Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet101/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Adrenalin gidroxlorid 
(Adrenalini hydrochloridum). В ro‘yxatida. 0,1% li eritma
holida ampulalarda 1 ml dan va flakonlarda 30 ml dan chiqariladi. Adrenalin eritmasi
tiniq, rangsiz bo‘lishi lozim. Rangi o‘zgargan eritma ishlatishga yaroqsiz.
Adrenalin bevosita α- va β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi. Teri, shilliq pardalar,
qorin bo‘shlig‘i organlari tomirlarning torayishi, bronxlar va ichak muskulaturasi
tonusining pasayishi, me’da-ichak yo‘llari sfinkterining qisqarishi a-adrenoretseptorlarga
qo‘zg‘atuvchi ta’sir natijasi hisoblanadi. Ko‘z rangdor pardasi radial mushagini
qisqartiradi, natijada qorachiqlar kengayadi. β-adreporetseptorlarga qo‘zg‘atuvchi ta’sir


toj tomirlar, skelet mushaklari tomirlarining kengayishida, yurak qisqarishlarining


kuchayishi va tezlashuvida yuzaga chiqadi. Bunda yurakning zarbali va minutli hajmi
ko‘payadi. Yurakning kislorodga ehtiyojining keskin oshishi adrenalinning yurak
mushagiga ta’siri tufayli vujudga keladi. Sistolik bosim keskin oshadi. Ayni vaqtda
arterial bosimning adashgan nerv markazining reflektor qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi,
bu yurak ritmining sekinlashuviga olib keladi. Adrenalin yurak rnushagi
qo‘zg‘aluvchanligini, shuningdek yurak ichidagi o‘tkazuvchanlikni oshiradi.
Qo‘zg‘aluvchanlikning nerv mushaklardan o‘tishini osonlashtiradi. Uglevod
almashinuviga ta’sir etadi va qondagi qand miqdorini oshiradi, shuning uchun insulinning
antagonist hisoblanadi.
Bronxial astmaning o‘tkir xurujlarini yo‘qotishda shok, kollaps, allergik
reaksiyalarda (anafilaktik shok), gipoglikemik komada qo‘llaniladi. Adrenalin mahalliy
anestetiklarning eritmalariga qo‘shiladi. Lining eritmasiga ho‘llangan tamponlardan
kapillyarlardan qon oqishini to‘xtatish uchun foydalaniladi.
Qo‘shimcha hodisalar: mushaklarning titrashi, taxikardiya, bezovtalik.
Ishlatibbo‘lmaydigan hollar: ateroskleroz, toj tomirlar yetishmovchiligi, diabet,
tireotoksikoz va homiladorlik, ftorotanli narkoz.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling