Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet102/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Efedrin gidroxlorid. 
(Ephedrini hydrochloridum). В ro‘yxatida. Efedra
o‘simligida bo‘ladigan alkaloid.
Kukun, tabletkalarda 0,025 g dan va 5% li eritma holida ampulalarda 1ml dan
chiqariladi. Efedrin bevosita simpatik nervlarning oxirlariga ta’sir qilib, noradrenalin
mediatorining ozod bo‘lishiga imkon beradi. Bundan tashqari, u bevosita
adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi.
Efedrin adrenalinga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi, biroq ta’sir davomliligi jihatidan
ustunlik qiladi. Adrenalindan farqi shundaki, ta’sir unchalik aniq yuzaga chiqmaydi.
Efedrin α- va β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib tomirlarni toraytiradi, arterial bosimni
oshiradi, bronx va ichaklar muskulaturasini bo‘shashtiradi, ko‘z rangdor pardasi radial
mushagini qistsartiradi. Efedrin markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atadi va uxlatadigan
hamda narkotik moddalardan zaharlanishda tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Bronxial astma va boshqa allergik kasalliklarda, gipotoniyada 0,025-0,05 g dan
kuniga 2-3 marta ichish uchun, xirurgik operatsiya, qon yo‘qotish, shikastlanish,
infeksion kasalliklar bilan bog‘liq holda arterial bosim pasayib ketganda, orqa miya
anesteziyasida, miasteniyada, narkotik va uxlatadigan moddalardan zaharlanishda teri
ostiga va mushak orasiga 2-5 ml dan tayinlanadi. Kollaps va shokda efedrin arterial
bosimini ko‘tarish uchun venaga (asta-sckin) yuboriladi. Efedrinning 2-5% li eritmalari
tomchilar holida tumovda va ko‘z kasalliklari praktikasida qorachiqlarni kengaytirish
uchun mahalliy qo‘llaniladi.
Bemor preparatni odatda yaxshi ko‘taradi, biroq uni yuborishdan keyin uyqusizlik,
yurak urishi va mushaklarning oz-moz titrashi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: miya va toj tomirlar sklerozi, gipertoniya kasalligi,
uyqusizlik, ftorotanli narkoz.
Relseptlarga m i s о l l a r.
Rp.: Sol. Adrenalini hydrochloridi 0,1 %- 1 ml
D.t.d. N. 6 in ampull.
S. Teri ostiga 0,5 ml dan.
Rp.: Sol. Noradrcnalini hydrotartratis 0,2 %-l ml
D.t.d. N. 6 in ampull.
S. 1 ml dan venaga tomchi usulida 5% li glyukoza eritmasida.


Rp.: Sol. Mesatoni 1 % - 1 ml


D.t.d. N. 6 in ampull
S. 0,5 - 1 ml dan teri ostiga.
Rp.: Sol. Ephedrini hydrochloridi 5% - 1 ml
D.t.d. N. 10 in ampull.
S. 0,5 - 1 ml dan teri ostiga kuniga 1 - 2 marta.
Rp.: Sol. Isadrini 0,5 % -25 ml
D.S. Ingalyatsiyalar uchun 1 ml dan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling