o‘tishini buzadi.
α- yoki (3-adrenorelseptorlarga ustunlik bilan ta’sir qilishiga ko‘ra
adrenoblokatorlar α - va β-adrenoblokatorlarga bo‘linadi.
α-adrenoblokatorlarga fentolamin, digidroergotoksin, digidroergotamin kiradi.
Ular tomirlarni toraytiruvchi adrenergik impulslar ta’sirini bartaraf etadi periferik
tomirlar spazmini yo‘qotadi va ularni kengaytiradi, mushaklar, teri, shilliq pardalarning
qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Arterial bosim birmuncha pasayadi.
Gipertoniya kasalligi, Reyno kasalligi, endarteriit, aterosklcrotik gangrena, oyoq-
qo‘llarning trofik yaralari, yotoq yaralar, sovuq urishi, feoxromotsitomada qo‘llaniladi.
Fentolamin 
(Phentolaminum). В ro‘yxatida. Sin: Dibasin. Regitine. Tibbiyotda
fentolamin gidroxlorid qo‘llaniladi. Periferik tomirlarni kengaytiradi, arterial bosimni
birmuncha pasaytiradi.Tarkibida 0,025 g dan fentolamin gidroxlorid bo‘ladigan
tabletkalar, o‘rovida 30 donadan chiqariladi.
Periferik qon aylanishi izdan chiqqanida (endartriit, Reyno kasalligi va b);
gipertonik krizlarning oldini olish va davolash uchun, feoxromotsitomaga tashxis qo‘yish
va uni operatsiya qilib olib tashlanayotgan vaqtda ishlatiladi.
Periferik qon aylanish izdan chiqqanda ovqatdan keyin kuniga 3-4 mahal 0,05
gdan ichiladi. Davo kursi 3-4 hafta davom etadi.
Nojo‘ya ta’siri.Taxikardiya, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich surishi,
burun shilliq pardasi bo‘rtib turishi, giperimiya va badan qichishishi. Orlostatik kollaps
yuz berishi mumkin.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar.Yurak-tomirlar sistemasining og‘ir
organik kasalliklari.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling